"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala


III BOB. BUDJET TASHKILOTLARI MOLIYASINI SAMARALI


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/50
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189792
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

III BOB. BUDJET TASHKILOTLARI MOLIYASINI SAMARALI 

TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH 

YO‘LLARI 

 

3.1. Budjet tashkilotlari moliyasini boshqarishning tashkiliy-huquqiy 

asoslarini mustahkamlash 

 

Mamlakatimizda  budjet  siyosatini  takomillashtirishga  qaratilgan  faol  ishlar 

olib 

borilmoqda, 



bu 

ishlar 


ajratilayotgan 

mablag‘lardan 

foydalanish 

samaradorligini  oshirish  hisobiga  budjet  tashkilotlarini  moliyalashtirishni 

qisqartirishga  yordam  beradi.  Mazkur  vazifa  dolzarb  ahamiyatga  ega.  Ilgari 

respublikamiz  hududida  amalda  bo‘lgan  budjet  tashkilotlarini  moliyalashtirish 

tizimi  alohida  hollarda  budjet  mablag‘larining  ortiqcha  sarflanishiga  olib  kelardi. 

Davlat  budjetining  g‘azna  ijrosi  joriy  etilishi  munosabati  bilan  hamda  budjet 

mablag‘laridan 

foydalanish 

samaradorligini 

oshirish  maqsadida  “Budjet 

tashkilotlarining pasportizatsiyasi” dasturiy majmuasini ishlab chiqish loyihasining 

amalga  oshirilishi  boshlandi.  Ushbu  loyiha  budjet  tashkilotlari  pasportlarining 

markazlashtirilgan  tarzda  saqlanishini  ta’minlaydi,  shuningdek  budjet 

tashkilotlarining  haqiqiy  ahvolini  qiyoslash  va  monitoring  qilish  imkonini  beradi. 

Budjet  tashkiloti  pasporti  rasmiy  hujjat  bo‘lib,  unda  tashkilot  bo‘yicha  umumiy 

ma’lumotlar,  uning  energetik  obyektlari,  yonilg‘i-energetik  resurslar  va  suv 

iste’moli  hajmlari,  resurslardan  foydalanish  ko‘rsatkichlari,  shuningdek  tashkilot 

balansida turgan binolar bo‘yicha ma’lumotlar mavjud. 

Budjet  tashkilotining  pasporti  –  bu  budjet  muassasasining  hisobot  shakli 

bo‘lib,  uning  hisobot  berish  paytidagi  holatini  va  unga  sifatli  budjet  xizmatlarini 

ko‘rsatish imkoniyalarini aks ettiradi. 

Budjet tashkilotlari pasportizatsiyasining maqsadi quyidagilar: 

  muassasalar va tashkilotlarga ajratilgan budjet mablag‘laridan samarali va 



oqilona foydalanish


56

 

 



  muassasalar,  tashkilotlarning  ular  asosiy  funksiyalarini  bajarish  uchun 

zarur asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash; 

  energetik 



xo‘jaliklarning 

obyektiv 

ehtiyojlaridan 

va 


budjetdan 

moliyalashtirish  imkoniyatlaridan  kelib  chiqib  tashkilotlar  uchun  yonilg‘i-

energetik resurslar va suv iste’moli limitlarini hisoblab chiqish. 

Budjet  tashkilotlari  rahbarlari  3  oyda  kamida  1  marta  moliya  organlariga 

pasportlarni  tuzish  uchun  ma’lumotlarni  taqdim  etishlari  kerak.  O‘z  navbatida, 

budjet  tashkilotlari  tomonidan  taqdim  etiladigan  ma’lumotlar  belgilangan  maxsus 

shaklda 

“O‘zASBO” 

KDga 

ilova 


qilinadigan 

“Budjet 


tashkilotlari 

pasportizatsiyasi”  dasturiy  kompleksiga  kiritiladi.  Taqdim  etilgan  ma’lumotlarni 

tekshirishni moliya organlari amalga oshiradi. 

Pasportizatsiya  maqsadlaridan  bittasi  tashkilotlar  uchun  yonilg‘i-energetika 

resurslari va suvdan foydalanganlik uchun to‘lovlar limitlarini hisoblab chiqishdir. 

Limitlar  tashkilot  obyektlari  tomonidan  resurslarning  iste’mol  qilinishining 

solishtirma ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib hisoblanadi. 

Masalan,  biror  i  obyekti  uchun  resurs  iste’mol  qilinishining  solishtirma 

ko‘rsatkichi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling