«Moliya» kafedrasi «Moliya» fanidan kurs ishi mavzu


Download 0.53 Mb.
bet3/6
Sana09.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#263634
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xo'jakov Bunyod 53-02 Moliya fanidan kurs ishi

1.1 O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va bank hamjamiyati nomidan Sizlarni samimiy qutlab, moliyaviy institutlarning investitsion faolligini yanada jadallashtirishning masalalariga bag’ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferentsiya ishining boshlanishi bilan tabriklashga ijozat bergaysizlar!

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, bank tizimini rivojlantirish masalalari doimo davlatimiz e’tiborida bo’lib, uni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida global jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ham mamlakatimiz bank tizimi nafaqat barqaror o’sish sur’atlarini saqlab, balki ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha xalqaro standartlar talablaridan ham yuqori darajaga ega bo’ldi.

Bugungi kunda bank biznesi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda. YAratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, tizimda erishilgan yutuqlarni e’tirof etgan holda, islohotlarning mantiqi va izchilligi, shuningdek, ularning eng zamonaviy bo­zor me’yorlariga muvofiqligini baholash mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishni talab etmoqda. Chunki mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi, ko’p jihatdan bank sohasining samarali faoliyatiga bog’liqdir.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlash, real sektor korxonalarini qo’llab-quvatlash va ularda ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi turmush darajasi va faravonligini yanada oshirish kabi muhim masalalar bevosita tijorat banklari va ularning samarali kredit va investitsion faoliyati bilan bog’liqdir. Shu bois banklar investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga, investitsiya loyihalarini hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarini joriy etishda korxonalar va kichik biznes sub’ektlarining haqiqiy hamkorlariga aylanishi kerak.

Bu borada tijorat banklarining kredit faoliyati birinchi navbatda mijozlarning bank kreditlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, bankning o’z va jalb qilingan mablag’larini qulay shart-sharoilarda joylashtirish orqali daromadliligini oshirish, bank aktsiyadorlarining yuqori daromad olishlarini ta’minlash, likvidlik ko’rsatkichlarini me’yor talablari darajasida ushlab turish, kredit portfelini diversifikatsiyalash orqali risklarni kamaytirish, kreditlash jarayonlarida qonun va me’yoriy huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini, kreditlash bo’yicha yangi bank mahsulotlarini joriy etilishini ta’minlashdan iborat bo’lishi lozim.

Banklarning kapitallashuv va likvidlik darajasining oshirilishi, depozitlarning yuqori sur’atlarda o’sishi bir tomondan ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va mustahkam resurs bazani shakllantirish uchun zamin yaratsa, ikkinchidan iqtisodiyotni ri­vojlantirishga hamda tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. Xususan, muddati uch yildan ko’p bo’lgan uzoq muddatli kreditlar 30,9 foizga oshdi va umumiy kredit portfelining 76,8 foizini tashkil etdi. Umuman, iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kredit qo’yilmalarining umumiy hajmi so’nggi 10 yilda 9 martaga, oxirgi uch yilda esa 2,4 barobarga oshdi. Tijorat banklari tomonidan investitsiya maqsadlariga ajratilgan kredit qo’yilmalarining hajmi 5,7 trln. so’mni tashkil qildi. Oxirgi besh yilda investitsion kreditlarning hajmi              4 barobarga, oxirgi uch yilda esa 2,2 barobarga oshdi. Oxirgi o’n yilda iqti­sodiyotning real sektorini kreditlashga yo’naltirilgan ichki manbalar hajmi 15 barobardan ziyodga, oxirgi uch yilda esa 2,4 barobarga oshdi. Bunday siyosat natijasida, ichki manbalar hisobidan berilgan kreditlarning tijorat banklari kredit portfeli umumiy miqdoridagi ulushi 85,8 foizni tashkil etdi.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, 2013 yilda bank tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirishda asosiy e’tibor O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishish­ning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha kompleks chora-tadbirlar» dasturida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bank tizimiga oid boshqa qa­rorlarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.

   Shuni ta’kidlash joizki, 2013 yilda bank tizimini yanada rivojlantirishda banklarning moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash va investitsiya faolligini oshirish ustuvor vazifalardan biri bo’lib, ushbu vazifalar doirasida tijorat banklarining resurs bazasini yanada kengaytirish, ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish, ishlab chiqarish­ni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amal­ga oshirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladigan kreditlar hajmlarini ko’paytirish kabi muhim chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishni taqozo etadi. Xususan:

   2013 yilda bank tizimi umumiy kapitali hajmini qo’shimcha aktsiyalar chiqarish xususan, fond birjalarida joylashtirish orqali kamida 20 foizga oshirish ko’zda tutilmoqda.

Tijorat banklarining resurs manbalarini kengaytirish borasida depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, tijorat banklarida aholidan jamg’ar­ma va muddatli depozitlarni qabul qilish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish kabi tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 2013 yilda aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning depozitlar hajmining kamida 30 foizga oshirilishini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

   Mazkur chora-tadbirlar natijasida tijorat banklarining kredit portfeli hajmining oshishiga erishiladi va ular tomonidan yanada ko’proq investitsiya loyihalarini moliyalash  imkoniyati  yuzaga  keladi. Xususan,

   2013 yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kredit qo’yilmalari hajmining 25 foizga ko’payishi prognoz qilinmoqda.

       Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, qishloq joylarda loyihaviy yangi turar joylarni barpo etish, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olish kabi investitsiya loyihalariga tijorat banklari tomonidan 6,0 trln. so’mdan ziyod kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.

       Jumladan, 2013 yilda qishloq joylarda yakka tartib­dagi yangi turar joylarni barpo etishga barcha manbalar hisobidan 796 mlrd. so’m miqdorida kreditlar ajratish prognoz qilinmoqda. Shundan 251 mlrd. so’m miq­doridagi mablag’lar Osiyo ta­raqqiyot bankining kredit liniyasi hisobidan beriladi.

       Tijorat banklari balansiga olingan moliyaviy nobar­qaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash va strategik investorlarga sotish ishlari davom ettiriladi.

       Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida 2013 yilda tijorat banklari tomonidan jami 6,1 trln. so’m miqdorida kreditlar ajratilishi prognoz qilinmoqda.

       Jumladan, xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilishni faollashtirish orqali kichik biznes sub’ektlarini 2013 yilda 110 mln. AQSh dollaridan kam bo’lmagan miqdorda moliyalashtirish rejalash-tirilgan.

         Shuningdek, 2013 yilni «Obod turmush yili» deb e’lon qilinishi munosabati bi­lan iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xizmat sohasi va servisni rivojlantirish hamda yangi ish o’rinlari yaratish borasidagi loyihalarni kreditlash ko’lamlarini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Kredit resurslarini investitsiya maqsadlariga samarali taqsimlash, kredit tavakkalchiliklari darajasini kamaytirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini tanlash va ularni ekspertiza qilish bo’yicha ishlar sifatini oshirishga katta e’tibor qaratiladi.

O’zbekiston Respublikasining «Kredit axboroti almashinuvi to’g’risida»gi Qonunining 2012 yil 1 yanvardan kuchga kirganligi munosabati bilan, joriy yildan boshlab kredit muassasalarini bevosita kredit axboroti bilan ta’minlashga ixtisoslashgan kredit byurolari faoliyati yo’lga qo’yiladi. Bunda Markaziy bank Kredit axboroti milliy institutining ma’lumotlar bazasi Kredit axborotining davlat reestri sifatida yuritilib, uning bank sektoridagi tizimli tavakkalchiliklarni kamaytirish va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash borasidagi faoliyati yanada kuchaytiriladi. O’z navbatida, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va tijorat banklarining banklararo kredit byurosi negizida tashkil etilgan «Kredit-axborot tahliliy markazi kredit byurosi» tijorat banklariga qarz oluvchilar to’g’risida kredit axborotlari taqdim etish xizmatlarini ko’rsatdi.

Shuni ta’kidlash joizki tijorat banklarining kredit portfeli muttasil o’sishi hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash, shuningdek kreditlar bo’yicha muammoli qarzlarning hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik borasida:

- loyihalarni tanlash, ekspertiza qilish va xatarni baholash tizimi takomillashtirilmoqda, bunda investitsiya loyihalarini ekspertizadan o’tkazish va moliyalashni tashkil etish bo’yicha tijorat banklarining maxsus xizmatlari malakali mutaxassislar bilan mustahkamlanmoqda;

           - jahonning eng barqaror banklari tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan zamonaviy uslubiyotlar asosida banklar mijozlarining kredit­ga layoqatliligini skoring-tah­lil qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda;

- tijorat banklari kredit portfeli monitoringini amalga oshirish mexanizmi yanada kuchaytirish va takomillashtirish bo’yicha zarur choralar ko’rilmoqda. Bunda garovga olingan mulkning doimiy bozor qiymatini hisobga olgan holda berilgan kreditlar ustidan monitoringni kuchaytirish va garovdagi mulk bahosi tushib ketgan vaziyatda zudlik bilan tegishli choralar ko’rish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda;

     - banklar kredit portfelini diversifikatsiya qilishni kuchaytirish, risklarning bir qarzdorda (yoki o’zaro bog’liq qarzdorlar guruhi), kreditlash ob’ektida, faoliyat turi va tarmoqda to’planishini nazorat qilish mexanizmlari yanada takomilashtirilmoqda;

- har bir kredit ajratilayotgan loyiha bo’yicha pul oqimi va daromadlar etarli darajada bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda;

- birgalikda yangi xizmat turlarini yaratish va tavakkalchilikni diversifikatsiyalashda tijorat banklari va sug’urta kompaniyalarining birgalikdagi amaliyotlari yanada kengaytirilmoqda;

- banklar kapitallashuv darajasini oshirish, bank sohasiga xususiy kapitalni jalb etish, qo’shimcha aktsiyalarni chi­qarish va ularni fond bozorlarida joylashtirish or­qali banklarning jami kapitalini yil mobaynida kamida 20 foizga o’sishini ta’minlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda;

- ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish yo’li bilan aholi hamda xo’jalik sub’ektlarining bo’sh mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb etishda ta’sirchan rag’batlantirish choralari amalga oshirilmoqda;

- kreditlashning resurs manbalarini shakllantirishda asosiy e’tibor ichki imkoniyatlarga, ya’ni aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini bank aktivlariga jalb qilish hamda uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini chiqarish va pul bozorida joylashtirishga qaratilmoqda;

- tijorat banklari tomonidan xo’jalik birlashmalari va yirik korxonalar bilan investitsion loyihalarning loyiha va boshqa xujjatlarini ishlab chiqish bo’yicha injiniring kompaniyalarni tashkil etish ishlari olib borilmoqda;

- moliya bozori infratuzilmasini yanada mustahkamlash yo’li bilan aholi hamda xo’jalik sub’ektlarining bo’sh mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb etish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda;

- tijorat banklarni o’zgaruvchan bozor xolatiga o’z vaqtida va to’g’ri baho berish qobiliyatiga ega bo’lgan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash borasida tijorat banklari xodimlarining uzluksiz ravishda o’quv kurslar va seminarlarda malaka oshirilishi ta’minlanmoqda.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari, fursatdan foydalanib tijorat banklarining investitsion va kredit faoliyatini yanada faollashtirish borasida tijorat banklari zimmasiga qo’yilgan vazifalarni izchil amalga oshirishda quyidagilarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:

- tijorat banklarining investitsion faolligini oshiri maqsadida aholi va xo’jalik sub’ektlari talablarini hisobga olgan holda depozit va omonatlarning yangi turlarini muntazam ravishda joriy qilish, bunda banklarda omonatlarning ko’payishiga, ularning bank tizimiga jalb etishiga nimalar to’sqinlik qilayotganini har tomonlama chuqur tahlil qilish va bu borada qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish;

- banklarning uzoq muddatli resurslarini ko’paytirish borasida bank depozitlari, depozit sertifikatlari va korporativ obligatsiyalarining yangi turlarini joriy etish va amaldagi turlarini ularning muddatlari, summasi, valyuta turlari va to’lash usullari bo’yicha yanada takomillashtirish;

- tijorat banklarining tahliliy ishlar bo’yicha faoliyatini va bank tavakkalchiligining oldini olishni kuchaytirish, bunda har qanday bank o’zining professional faoliyatini yuritishda, kredit axboroti almashuvini tizimi bilan keng hamkorlik o’rnatishi kerak;

- progressiv fond dastaklarini, shu jumladan kommulyativ aktsiyalar, konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar, ipoteka sertifikatlari, hosilaviy va garov qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va muomalaga chiqarish ko’lamini kengaytirish;

- tijorat banklari likvidlilik riskini pasaytirish va uning barqarorligini ta’minlash maqsadida nodepozit manbalar tarkibida davlatning va aktsiyadorlik jamiyatlarining likvidli qimmatli qog’ozlari hajmini oshirish. Chunki, ularni ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida sotish orqali banklarda likvidlilik riski bilan bog’liq muammolarni tezkor ravishda oldini olish mumkin.

Hurmatli xalqaro anjuman ishtirokchilari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013 yilga “Obod turmush yili” deb nom berilishi, mamlakatimiz bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan ilohotlarni yanada jadallashtirish, ularni aholi faravonligini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvatlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, ayollar va yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, qishloq joylarni obod qilish, zamonaviy bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish va sifatini oshirish borasida ta’sirchan va samarali tadbirlar bilan kuchaytirishni hamda bor kuchimizni xayotimizni yanada obod va farovon qilishdek ezgu ishlarga safarbar etishni talab etadi.

 Mazkur ma’ruza “O’zbekiston Respublikasida moliyaviy institutlarning investitsion faolligini yanada jadallashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida o’tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi tezislari to’plamida chop etilgan

(Bank-moliya akademiyasi 2013 yil 26 aprel)
1.2. Investitsiyalarning o‘sish sur’atlari ko‘p omillarga bog‘liq. Avvalambor, investitsiyalar hajmi olingan daromadni iste’mol va jamg‘armaga taqsimlanishiga

bog‘liq. Aholini o‘rtacha daromadi past bo‘lgan holda ularning asosiy qismi (70-80%) iste’molga sarflanadi. Aholi daromadlarini o‘sib borishi jamg‘arishga

yuboriladigan qismni ortib borishiga sabab bo‘ladi. Umumiy daromadda jamg‘arish ulushining ortib borishi investitsiyalar hajmini o‘sishiga olib keladi, va aksincha. Ammo bu shart aholini davlatga ishonchi yuqori bo‘lganda, davlat fuqarolarning investitsion faolligini ta’minlaganda va kafolatlaganda bajariladi. Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan daromad normasi ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki ko‘rilayotgan foyda investitsiyalashga undaydi. Kutilayotgan foyda normasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiyalash hajmi shunchalik yuqori bo‘ladi, va aksincha.

Investitsiyalar hajmiga ssuda foizi stavkasi katta ta’sir ko‘rsatadi, chunki

investitsiyalash jarayonida qarzga olingan mablag‘laridan ham foydalaniladi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi o‘rtacha ssuda foizi stavkasidan yuqori bo‘lsa bu qo‘yilmalar investor uchun daromadlidir. Shuning uchun o‘rtacha foiz stavkasini o‘sishi investitsiyalash jarayonini susayishiga olib keladi.

Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan inflyatsiya sur’atlari ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa investorning kelajakdagi foydasi shunchalik qadrsizlanadi va investitsiyalarni rag‘batlantiruvchi omillar qisqarib boradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya resurslari manbalari makro va mikro darajada farqlanishidan qat’iy nazar mamlakat investitsiya bozorida o‘ziga xos mavqega va iqtisodiy chegaralarga ega. Bozor munosabati sharoitida investitsiya resurslari sharoitida kreditlar o‘ta muhim strategik ahamiyatga ega, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning o‘z mablag‘ manbalari cheklangan bo‘lib asosan joriy xarajatlarni qo‘plash uchun sarfalanadi, qolgan qismi esa cheklangan mablag‘ sifatida investitsiyani faoliyatini cheklab qo‘yadi. Shu bois hozirda investitsiya bozorida taklifni, nafaqat, barqarorlashtirish balki yetarli miqdorda oshirish uchun uning manbalari tarkibida davlat ulushini kamaytirgan holda chet el kreditlari va mahalliy banklar kreditlarini oshirish maqsadga muvofiqdir. Albatta, investitsiya kiritilgandan keyin uni qay darajada ekanligini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.Bu esa buhgalteriya rentabelligini aniqlash usuli orqali aniqlanadi.

Ko‘pgina davlatlarda banklar qimmatli qog‘ozlarni birlamchi tarqatish vaqtida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni birlamchi joylashtirishni tashkil etishda vositachilar sifatida faol ish olib boradi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarni xususiy joylashtirish bo‘yicha vazifasi (matbuotda e'lon qilmasdan va obunachilar keng ko‘lamining ishtirokisiz) keng tarqaldi. Rossiya Federatsiyasida, masalan, investitsiya banklari mavjud bo'lmagani tufayli, tijorat banklari emitentlar uchun hujjatlarni va qimmatli qog‘ozlar chiqarish shartlarini ishlab chiqadi,fond bozorini tartibga soluvchi organda qimmatli qog‘ozlar chiqarishning ro'yxatdan o'tkazilishini kuzatadi,sarmoyadorlarni qidirib topish bilan shug‘ullanadi, birlamchi tarqatishni amalga oshiradi, qog‘ozlarni chiqarish yakuni to‘g‘risida hisobot tuzadi, qimmatli qog‘ozlarning sotilishini kafolatlaydi.

Ko'pchilik iqtisodchi olimlar zamonaviy bozor iqtisodiyotini erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya'ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan va pirovard natijada yuqori samara beradigan, inson manfaatlariga mos tushadigan va unga xizmat qiladigan yangi iqtisodiy tizim sifatida e'tirof etishadi.Shuning uchun ham mamlakatimizda bozor munosabatlariga o'tish davri taqozosi va obyektiv reallik sifatida qabul qilindi. Prezidentimiz I.Karimov mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni yanada chuqurlashtirishning keyingi bosqichini belgilab berar ekan, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo'lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishni bu borada amalga oshiriladigan ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida qayd etgani bejiz emas16.

Bozor munosabatlari rivojlangan davlatlarda bank tizimi iqtisodiy tizimning muhim va ajralmas tarkibiy qismi sifatida shakllandi va taraqqiyotining bugungi darajasigacha etib keldi. Kuchli raqobat muhitida faoliyat ko'rsatish tijorat banklariga mijozlar qiziqishlarini hisobga olgan holda xizmat ko'rsatishning yangi turlari va usullarini joriy etish, ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar bozorida turli xil xizmatlar ko'rsatish va operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarning yuzaga kelishiga olib keldi.Quyida biz qimmatli qog‘ozlar bozorida va investitsiya jarayonlarida tijorat banklarining rolini shakllantiruvchi tamoyillarning mazmun-mohiyatini ifodalab o'tamiz:

1. Bank faoliyatining iqtisodiy mustaqilligi. Bu tamoyilning mohiyati banklar o'z va jalb etilgan mablag‘laridan foydalanishda, mijozlarni va omonatchilarni tanlashda, investitsiya siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda, turli xil emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish yoki sotishda, foiz stavkalarini o'rnatishda, umuman olganda, bank operatsiyalarini

amalga oshirishga doir qarorlarni amalga oshirishdagi mustaqilligi bilan belgilanadi.

2. Bank faoliyatining qonunchilikka mutanosibligi. Zamonaviy bank-kredit tizimi murakkab va ko‘p qirrali tuzilishga ega bo'lib, tarixan bank tizimining shakllanishi ular tomonidan ko'rsatiladigan ayrim xizmat turlarining ba'zi davlatlarda qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanishi natijasida segmentlashgan va universal bank tuzilishining paydo bo'lishiga olib keldi. Segmentlashgan tuzilish moliya tashkilotlarining alohida turdagi funksiyalari va operatsiyalari faoliyatini qonuniy jihatdan ajratishni nazarda tutadi. Bunday tuzilish AQSh va Yaponiyada yuzaga kelib, depozitlar qabul qilish va qisqa muddatli kreditlarni berish kabi bank operatsiyalari qonuniy jihatdan sanoat kompaniyalarining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va ularni joylashtirish va boshqa maxsus xizmat turlarini ko'rsatishdan (sug‘urtalash, ko'chmas mulk bilan bitimlar va h.k.) ajratib qo‘yildi.

3. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati va operatsiyalari bilan bog‘liq ma'lumotlarning shaffofligi. Ko’pgina rivojlangan davlatlarda mavjud qonunchilikka asosan, qimmatli qog‘ozlar emitentlari tomonidan oshkor etilishi talab qilinadigan barcha ma'lumotlar yuzasidan qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtiruvchi organ qattiq nazorat olib boradi va bunday axborotlarni oshkor etmagan emitentlarga nisbatan qattiq choralar ko'radi. Bunday choralarning ko'rilishi qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar, shu jumladan, tijorat banklariga ham qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirish yuzasidan ma'lum bir qarorga kelishda muhim rol o'ynaydi. Fond bozorida qimmatli qog‘ozlar bo'yicha aniq va to‘liq ma'lumotga ega bo'lish imkoniyati qimmatli qog‘ozlar bozorining shaffofligini ta'minlaydi.

4. Bank investitsiya portfelining daromadliligi va risk darajasining optimalligi omili.Keyingi paytlarda tijorat banklari daromadlarining shakllanishida ularning investitsiya faoliyati va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalaridan oladigan daromadlari muhim rol o‘ynamoqda. Mazkur holat banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini kengaytirish va bank aktivlarini diversifikatsiya qilish maqsadidan kelib chiqmoqda. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlarga mablag‘larni investitsiya qilish va qimmatli qog‘ozlar bilan «spekulyativ» operatsiyalarni amalga oshirishi turli xil risklar bilan bog‘liq. Banklar tomonidan investitsiya portfelini shakllantirishda qo‘yilmalarning daromadliligi va xavfsizligini ta'minlash orqali optimal balanslashtirilgan investitsiya portfelining tashkil etilishi bu risklardan chetlab o'tish imkonini beradi.

5. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida raqobatbardoshligi.

Tijorat banklari universal moliya-kredit institutlari sifatida qimmatli qog‘ozlar bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Jahon amaliyoti tajribasidan kelib chiqib, tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ishtirokini quyidagi 3 ta turga bo'lib o'rganish mumkin. Bular:

amerikacha model;

yevropacha model;

aralash model.


Amerikacha model AQSh, Yaponiya, Kanada singari davlatlar bank amaliyotida shakllangan bo'lib, unga ko'ra tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati qonuniy jihatdan cheklangan. Bu borada AQSh da tijorat banklari faoliyatiga oid 1933 yilda qabul qilingan “Glass-Stigoll” qonuniga (“Banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonun) asosan, sanoat kompaniyalarining aksiyalari va obligatsiyalarini chiqarishda ishtirok etish va o'z mablag‘larini bunday kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalash man etilgan va aksincha, fond bozorida faoliyat ko'rsatish uchun yirik brokerlik kompaniyalariga keng imkoniyatlar berilgan. Lekin shu bilan birgalikda mazkur qonun tijorat banklariga davlat qimmatli qog‘ozlari, munitsipal obligatsiyalar chiqarilishini va joylashtirilishini tashkil etish, shu bilan birgalikda, mijozlarning topshirig‘iga ko‘ra hamda ularning mablag‘lari hisobiga qimmatli qog‘ozlar bilan ayrim vositachilik funksiyalarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Yevropacha model,asosan, Germaniyaga xos bo'lib, 1961-yilda qabul qilingan «Banklar to‘g‘risida»gi qonunga asosan, tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni amalga oshirishga keng imkoniyat berilgan. Shunga ko‘ra, Germaniya tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida emitent, vositachi va yirik investorlar sifatida qatnashishlari mumkin. Germaniya, Belgiya, Fransiya va Buyuk Britaniyada tijorat banklariga aksariyat moliyaviy faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat etilgan.Aksincha,AQSh va Yaponiyada tijorat banklariga bunday operatsiyalarni amalga oshirish, asosan, ta’qiqlangan.Kanada va Italiya tijorat banklariga esa ayrim moliyaviy faoliyat turlarini amalga oshirishga ruxsat berilgan bo'lsa, ayrimlari man etilgan.

Aralash model o'tish iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) davlatlari fond bozorlarida yuzaga kelib, u fond birjasining nobank investitsiya institutlariga bog‘lanib qolishining oldini olish va unda raqobat muhitini yaratish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko'rsatish uchun tijorat banklariga keng o'rin berilgan.Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida kuchli raqobat muhitida faoliyat ko'rsatishi har bir bankdan ularning bu bozordagi faoliyati bilan bog‘liq risklarni oldindan his qila bilishi, buning uchun esa, banklar o‘z investitsiya siyosatini to‘g‘ri ishlab chiqish masalasini zaruriyat qilib qo‘yadi.Oqilona ishlab chiqilgan investitsiya siyosati banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishi va ma'lum bir daromadga ega bo'lishi uchun asos hisoblanadi.

Mijozlar va investorlarning manfaatini himoya qilish hamda ta'minlash. Ko'pchilik rivojlangan davlatlarda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishda asosiy e'tibor investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi. Shuning uchun tijorat banklari o'z qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishda ustuvor ahamiyatni moliyaviy aktivlarning likvidligiga qaratishlari lozim. Bunday harakat bank faoliyatining o'ziga xosligidan kelib chiqadi va boshqalardan farqli o'laroq, uning zamirida kreditor va omonatchilarning manfaatlarini ta'minlash va himoya qilish yotadi.Bu borada asosiy e'tibor mayda investorlarning huquqlarini himoya qilishga haratilgan bo'lishi zarur. Tijorat banklarining emissiya, investitsiya, foiz stavka siyosatlari mutanosibligi va uyg‘unligi. Bank resurslarini shakllantirishda qimmatli qog‘ozlar ahamiyatining oshib borayotganligi,eng avvalo,ko'pchilik tijorat banklarining aksiyadorlik jamiyati ko'rinishida faoliyat ko'rsatayotganligi va banklar o'z aksiyalarini emissiya qilishi va ularni joylashtirishi asosida mablag‘larni cheklanmagan muddatga jalb qilishida namoyon bo'lmoqda.Bundan tashqari, banklar resurslarga bo'lgan uzoq muddatli talabni qondirishda obligatsiyalarni, qisqa va o'rta muddatli talabni qondirishda esa depozit va jamg‘arma sertifikatlari hamda veksellarni muomalaga chiqarishlari mumkin.Yuqorida qayd etilgan operatsiyalar tijorat banklarining o'z mablag‘larini shakllantirish va qarz mablag‘larini jalb qilish bilan bog‘liq passiv operatsiyalarini ifodalaydi va bunday harakatlar bankning emissiya siyosatidan kelib chiqadi.

Tijorat banklarining investitsiya siyosati bankning o'z va jalb qilingan mablag‘larini kreditga berish bilan bir qatorda turli xil qimmatli qog‘ozlarga, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq yangi tashkil etilayotgan korxonalarning ustav kapitalida ulush qo‘shib qatnashish orqali doimiy ravishda daromad(dividend yoki foiz ko'rinishida) keltiruvchi sohalarga kiritish kabi aktiv operatsiyalarida namoyon bo'ladi.

Tijorat banklarining foiz siyosati esa, uning emissiya va investitsiya siyosatini birgalikda qo‘shib olib borishdan kelib chiqadi. Tijorat banklari tomonidan depozit va jamg‘arma sertifikatlar,veksellar va obligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi hamda ularning joylashtirilishi bunday qimmatli qog‘ozlarga to'lanadigan foiz(dividend, diskont) miqdoriga bog‘liq bo'lib, qimmatli qog‘ozlarga foiz stavkasini belgilash investorlarning mablag‘larini jalb qilish imkoniyati nuqtai nazaridan yondashishni talab etadi.Bank oldidagi navbatdagi eng asosiy vazifa qimmatli qog‘ozlarning so'ndirilishi muddati va ularga to'lanadigan foiz(dividend, diskont) miqdorini hisobga olgan holda joriy daromad keltiruvchi boshqa qimmatli qog‘ozlarga yoki sohalarga mablag‘larni kiritish hisoblanadi.
1.3. Tijorat banklarining investitsiya faoliyatidan maqsadi quyidagilar:

 Bankning daromad bazasini kengaytirish

 Moliyaviy barqarorlikni oshirish va faoliyat turlarini kengaytirish va uning hisobiga bankning umumiy xatarini kamaytirish

 Bankning tez o'zgaruvchan bozorlardagi ishtirokini ta'minlash

 Sho'ba moliya institutlari tashkil qilish orqali mijozlar va resurslar bazasini, xizmatlar turini kengaytirish

 Qimmatli qog‘ozlarni nazorat qilish orqali mijozlarga ta'sirin kuchaytirish


Umumiy holatda Tijorat banklarining investitsion jarayonda qatnashishining asosiy yo‘nalishlari quyidagicha:
-bank tomonidan mablag‘larni investitsion maqsadlarda mobilizatsiya qilish;

-investitsion kreditlar berish;

 -pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga kiritish, payva ulush shaklida.

Investitsion faoliyat subektlari bo‘lib investorlar, banklar, obektlari bo‘lib esa yangitdan tashkil etilayotgan tashkilot, loyiha yoki yangilanayotgan hudud, qimmatli qog‘ozlar, maqsadli pul qo‘yilmalari, ilmiy-texnik ishlanmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.



Umuman olganda,banklar va har qanday investor o‘zining investitsiya uchun ajratmoqchi bo‘lgan mablag‘larini real investitsiyalarga yoki portfel,ya’ni qimmatli qog‘ozlarga sarflaydi:



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling