«Moliya» kafedrasi «Moliya» fanidan kurs ishi mavzu


-rasm. Investitsiyalarning tasniflanishi


Download 0.53 Mb.
bet5/6
Sana09.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#263634
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xo'jakov Bunyod 53-02 Moliya fanidan kurs ishi

2-rasm. Investitsiyalarning tasniflanishi.

Qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishdan maqsad:

daromad olish;

 kapitalni saqlash;


qimmatli qog‘ozlar narxlari oshgan tarzda kapital oshishini ta’minlash;



3-rasm. Investitsiya bilan bog‘liq faoliyatning tashkiliy tuzulishi

Yuqoridagi rasmda investitsiyalarning turli jihatlari bo’yicha turkumlanishi ifoda etilgan.

Qimmatli qog‘ozlar bilan investitsion aktiv operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

- investitsiyalash maqsadida aksiyarga mablag‘ kiritish;

- qisqa muddatli aksiyalarga va obligatsiyalarga mablag‘ kiritish;

- veksellar hisobi-veksel egasi yoki emitentidan veksel so‘ndirilish muddatiga qadar diskont stavkada sotib olish;

- REPO operatsiyalari-qimmatli qog‘ozlarni qaytib sotish sharti bilan sotib olish.
Qimmatli qo‘g‘ozlar portfelini shakllantirish quyidagi bosqichlarga ega:

1.Portfel turini aniqlash va uning xarakterini baholash;

2.Investitsion portfel riskini aniqlash;

3.Portfel tuzilmasini shakllantirish;

4.Portfel tuzilmasini optimallashtirish.

Bankning qimmatli qog‘ozlar bilan asosiy 3 turga ajratiladi:

 aktiv

 passiv

 vositachilik
Asosiy passiv operatsiyalar:

- Xususiy veksellar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, ularni muomalaga chiqarish yoki sotish;

- Xususiy aksiyalarni emissiya qilish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish.

- Depozit va jamg‘arma sertifikatlarini sotish va sotib olish.


Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning vositachilik operatsiyalari.

Bu vazifalar banklarga juda azaldan berilgan va mustahkamlanib, hozirgi vaqtda ham saqlanib qolgan. O'zbekiston fond bozori shakllanishi davri(1991—1994 yillar)da ko'pgina tijorat banklari ayni mana shu vazifaga katta e'tibor berishgan. Banklar brokerlik idoralariga ega bo'lib, ular(mijoz hisobidan va uning topshirig‘i bo'yicha) fond birjasida hamda birjadan tashqari aksiyalar bozorida dilerlik va brokerlik operatsiyalarini amalga oshirib, buning uchun vositachilik haqi olishgan. Tijorat banklari uchun korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish oddiy kredit berishga nisbatan katta xatar bilan bog‘liqdir. Shu sababli O'zbekistondagi ko'pgina tijorat banklari, ayniqsa 1993—1995 yillarda korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorida o'zlarini nihoyatda ehtiyotlik bilan tutdilar. Lekin 2000-yil boshiga kelib, O'zbekistondagi banklar ushbu bozorda o'zlarini ancha dadil his qildilar.

1996 yil martidan boshlab kredit muassasalari davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) bilan dilerlik va brokerlik operatsiyalarini amalga oshira boshladilar. Buning ustiga vositachilik xizmatlari ko'rsatish bozorida banklar umuman olganda anchagina foydali holatda bo'ldilar, chunkihozirgi vaqtga qadar ham DQMO bozorida faqattijorat banklarigagina yo'l ochiq. Banklarning vositachilik operatsiyalari tarkibida vositachilik haqi evaziga qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlarni ro'yxatdan o'tkazish vazifasini alohidaajratish mumkin. Bitim yagona hisob yuritish ro'yxati (registri)da qayd etiladi va bitim qatnashchilari — bank mijozlari (qimmatli qog‘ozlarni xarid qiluvchi va sotuvchi) ro'yxatdan o'tish to‘g‘risida qayd etilgan shartnomani oladilar. Ro'yxatdan o'tkazilgan barcha bitimlar to‘g‘risidagi axborotni banklar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi organga davriy ravishda topshirib turadilar.

Investitsiyalar bilan shug‘ullanayotgan vaqtda o‘z хarakatlaringizni siyosatini ishlab chiqish zarur va quyidagilarni aniqlashtirish kerak:

 -investitsiyaning asоsiy maqsadlari(uning хususiyati strategik yoki pоrtfel ko‘rinishida bo‘ladimi);

 -investitsiоn pоrtfelni shakllantirish, qabul qilinadigan qimmatli qоg‘оzlarning turlari;

 -investitsiоn pоrtfelni sifatliligini va pоrtfelni diversifikatsiyasi va shu kabilar.
Agar bank brokerlik operatsiyalarini amalga oshiradigan bo'lsa, u har bir mijoz uchun hisobraqam ochishi va mijozning qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshirilgan barcha operatsiyalarga doir ma'lumotlarni yozib borishi, bunda qimmatli qog‘ozlarning turi, operatsiyalar sanasi, sotilgan va xarid qilingan qimmatli qog‘ozlarning narxi va sonini ko'rsatishi shart. Ko‘pgina hollarda banklarning fond bozoridagi faoliyatini investitsiya kompaniyalari ish faoliyati bilan tenglashtirish mumkin. Banklar aksiyalar, obligatsiyalar, depozit va jamg‘arma (omonat) sertifikatlarini chiqaradi, shu tarzda mablaglarni jalb etib, resurslar yaratib, keyinchalik bu resruslarni korporativ va davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilib hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirib, ulardan foydalanadi. O'zbekistonda tijorat banklariga anderrayting bilan shug‘ulanish man etilmagan. Shunday qilib, tijorat banklari investitsiya kompaniyalari vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi mumkin.

Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi.

Umuman olganda barcha tijorat banklari o‘z ish faoliyatining yakunlarini foyda bilan tugatishga harakat qiladilar. Bank muassasalarining moliyaviy natijalarini yakunida asosiy ko‘rsatkich foyda hisoblanadi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari katta-kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o‘sishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z xaridoriga ega bo‘lishida, ijtimoiy obyektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank muassasalarining moliyaviy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilganda, avvalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2014-yilda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholining turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga keng erkinlik va imtiyozlar berish iqtisodiyotning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda aholiga barqaror daromad manbalarini joriy etilishiga imkoniyat yaratmoqda. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan ko‘plab qaror va farmonlar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida, bank filiallari tomonidan tadbirkorlik harakati qo‘llab-quvvatlanib, kichik biznes vakillariga qulay shart-sharoitlar asosida xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bu orqali, yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston bozorini raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi tovarlar bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga tijorat banklari tomonidan o‘ziga yarasha hissa qo‘shib kelinmoqda.

Aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilish orqali ular uchun nafaqat daromad manbai, shu bilan birga bank uchun ham qo‘shimcha resurs manbaidir. Shuningdek, bu orqali iqtisodiyotda pul mablag‘larini bankdan tashqari jamg‘arilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, bu borada aholining manfaatlarini ham inobatga olgan holda, tijorat banklari tomonidan aholi uchun jozibador omonat turlari joriy etilmoqda. Investitsiya dasturi doirasida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonida banklarning moliyaviy ko‘magi katta bo‘lmoqda. Banklar ham bu borada yetarlicha sarmoya yo‘naltirib, ishlab chiqarish jarayonining kengayishi, korxonalar faoliyatining yuksalishiga qo‘shayotgan hissasi yil sayin ortmoqda.

Hozirda banklarning investitsion faoliyatini samarali amalga oshirishda quyidagi muammolar mavjud:

1. Birinchi navbatda, milliy valuta barqarorligini ta’minlash, inflatsiya darajasini me’yorida, bir maromda ushlab turish, chunki valuta barqarorligi past va inflatsiya darajasi yuqori bo’lsa investitsiya faoliyatidan kelajakda daromad juda ham past darajada yoki daromad keltirmasligi mumkin;

2. Qimmatli qog’ozlar likvidliligini yo’qligi banklarning investitsion faoliyatini yuritishda riskning yuqori ekanligini bildiradi. 3. Emitentlar faoliyatini shaffof emasligi banklarning faol investitsion faoliyat yuritish o'rniga qimmatli qog’ozlar bozorida passivligiga olib keladi.

4. Banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida investitsion va emission siyosatining sifatini pastligi va ularda qimmatli qog’ozlar bozorida vositachilik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha strategiyani yo’qligi.

5. O’zbekistоn Respublikasida emitentlardan o’z хo’jalik-mоliyaviy hоlati, ishlab chiqarish faоliyati, aksiyalar, to’langan dividendlar, оlingan darоmad, sоf fоyda va shunga taaluqli ma’lumоtlarni оshkоr etish talab etiladi. Ammо ta’kidlash lоzimki, hоzirda respublikamiz оmmaviy aхbоrоt vоsitalarida emitentlar tоmоnidan e’lоn qilayotgan ma’lumоtlar juda sust hоlda tarqatilmоqda. Bu esa bo’lajak investоrlar uchun yetarli ma’lumоt оlоlmayotganligi, hamda qimmatli qоg’оzlarga sarmоya sarflashiga shоshilmayotganiga оlib kelmоqda.

Yuqoridagi amalga oshirilgan bir qator tahlillar natijasida quyidagi bir nechta takliflar va tafsiyalarni taqdim etamiz:

- O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarini rivojlantirish orqali bank kapitalini rivojlantirish;

- Mamlakat miqyosida iqtisodiyot va moliya tizimini imkon qadar elektronlashtirish, bank-moliya tizimiga eng so‘nggi texnologiyalarni jalb etish.

- kapital qo‘yilmalarini moliyalash manbalarini oqilona shakllantirish, ularni samarali sarflash;

- kreditning yangi turlarini rivojlantirish;

- bank kafolatlariga, sug‘urta tashkilotlari kafolatlariga e'tiborni kuchaytirish bilan bir qatorda kafolat bozorini rivojlantirish;
-tijorat banklarida korporativ boshqarish va menejmentni yaxshilash.

Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar natijasida O'zbekistonda tijorat banklari faoliyatini qimmatli qog’ozlar bozorida faollashtirishda asosiy e'tibor quyidagi yo’nalishlarga qaratilishi maqsadga muvofiq. Ushbu yo’nalishlarni amaliyotga chuqurroq tadbiq etilishi qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklari investitsion faoliyatini yanada jadallashtirishga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishim mumkinki, ko’rib o’tilgan muammolar hal etilib, ko’rsatib o’tilgan tadbirlarni amalga oshirishni hal qilsak milliy qimmatli qоg’оzlar bоzоrimizda investitsiya pоrtfellari tahlili va uning mоnitоringini qo’llash uchun zarur sharоitlar yaratiladi. Buning natijasida likvidli aksiyalarning birja va birjadan tashqari bоzоrlarda qiymati оrtishi va investоrlarning sоni va darоmadi ko’payishi mumkin.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling