Moliya mohiyati va vazifalari


Download 38.81 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi38.81 Kb.
#1531619
1   2
Bog'liq
Moliya mohiyati va vazifalari

Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli — bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qiladi. Davlat o'z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini chiqaradi. Mazkur holda, davlat byudjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to'g'ridan-to'g'ri inflyatsion ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi. Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz to`lovlari shaklida, tobora ko`proq qayta taqsimlanishiga olib keladi. Katta byudjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo'yicha foiz to‘lovlari o‘sish sharoitida, davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan, davlat o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini yengillashtirishi mumkin, chunki u, odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq. Xo‘jalik hayoti baynalmilallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo‘sh pul mablag`larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Shunday qilib, davlat o‘z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin. Xalqaro kreditning tez o‘sishi kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi, mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o‘sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o'rinda eng asosiy muammo milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog‘liq1igining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo`lmay qoladi.
Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai bo`lib soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo'lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Soliq - bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to‘lovlarni undirish shaklidir. Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tarkib topish shakli va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uch muhim vazifani bajaradi:
— davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
— ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
— iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsa-da, davlat sarflari miqyosining o‘sishi o‘z navbatida soliqlarning o‘sishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi:
1. Aholi sonining o‘sishi. Aholi jon boshiga davlat sarflari darajasi o'zgarmay qolgan taqdirda ham, aholining o‘sgan qismini ijtimoiy ne'matlar va xizmatlar bilan ta’minlash qo‘shimcha mablag‘larni zarur qilib qo‘yadi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya. Kishilar turmush darajasining o'sishi ijtimoiy soha xizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Aholi sonining o‘sishi va urbanizatsiyaning kuchayishi atrof-muhitning sifati muammosini keskinlashtiradi. Juda ko‘p miqdordagi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish havo, suv va yerning ifloslanishi shaklidagi qo‘shimcha xarajatlarning o‘sishini keltirib chiqaradi. Atrof-muhit muammosini hal qilishda asosiy rol davlat zimmasiga tushadi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga xususan, ijtimoiy sug'urtani rivojlantirish, ishsizlik bo'yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot, bepul tibbiy yordam, davlat dasturi, oziqovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uyjoy qurilishi kiradi.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o‘sishi. Hozirgi davrda mamlakatimizdagi davlatning soliq siyosatini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga oshiradi.
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to'lovlari soliq undirishning obyektlari, soliq to`lash tartibi, soliq to'lash bo'yicha imtiyozlar, soliq to'lash bilan bog'liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi O‘zbekiston Respublikasining soliq to'g'risidagi qonunlari bilan aniqlanadi. Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
— barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog'liq bo`lmagan holda, soliq undirishning majburiyligi;
— soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
— samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllari uchun soliq me’yorlarining rag‘batlantiruvchi rolini ta'minlash;
— soliq to'lovi bo‘yicha barcha subyektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
1. Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi. Soliq summasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R ') deyiladi:.
2. To`lovga layoqatlilik tamoyili - soliq miqdori soliq to'lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
3. Adolatlilik tamoyili - daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi bo'yicha teng bo'lgan kishilar teng miqdorda soliq to'lashi zarur. Soliq bo'yicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida o'rnatiladi.
Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:
— obyektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
— soliq to‘lashdan alohida shaxs yoki ma’lum guruhlarni (masalan, urush faxriylarini) ozod qilish;
— soliq darajasi (stavkasi)ni pasaytirish;
— soliq olinadigan summadan chegirish;
— soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini ma’lum miqdorga kamaytirish).
Soliqlarni turkumlashga turli xil mezonlar asosida yondashiladi. Soliq stavkasi va daromadlar o'rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda, progressiv (o'sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo`linadi.
1. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘sib boruvchi soliqlar progressiv soliqlar deyiladi.
2. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi o‘zgarishsiz qoluvchi soliqlar proporsional soliqlar deyiladi. 3. Daromad hajmi o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar). mahsulot tannarxiga qo'shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab ham turkumlanadi. To'g‘ri soliqlar tarkibida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i eng katta salmoqni tashkil etmoqda. Ushbu soliqning ulushi jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkasining pasayishi hisobiga 2004 yilda 0,5 foizga kamayib 46,2 foizni tashkil qildi. Shu bilan bir vaqtda mikrofirmalar va kichik korxonalardan olinadigan yagona soliq ulushi kamayishi ham kuzatildi (14,1 foizdan 10,2 foizgacha), bu esa, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini yalpi daromad bo‘yicha soliq to'lashga o‘tganligi bilan izohlanadi.
Soliqlar takror ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy faollikni tartibga solishning vositalaridan biri bo`lib ham hisoblanadi. Bunda davlat butun xo‘jalik kon'yunkturasiga umumiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida soliq mexanizmidan keng foydalanadi. Davlat iqtisodiyotdagi turg‘unlik holatini bartaraf qilish uchun imtiyozli soliqlar yordamida kapital qo‘yilmalarni rag‘batlantiradi hamda shu orqali shaxsiy iste’mol va investitsion tovarlarga yalpi talabni kengaytirish uchun ancha qulay sharoit yaratadi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga olib kelishini birinchi bo'lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan tashqari oshirish ularning kapital qo'yilmalariga bo'lgan rag‘batini susaytiradi, fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va bular oxir-oqibatda, davlat byudjeti tushumlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Davlat byudjetining daromadlari va soliq stavkasi o'sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi “Laffer egri chizig‘i” nomini oldi (2-chizma). Grafik tik o‘qida soliq stavkasi , yotiq o‘qida - davlat byudjetiga tushumlar aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori davlat byudjetiga eng yuqori tushum ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda davlat daromadi nolga teng bo'ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda, uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatilgan soliqlarni pasaytirish jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlilikning ortishi orqali soliq undiriladigan yalpi daromad hajmining o'sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyatsiyaning susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo‘ladi .
Laffer nazariyasining haqiqatga yaqinligi shundaki, soliq stavkasining oshishi yoki pasayishi shubhasiz kapital qo‘yilmalar o‘sish sur’atiga to‘siq bo‘luvchi yoki aksincha, rag‘batlantiruvchi ta’sir ko'rsatadi. Ammo umuman, bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarga soliq stavkasidan tashqari ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillar ichida muhim o‘rinni siklning xususiyatlari, u yoki bu korxona mahsulotiga talab va taklif nisbati, ular foydasining darajasi egallaydi.

Shuningdek, mamlakatning turli mintaqalarida soliq yukining bir xil darajada bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan taqqoslama usullardan foydalaniladi. Soliq yuki darajasini miqdoran aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi soliqlar miqdorini to`lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati yoki soliq to`langandan keyingi daromad miqdorini to`lovga layoqatlilik ko‘rsatkichiga nisbati sifatida ifodalash mumkin.


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan, davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo‘lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o'z ichiga oladi. Shunga muvofiq moliya siyosati respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘I qo‘yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o'zgarishlami o‘tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o‘sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy tavsif kasb etib, butunlay barham topdi. Respublikada yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning oldingi yillarga nisbatan pasayishi 1992 yil 11,1 foiz, 1993 yil 2,4 foiz, 1994 yil 3,5 foiz, 1995 yil 4,0 foizni tashkil qildi. 1996 yildan boshlab dastlab 1,6 foiz, 1998 yil 4,4 foiz, 2000 yil 4,0 foiz, 2004 yil yilda esa, 7,7 foiz o'sishga erishildi. 4 Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu vazifalarni real ^ 0 ‘7.R Iqtisodiyot vazirligi irw 'lum otlari. bajarish uchun amaldagi soliq tizimini sezilarli darajada isloh qilish talab etiladi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov tomonidan soliq siyosatining yanada takomillashtirilishini 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab berilishi ham buning yaqqol dalilidir.-'’ Eng awalo, shuni qayd etish lozimki, 1997 yilda ishlab chiqilgan va qabul qilingan Soliq Kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob bermaydi. Faqat so‘nggi ikki yil davomida Soliq Kodeksi va soliq qonunchiligiga yuzdan ortiq o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritilgani ham shundan dalolat beradi. Bunda soliq tizimi o‘ziga xos vazifalarni — xazinani to‘ldirish, qayta taqsimlash va rag'batlantirish vazifalarini to‘la darajada bajarishi zarur. Soliqlarning birinchi vazifasi, davlat byudjeti daromad qismining eng muhim umumdavlat, xalq xo‘jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bolgan miqdorda shakllanishini ta'minlashga qaratilishi lozim. Uning ikkinchi vazifasi, YalMning bir qismini qayta taqsimlash va shu orqali iqtisodiyot tuzilishini o‘zgartirish, aholini ijtimoiy himoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtirok etishdan iborat. Soliqlarning uchinchi vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishdir. Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan tamoyil va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish o‘ta muhim ahamiyatga ega. Soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag'batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozim. Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil — korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o‘z mablag'larini ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag‘larnito ‘ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa, oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi. Korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishda daromad solig‘idan foydadan undirilgan soliqqa o‘tish ko'zda tutiladiki, bu ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini kuchaytirish imkoniyatini beradi. Foydaning ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan umumiy miqdori ko‘payishi bilan birga, ayni vaqtda mehnatkashlar ish haqini ko'paytirish imkoniyati ham yaratiladi. Natijada faol mehnatni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy muhit yaratiladi. Korxonalar zimmasidagi soliq yukini yengillashtirishga erishishda qo'shilgan qiymatdan olinadigan soliq stavkasini kamaytirishga ham e’tibor qaratiladi. Shunga erishmog‘imiz kerakki, har bir soliq to‘lovchi, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo‘lsin, soliq to'lashdan bo‘yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilsin. Respublikada soliq tizimini isloh qilishda uning tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi qo‘yiladi. Tabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun yer, yer osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to‘lov o‘rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo‘nalishidir. Respublika ahamiyatiga ega bo'lgan soliqlar bilan mahalliy soliq o'rtasida aniq chegarani belgilash soliq tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishidir. Bunda asosiy e’tibor davlat byudjeti daromadining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlashga qaratiladi. Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to‘lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Soliq organlarini tashkil etishning butun tizim ida ham tub o ‘zgarishlarni amalga oshirish zarur. Bu idoralarning bosn vazifasi soliqlarning byudjetga o ‘z vaqtida va to ‘liq tushishini ta'm inlashgina emas, balki, eng muhim i, soliqqa doir jinoyatlarning oldini olish maqsadida soliq toMovchilarga yordam berish va ularning bu boradagi bilimlarini oshirishga ko'm aklashish, ular bilan muntazam ish olib borishdan iboratdir.



Download 38.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling