Moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda moliyaviy oqimlarning mazmuni moxiyati
Download 0.69 Mb.
|
Jumayev Shodmon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi
- Kurs ishi vazifalari.
Mavzuning dolzarbligi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim bo‘shligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga oqib o‘tadi.Masalan, a’zolari o‘z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha samarali mexanizmlar o’z vaqtida joriy qilinmagani ham jiddiy muammo bo’lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoldiq, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi ham iqtisodiy taraqqiyot yo’lida to’siq bo’lmoqda”1, deya ta’kidlab o’tgan. Mavzuning maqsadi. Moliya – iqtisodiy katеgoriya sifatida pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga kеltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya pul bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, uning moddiy asosini pul tashkil qiladi, lеkin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa tushuncha emas. Bundan ko’rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko’plab boshqa iqtisodiy sub’еktlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Kurs ishi vazifalari. Ushbu mavzuni chuqurroq va aniqroq tushunish maqsadida quyidagi vazifalar qo’yiladi: Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan quyidagi vazifalarni bajaradi: ta'qsimlash vazifasi; rag’batlantirish vazifasi; nazorat qilish vazifasi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling