Moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda moliyaviy oqimlarning mazmuni moxiyati


-chizma. Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim davlat moliyasi va mahalliy moliya sohasining alohida bo‘g‘ini6


Download 0.69 Mb.
bet7/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1587753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jumayev Shodmon

2.3-chizma. Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim davlat moliyasi va mahalliy moliya sohasining alohida bo‘g‘ini6
Davlat maxsus fondlari tarkibida katta miqdordagi mablag‘larning to‘planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foydalanishga va suiistemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan fondlarning maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim.
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.
Davlat kreditida mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda, ancha torroq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng ma’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z tarkibiga qo‘shmog‘i lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizimning mustaqil sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir-oqibatda davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida byudjet mablag‘larining katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish, mulkka egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa vositalardan foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar.
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod bo‘lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan.
Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo‘lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez o‘sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog‘liq.
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qaramaqarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sohaning juda keng va rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh korxonalari, asosan, o‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sohasi28, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, qator miqdoriy ko‘rsatkichlarning tahlili bu sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Notijorat soha holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
notijorat tashkilotlarining soni. 2000-yillar boshlarida Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4ta notijorat tashkiloti to‘g‘ri kelgan edi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, bu yerda har 1000 kishiga 21 tadan to‘g‘ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud bo‘lgan. Bu ko‘rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga teng edi.
notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining o‘rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi;
notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. 2000-yillar boshida bu ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulotning o‘rtacha 3,5%ini tashkil etgan (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga teng bo‘lgan.
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to‘planmoqda va u zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
• faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo‘naltirilganligi;
• e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;
• bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish.
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalari quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi:
• byudjet mablag‘lari;
• tijorat faoliyati;
• tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum;
• aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omonatlar bo‘yicha olinadigan daromadlar;
• notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashkilotlarining yordami asosida tuzilgan xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar;
• tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari;
• ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o‘zida tushib turishi mumkin bo‘lgan tushumlar;
• qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, ko‘ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auksionlar, ko‘ngilxushlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushumlar.
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda xususiy xayriyalarning miqdori keyingi yillarda 1%dan (Yaponiyada) 20%gacha (AQShda) oraliqda bo‘lgan va o‘rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat ajratmalarining salmog‘i esa 26%dan (Germaniya) 71%gacha bo‘lib, uning o‘rtacha darajasi 48%ga teng bo‘lgan. Notijorat tashkilotlarining o‘zlari tomonidan ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23%dan (Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o‘rtacha darajasi 41% atrofida edi.
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo‘llab quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:
• to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
• hamkorlikda moliyalashtirish;
• davlat ijtimoiy buyurtmasi.

Bilvosita moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin

Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to‘lovlari va boshqa shunga o‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi.



soliq xarakteriga ega bo‘lmagan imtiyozlar





soliqlardan imtiyozlar



boshqa imtiyozlar


2.4-chizma. Bilvosita moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishlari7
Soliq to‘lashda imtiyoz berish quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
• xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;
• homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.
Boshqa imtiyozlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
• notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, yer maydonlarini ajratish;
• aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to‘lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;
• va boshqalar.
Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo‘lsa, xarajatlarning yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.
3. Moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda moliyaviy oqimlarni rivojlantirish.
Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, (navbatdagi betga qarang) moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi. Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi. Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya-viy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan sub’ektlar deb ataydilar; kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalar resurslari defitsit bo‘lgan sub’ektlar deb ataladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning pul tushumlari yoki daromadlari deb ataladi. Foyda- tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning ushbu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan mablag‘lardan ortgan qismidir. Korxonalar va tadbirkorlarning xo‘jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib pulda ifodalanadi va bundan tashqari bozor daromadi bo‘lib, uning qonun qoidalariga asosan vujudga keldi, taqsimlanadi va ishlatildi. Foyda – kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asil maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‘minlaydi. Amaliyotda foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (X) ayirmasi sifatida qaraladi: F=D-X
Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy sub’ektlardan (ortiq mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) sub’-ektlarga moliyaviy vositachilar orqali yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali (chizmadagi moliyaviy oqimlar harakatining pastki yo‘nalishi), bo‘ladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar ushbu vositachilar xizma-tidan foydalanmagan holda ham, ya’ni moliyaviy bozorlar orqali ko‘chib o‘tadilar (chizmadagi yuqori yo‘nalish). Moliyaviy oqimlarning (flow of funds) yuqorigi yo‘nalish bo‘yicha joyini o‘zgartirishi prinsipini yaxshiroq tushunish uchun quyidagicha faraz qilaylik: qaysidir bir uy xo‘jaligi (erkin mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ekt) biror-bir firma (defitsit iqtisodiy sub’ekt) chiqargan aksiya-larni sotib olmoqda. Alohida hollarda, agar, masalan, firma dividendlarni reinvestitsiya qilish dasturiga ega bo‘lgan, uy xo‘jaligi esa oldindan mazkur firma aksiyalariga ega bo‘lgan holda, aksiyalarni sotib olish bevosita firmada amalga oshiriladi. Biroq, odatda moliyaviy oqimlar harakatida uy xo‘jaligidan pulni oluvchi va uni aksiyalarning emitenti bo‘lgan firmaning hisobraqamiga o‘tkazuvchi dilerlar yoki brokerlar (qim-matli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar) qatnashadilar. Moliyaviy tizimlar doira (chegara)sida ko‘chib yuruvchi (joylarini o‘zgartiruvchi) oqimlarning ko‘p qismi umuman moliyaviy bozorlar orqali o‘tmaydi va shunday qilib, 1-rasmda keltirilgan yuqorigi yo‘nalish izidan bormaydi. Buning o‘rniga, chizmaning pastki qismida ko‘rsatil-ganidek, ular moliyaviy vositachilarning yordami bilan bevosita erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlardan resurslar defitsitligini boshidan kechirayotgan iqtisodiy sub’ektlarga o‘tadilar. Moliyaviy oqimlar bir joydan boshqa joyga oqib o‘tishining ushbu usulini yaqqol tasavvur qilish uchun, quyidagicha faraz qilaylik: Siz o‘z omonatingizni bank hisobraqamiga qo‘ydingiz va bank biror-bir firmaga qarz sifatida berish uchun undan foydalandi. Mazkur holatda siz qarz olgan firmadan o‘z pulingizni bevosita talab qila olmaysiz. Sizda pullik talabnoma faqat bankka nisbatan bor. Chunki Siz unda depozit ochgansiz. Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga ma’lum pul talablarini qo‘yadi. Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq ishonchli va likvidli bo‘ladi (ya’ni, Siz istalgan paytda hisobraqamingizdan bor pulingizni yechib olishingiz mumkin). Bundan tashqari, u aksincha, nolikvid bo‘lishi ham mumkin. Shunday qilib, ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy oqimning bank orqali erkin (bo‘sh) moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektdan shunday mablag‘lar defitsit bo‘lgan sub’ektga oqib o‘tishida, yaratilayotgan moliyaviy vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli o‘zgarishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bunda ushbu jarayon ishtirokchilarining biri:
• bank egalari yoki mazkur bank qo‘yilmalarini sug‘urta qiluvchi davlat tashkiloti
• o‘ziga qarz bo‘yicha riskni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.
“Moliyaviy vositachilar”dan yuqoriga, ya’ni “Bozor-lar”ga olib boruvchi chiziq-ko‘rsatkich vositachilar ko‘pincha moliyaviy oqimlarni moliyaviy bozorlarga yo‘naltirishini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘rta yoshdagi er-xotin ma’lum bir summani kelgusidagi pensiya ta’minoti (erkin moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan iqtisodiy birlik) uchun jamg‘argan holda, uni sug‘urta jamiyati (vositachi) hisobraqamiga qo‘yishi mumkin. Bunda sug‘urta jamiyati, o‘z navbatida, uni (bozorda) biror-bir aksiya va obli-gatsiyaga investitsiya qiladi. Shunday qilib, bu er-xotinlar bilvosita, sug‘urta kompaniyasi orqali, ushbu aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqargan firma (moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’- ekt)ni moliyaviy resurs (mablag‘) bilan ta’minlaydi. Bozorlardan pastga moliyaviy vositachilarga yo‘naltirilgan chiziqko‘rsatkich moliyaviy mablag‘lar moliyaviy bozorlarga yo‘naltirilishi mumkinligini anglatibgina qolmay, balki ayrim vositachilar ularni moliyaviy bozorlardan olishlarini ham bildiradi. Masalan, uy xo‘jaligiga qarz beruvchi moliyaviy kompaniya, qimmatli qog‘ozlar bozorining tegishli segmentlarida sotish uchun aksiya va obligatsiyalarni chiqarib, zarur bo‘lgan summani yig‘ib olishi mumkin. Mamlakatda milliy valyutaning harakati bilan bog‘liq munosabatlarning bir qismini moliyaviy munosabatlar tashkil etadi. Ayni shu holatda, davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlararo moliyaviy aloqalar mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobidan davlat byudjеtiga o‘tkaziladigan turli darajadagi to‘lovlar va soliqlar tarzida yoki davlatning byudjеt tashkilotlarining pul mablag‘lari fondiga moliyaviy rеsurslarning kеlib tushishi bilan ro‘yobga chiqadi. Vaholanki, davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ikki tomonning o‘zaro manfaatlari asosida shakllanishi, ya'ni byudjеtdan mablag‘ yo‘naltirish, soliq tizimi bilan o‘zaro muvofiqlashishi mumkin. Davlat bilan aholi o‘rtasidagi yuzaga kеluvchi moliyaviy munosabatlar, avvalo, davlatning ijtimoiy yo‘naltirilgan pul mablag‘lari fondlari hisobidan turli xildagi to‘lovlar va boshqa ajratmalarni amal qilish bilan yuzaga kеladi. Shu boisdan, mazkur turdagi munosabatlar davlat rivojlanishining turli jarayonlarida aniq holatlarga, boshqarish uslubiyatlariga va xo‘jalik yuritishning maqsadidan kеlib chiqib o‘zgarib turadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘ziga xos bo‘lgan sharoitlarida moliya tizimining taraqqiyoti tеndеnsiyalarini tahlil etish moliyaviy munosabatlarning xususiyatlarida umumiy bеlgilar borligini bildiradi. Bu esa, moliya tizimini amal qilishining obyektiv sabablari va shartlarini saqlanib qolinganligi bilan ta'riflanadi. Bularning orasida ikkitasi ajralib turadi: tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va bu munosabatlarning subyekti sifatida davlatning amal qilishi. Boshqa qiymat katеgoriyalaridan farqli ravishda (misol uchun pul, krеdit, mеhnatga haq to‘lash fondi va boshqalar) moliya davlatning amal qilishi bilan organik bog‘liqdir. Davlat o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq tarzda yuzaga kеluvchi pul fondlariga bo‘lgan ehtiyojlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatidagi ehtiyojlarining turlicha ko‘rinishdaligi moliyaviy munosabatlarni turli darajalarda vujudga kеlishiga olib kеladi. Bu esa, ularni alohida guruhlarga birlashtirish imkonini bеradi. Moliyaviy munosabatlarni turlicha guruhlashtirish mumkin.
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnornasi ular shakllan-tiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo'ljallanganligi bilan bevosita bog'liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqirn bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish rnetodlari ham turlichadir.

Moliyaviy oqimlarni boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat



qonunchilik - Oliy Majlisning vakolatida





nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) - Hisob palatasi va marnlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq, bojxona qo'rnitalari va boshqalar) tornonidan amalga oshiriladi





boshqaruvchanlik - korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G'aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlari vakolatida



nazorat-kuzatuv - korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga uchraganligigi to'g'risidagi ishlarni ko'radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling