Moliya tizimi faoliyatini mustahkamlashda moliyaviy oqimlarning mazmuni moxiyati


Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari


Download 0.69 Mb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1587753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jumayev Shodmon

Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari.

Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: xo‘jalik subyektlari, uy xo‘jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul mablag‘larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri bilan bog‘liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo‘g‘inlari va sohalarining yig‘indisi moliyaviy tizim deyiladi.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan obyektiv ravishda yangicha yondashuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo‘linadi4:
• davlat moliyasi va mahalliy moliya;
• xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi
O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin:
• davlat byudjeti;
• byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;
• davlat krediti.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
• tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
• moliyaviy vositachilar moliyasi;
• notijorat tashkilotlari moliyasi.
Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:

2.2-chizma. Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari5
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• respublika byudjeti;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
• daromadlar asosini mustahkamlash;
• byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash;
• modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni innovatsion usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish;
• soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lish tartibini qayta ko‘rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish;
• byudjet defitsiti darajasini kamaytirish;
• byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako’millashtirish;
• g‘aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va h.k.
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlat maqsadli fondlari) oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Shuning uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi belgisi bo‘yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin:
• ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat maxsus fondlari;
• tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat maxsus fondlari.
Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin.

Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim davlat moliyasi va mahalliy moliya sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin





Respublika yo‘l fondi



O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i





Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi



O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling