Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


IV. BUDJETLAR O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR


Download 55.48 Kb.
bet18/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

IV. BUDJETLAR O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR

21-modda. Davlat budjeti mablag‘larini budjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash

Davlat budjeti mablag‘lari turli darajadagi budjetlar o‘rtasida quyidagi yo‘llar bilan qayta taqsimlanadi:

yuqori budjetlardan quyi budjetlarga budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari berish;

budjet ijrosi jarayonida paydo bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori budjetdan quyi budjetga, shuningdek quyi budjetdan yuqori budjetga yo‘naltirish;

budjet ssudalari ajratish.

Respublika budjetidan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga qabul qilingan Davlat budjeti doirasida ajratiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari tumanlar va shaharlar budjetlariga tegishli qabul qilingan budjetlar doirasida ajratiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik uzilish aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga, yuqori budjetlardan beriladigan budjet ssudalari, foydalanilmagan budjet mablag‘lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika budjetiga o‘tkazishi mumkin.


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling