Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07. 04. 00. 00 Budjet tizimining umumiy qoidalari


-modda. Respublika budjeti taqchilligini moliyalashtirish


Download 55.48 Kb.
bet15/39
Sana07.11.2021
Hajmi55.48 Kb.
#171434
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Budjet tizizmi-158-II 14.12.2000-1

17-modda. Respublika budjeti taqchilligini moliyalashtirish

Respublika budjeti taqchilligi:

davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘larni jalb qilish;

respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;

qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]

18-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari:

1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar;

 LexUZ sharhi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar miqdori har yili tasdiqlanadi.

3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-son “O‘zbekiston Respublikasining 2002-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorining 23-ilovasiga muvofiq, davlat mulki bo‘lgan noturarjoy binolarini ijaraga berganligi uchun ijaraga beruvchilar to‘laydigan ijara to‘lovlarining 50 foizi davlat budjetiga, qolgan 50 foizi esa balans tutuvchi hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;

5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;

6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.

[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]


Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling