Moliya va kredit
Download 1.04 Mb.
|
inves tash va moliyalashtirish maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiyalarniig rentabelligi
agar IRR=HR, ixtiyoriy echimni qabul qilish mumkin, ya’ni loyihani amalga oshirishdan zarar ham, foyda ham ko’rilmaydi. Ushbu ko’rsatkich yordamida: investitsiya summalari teng bo’lgan; davomiyligi bir xil bo’lgan; risk darajasi teng bo’lgan; pul tushumlarining shakllanish sxemasi bir xil bo’lgan hollarda loyihalarni foydalilik darajasi bo’yicha taqqoslash to’g’ri echim qabul qilishni engillashtiradi. Bu ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, loyiha shunchalik samarali deb topiladi. Foydaning ichki me’yorini boshqacha ko’rinishda, ya’ni interpolyatsiya usuli orqlai ham ifodalash mumkin: bu erda, NPV1 – d1 diskont me’yori stavkasidagi sof joriy qiymatning ijobiy miqdori; NPV2 – d2 diskont me’yori stavkasidagi sof joriy qiymatning salbiy miqdori. Foydaning ichki me’yorini aniqlashda d1 va d2 ko’rsatkichlar miqdori asosiy o’rinni egallaydi. Ularning ta’siri natijasida sof joriy qiymatning o’zgarishini va buning oqibatida esa foydaning ichki me’yori ham o’zgarishini kuzatish mumkin. Shunga ko’ra: - d1 – bu NPVning ijobiy qiymatinini minimallashtiruvchi foiz stavkasi; - d2 – bu NPVning salbiy qiymatini maksimallashtiruvchi foiz stavkasi hisoblanadi. Investitsiyalarniig rentabelligi usuli (RI) - diskontlashtirilgan daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya harajatlariga nisbatini hisoblab topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi o’sishi mumkinligini ko’rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi: bu erda I0 - boshlang’ich investitsiyalar, CF-t davrda olingan pul tushumlari. Investitsiya rentabelligi ko’rsatkichi firma (yoki investor) mablag’lari 1 so’m hisobida qanday hollarda o’sishini aniqlash imkonini beradi. Agar investitsiya sarflari turli davrlarda (uzoq amalga oshirilsa, (PI)ni aniqlash formulasi quyidagicha bo’ladi: bu erda, It – t yildagi investitsiyalar. Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslama baholash shuni ko’rsatadiki, sof joriy qiymati o’sishi bilan investitsiyalar rentabelligi ham o’sadi va aksincha. Agar rentabellik ko’rsatkichi «1»ga teng yoki undan kichik bo’lsa, loyiha rad etilishi kerak, chunki u qo’shimcha foyda keltirmaydi. NPV=0 da investitsiyalarning rentabelligi hamisha 1ga teng bo’ladi. Oddiy bo’lib ko’rinishiga qaramasdan, loyihalarning rentabelligini aniqlash muammosi muayyan qiyinchiliklar bilan bog’liqdir. Bu hol, ayniqsa, investitsiyalar turli xil valyuta, turli xil vaqtda, ya’ni bir qancha yillar oralig’ida amalga oshirilganda uni aniqlash muammosi paydo bo’ladi. Buni quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Misol-4. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln.so’m harajat qilingan. Investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida birinchi yil – 37750 ming so’m, ikkinchi yil 45390 ming so’m, uchinchi yil – 47430 ming so’m, to’rtinchi yil- 51140 ming so’m va beshinchi yil- 60030 ming so’m pul tushumlari olinishi ko’zda tutilmoqda. Bu holda investitsiya loyihasining diskontlashgan investitsiya rentabelligi qanday hisoblanadi?
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling