Moliya va kredit
Download 1.04 Mb.
|
inves tash va moliyalashtirish maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3. Investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi.
- Monitoring
- 8.1.Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati.
- 8 Diskontlangan qoplanish muddatini aniqlash .1.-rasm. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash 59 .
- Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning oddiy (an’anaviy) usullari.
7.2 - jadval O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tartibi.
Har bir davlat birinchi navbatda, moddiy ishlab chiqarish sohasiga mamlakat va chet el investorlarini jalb qilish uchun harakat qilmog’i lozim. Ushbu maqsadda muayyan investitsiya dasturi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, tegishli investitsion muhit yaratiladi. 7.3. Investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi. Monitoring, eng avvalo, loyihani moliyalashtirishga mablag’ berish bitimiga tegishli barcha hujjatlarni va ularning shartlari bajarilishini, ularning bank-kredit siyosatiga, qabul qilingan me’yorlar va tartiblarga muvofiqligini davriy tekshirib borishni o’z ichiga oladi. Navbatdagi qadam qarzdorning moliyaviy layoqatini baholash bo’lib, uning balansini, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini hamda mijozning moliyaviy – xo’jalik faoliyatini tavsiflovchi boshqa xujjatlarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Monitoringning yana bir muhim tomoni kreditni qoplashning ikkilamchi manbai uning qaytarilishining ta’minotini tekshirish hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda har yili yuzlab loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar davlat byudjeti mablag’lari, halqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablag’lari hisobiga, byudjetdan tashqari fondlar, banklar, chet ellik va xususiy investorlar tomonidan moliyalashtilar ekan, albatta, bu mablag’larining qaytarilishi va ma’lum miqdorda ularning foyda bilan ta’minlanishi talab etiladi. Ushbu mablag’larning muayyan foydasi bilan qaytishligini aniqlash, tekshirib borish va tahlil qilib turish uchun kreditorlar tomonidan, shuningdek mol etkazib beruvchilar, xususan, lizing, sug’urta kompaniyalari va kafillik beruvchi tashkilotlar tomonidan loiyhalarning monitoringi olib boriladi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida ham moliyalashtirilayotgan barcha loyihalar ustidan monitoring olib borishning umumiy tizimi joriy qilingan. Har bir moliyalashtiruvchi yoki kreditlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar o’zlarining faoliyat turi va xususiyatlaridan kelib chiqib, o’zlariga xos bo’lgan monitoring o’tkazish tartibini ishlab chiqadilar va shu asosida faoliyat yuritadilar. Monitoringning mazmuni “ko’zgu” degan ma’noni anglatadi. Monitoringni yuritishda quyidagilar ko’zda tutiladi: 1. Amalga oshirilmoqchi bo’lgan loyihada nima ishlab chiqarish ko’zda tutilganligi. 2. Ishlab chiqarish jarayonini bilishlik, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshidan oxirgacha kuzatib borish. 3. Ishlab chiqarish korxonasining tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ekologik jihatdan asoslanishi va tashkil etilishi. 4. Loyihani moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni moliyalashtirishni amalga oshirish. Monitoring olib borish bosqichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - korxonaning moliyaviy – xo’jalik faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash; - olingan ma’lumotlar asosida korxonalarning moliyaviy – xo’jalik holatini tahlil etish; - tahlil natijalari bo’yicha xulosalar qilish va takliflar berish. Dasturni amalga oshirilishi monitoringi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1 - sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to’g’risidagi Nizomga va Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi 251 – sonli “Investitsiya loyixalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordamida yuklarini va texnik ko’maklashish mablag’larini hisobga olish va nazorat qilish chora – tadbirlari to’g’risida” gi Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Dasturning davlat monitoringi: - investitsiya loyihalarni va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalardan foydalangan holda ro’yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini o’z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash; - loyihalarni belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlarga (texnik-iqtisodiy asoslar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya qilish; - amalga oshirilayotgan loyihalar bo’yicha axborot bazasini shakllantirish; - investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo’ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish; - investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi. Monitoring: vazirliklar, idoralar tomonidan tashabbus ko’rsatilgan investitsiya loyihalari va takliflari yuzasidan – Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot – tahlil departamentlari bilan birgalikda, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va toshkent shahar hokimimliklari hamda xorijiy investitsiyalar jalb etilgan korxonalar tomonidan tashabbus Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan. Xorijiy invenstitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan – xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan monitoring: investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladigan tasdiqlangan reja – jadvallarining bajarilishi to’g’risidagi vxboratlarni; O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika ko’mitasi tomonidan Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan O’zbekiston Respublikasi bo’yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to’g’risidagi yig’ma statistika axboratini; Mavjud va potentsial xorijiy investorlar faoliyatining normativ – huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha ularning takliflarini o’rganish asosida vaqti – vaqti bilan tayyorlanadigan investitsiya muhiti sharhini; Manfatdor vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etiladigan tezkor axborotlarni; Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlash masalalari bo’yicha axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan: Tasdiqlangan reja – jadvallar bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya etilishini nazorat qilish; Texnik – iqtisodiy asoslashlarining asosiy qoidalarini ko’rib chiqish, loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish; Alohida yirik loyihalar, shu jumladan texnik – iqtisodiy asoslashlar ko’rsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlanishishi mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash; Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablag’larning o’z vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash, Xukumat kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablag’larning o’z vaqtida qaytarilishi ta’minlanishini nazorat qilish; Manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab chiqilgan extiyot qismlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishi bo’yicha marketing dasturlarini ekspertizadan o’tkazish; Ayrim strategik muhim va yirik loyihalarni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash chora – tadbirlari, qurilishi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda amalga oshirilatgan loyihalarni mablag’ bilan ta’minlashni to’xtatib qo’yish, shuningdek investitsiya dasturi bajarilishi barbod bo’lishiga yo’l qo’yuvchi vazirlar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish; Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini o’z vaqtida ro’yobga chiqarishga ko’maklashuvi boshqa asosiy masalarni ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va vakolatli banklardan olingan ma’lumotlar asosida investitsiya dasturining amalga oshirilishi to’g’risida yig’ma axborot tayyorlaydi, xususan, investitsiyalashdan oldingi tadqiqotlarning o’z vaqtida o’tkazilishi, texnik – iqtisodiy asoslashlar va loyha – smeta xujjatlarining ishlab chiqilishi to’g’risidagida investitsiya loyiha – smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi to’g’risida investitsiya loyihalari tashabbuskorlarida olingan axborot; Texnik – iqtisodiy asoslashlar va loyiha – smeta xujjatlari vakolatli ekspertiza organlari tomonidan ekspertiza qilinganligi to’g’risidagi axborot tayyorlaydi. Dasturning monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi to’g’risidagi har choraklik axborotlarni tayyorlashda hamda navbatdagi uch yillik davrga dasturni shakllantirishda foydaniladi.
8.2. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning oddiy (an’anaviy) usullari. 8.3. Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning diskontlashga asoslangan usullari. 8.1.Investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini baholashning mazmuni va mohiyati. Har qanday investor yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun investitsion qarorlar qabul qilish juda qiyin vazifa hisoblanib, bunda asosiy mezon investorning boyligini ko’paytirish, korxonaning qiymatlarini oshirish mezonlariga qaratiladi. Uning omillari bo’lib korxona daromadlari o’sishi, moliyaviy risk yoki ishlab chiqarish harajatlarining kamayishi, korxona ishlari samaradorligi darajasini oshirish hisoblanadi. Chet el mamlakatlarining tajribasini, shu bilan birga YuNIDO (United Nations Industrial Development Organization) tavsiyalarini hisobga olgan holda investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash ikki mezon asosida, ya’ni moliyaviy va iqtisodiy baholash orqali amalga oshiriladi. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholashning bu ikkala mezoni ham bir-birini to’ldirib turadi. Moliyaviy baholash investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonidagi likvidligini tahlil qilishda ishlatiladi. Boshqacha aytganda, moliyaviy baholash vazifasi, loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun, uning jami moliyaviy majburiyatlarini bajarishga korxonaning etarli moliyaviy resurslari bo’lishini belgilashdir. Iqtisodiy baholash esa, investitsiya loyihasining potentsial qobiliyati, shu loyihaga qo’yilgan mablag’larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o’sishi sur’atini etarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi. Investitsiyalar rentabelligini aniqlash 8 Diskontlangan qoplanish muddatini aniqlash .1.-rasm. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash59. Taqdim etilayotgan ob’ektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma’lum bo’lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviy-axborot vositalari orqali yoki har xil to’plamlar holatida chop etilib, e’lon qilish normal holat hisoblanadi. Bu to’plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to’g’risida ma’lumotlar olish mumkin. Yuqoridagi 8.1.- rasmda har bir mezon bo’yicha asosiy aniqlash usullari keltirilgan. Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashning bir qancha usullari ishlab chiqilgan bo’lib, ularni shartli ravishda ikki katta guruhga bo’lish mumkin: Oddiy (yoki statistik) baholash usullari; diskontlashga asoslangan baholash usullari. Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: investitsiya qoplash muddati (Payback Period , PP); investitsiya samaradorligi koeffitsienti (Accounting Rate of Return, ARR). Ikkinchi guruhga quyidagilar kiradi: sof joriy qiymatni aniqlash usuli (Net Present Value, NPV); foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli (Internal Rate of Return, IRR); investitsiyalarning rentabelligini hisoblash usuli (Profitability Index, PI); diskontlashning qoplash muddatini hisoblash usuli (Discount Payback Period, DPP). Investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholashning oddiy (an’anaviy) usullari. Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo’llaniladigan qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari ham avvaldan ma’lum bo’lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng qo’llanilishiga qadar asosiy ko’rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, ko’nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bo’lmagan xodimlar o’rtasida ham qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, ya’ni qoplash muddati va rentabellik darajasi ko’rsatkichlaridan foydalanmoqdalar. Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo’lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko’ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo’lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo’lgandagi davrga tengdir. Uni hisoblash formulasi quyidagichadir: , bu yerda, I0 - boshlang’ich investitsiyalar; - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va harajat (X) o’rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi. Misol-1. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln.so’m miqdorida investitsiyalash ko’zda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul tushumlari miqdori yillar bo’yicha quyidagini: birinchi yilda – 37750 ming so’m, ikkinchi yilda – 42390 ming so’m, uchinchi yilda-47430 ming so’m, to’rtinchi yilda – 51140 ming so’m va beshinchi yilda 60030 ming so’mni tashkil etadi. Bunda qoplanish muddati (PP) necha yilga teng ekanligini aniqlang? Bunda uch yillik pul tushumlari yig’indisi boshlang’ich investitsiyalar miqdoridan kichik, ya’ni yil 127570 ming so’mni tashkil etadi. To’rt yil bo’yicha katta (178710 ming so’m) ekanligini hisobga olsak, investitsiyalarning aniq qoplanish muddati investitsiya loyihasining to’rtinchi yilgi faoliyatiga bog’liqligini ko’ramiz. Uch yillik olingan daromadlarning (127570 ming so’m) boshlang’ich investitsiyalardan (140 mln so’m) farqi 12430 ming so’mni tashkil etishini hisobga olsak (140000 - 127570), ushbu qoldiq summaning to’rtinchi yilda olingan daromadlarga nisabti uning qoplanish muddatini ko’rsatadi, ya’ni 12430/51140=0,24 koeffitsientni, yil hisobida esa 2 oy-u 28 kunni (3 yil+2 oy-u 28 kun) tashkil etishini hosil qilamiz. Shunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan harajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi. Qoplash muddatida ikkinchi yondashuv, bu investitsiyalarning boshlang’ich summasi yillik tushumlarning (o’rtacha yillik) miqdoriga bo’linadi. Bu ko’rsatkich pul tushumlari yillar bo’yicha teng bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Investitsiyalarning buxgalteriya rentabellik darajasi (ARR) yoki foydaning oddiy me’yori (ROI) buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o’rtacha daromadni investitsiyalarning o’rtacha yillik hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to’lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni to’lagandan keyingi, lekin foiz to’lovlarigacha bo’lgan daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi soliq to’langandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir. Chunki u korxona ta’sischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi: , bu yerda, D - foiz va soliq to’lovlarigacha yoki soliq to’lanib, foizlar to’langungacha bo’lgan daromad; Ss - soliq to’lash stavkasi; Sab, Sa0 -aktivlarning ko’rib chiqilayotgan davriga bo’lgan boshlang’ich va oxirgi summasi, qiymati. Misol-2. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln so’m harajat qilingan, loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar bo’yicha quyidagiga: birinchi yil – 3350 ming so’m, ikkinchi yil – 10990 ming so’m, uchinchi yil – 15480 ming so’ng, to’rtinchi yil – 21640 ming so’m va beshinchi yil – 22790 ming so’mni tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy me’yori (ROI) qanday hisoblanadi? Bu loyiha bo’yicha olinadigan sof foyda yillar bo’yicha o’zgaruvchan bo’lganligi sababli, avvalom bor o’rtacha yillik foydani hisoblab topamiz.
74250 ming so’m : 5=14850 ming so’m Shundan so’ng foydaning oddiy me’yorini (ROI) hisoblaymiz: ROI = 14850 ming so’m : 140.000 ming so’ng = 10,6 %. Bu foyda me’yori investor talab qilgan me’yorni beradi. Shuning uchun bu loyihaning jalb etuvchanligi to’g’risida, ya’ni uni ma’qullash mumkin. Bu usullar asosiy afzalliklari shuki, hisob-kitob ishlarining oddiyligi va qulayligidir. Kamchiliklari esa kelgusi pul tushumlarining qiymatini joriy vaqtga nisbatan hisobga olinmasligidadir. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling