Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 91–2 guruh talabasi abdug‘aniyev avazbek odiljon o‘G‘lining


O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashning huquqiy kafolati


Download 118.9 Kb.
bet7/9
Sana17.11.2023
Hajmi118.9 Kb.
#1782880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Молия фанидан мустақил иш

3. O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashning huquqiy kafolati.
Prezidentimizning joriy yil 25 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoni shu ma'noda tarixiy, strategik hujjat hisoblanadi.
Keyingi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish davlatimizning strategik vazifalaridan biriga aylandi. Ijtimoiy himoya masalasiga jamiyatda barqarorlik va adolatni ta'minlashning muhim asosi, deb qaralmoqda.
Ijtimoiy himoya - keng maʼnoda — mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini taʼminlaydigan va jamiyatda qaror topgan xuquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor maʼ-noda — davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga, koʻmakka muhtoj fuqarolar toʻgʻrisidagi gʻamxoʻrligi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining toʻxtovsiz yaxshilanishini taʼminlash, aholi qat-lamlarining taʼlim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini taʼminlashga yordam berishdan ibo-rat. I.h.ning asosiy yoʻnalishlari: erkin ijtimoiyiqtisodiy faoliyat koʻrsatishni taʼminlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, oʻqish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning oʻz iqtisodiy faoliyatida daromadga ega boʻlishi; is-teʼmolchilar himoyasi, isteʼmolchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, isteʼmol kafolatini taʼminlash; aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish; ijtimoiy taʼminot tizimi va aholining muhtoj, kam taʼminlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
Prezidentimiz barcha davlat idoralari faoliyatiga joriy etgan xalq bilan muloqot tizimi mamlakatimizda ijtimoiy himoya bilan bog'liq ko'plab masalalar yig'ilib qolganini ko'rsatgandi. Misol uchun, kam ta'minlangan oilalarga nafaqalarni belgilashda aniq mezonlar yo'qligi, ajratilgan mablag'larning real ehtiyojga nisbatan kamligi kabi muammolar ijtimoiy adolatga erishish imkonini bermay kelayotgandi.
Qaysi oila qanday asosga ko'ra nafaqa olishi kerak, degan dolzarb savolga qoniqarli javob topish mushkul bo'lib qolgandi. Shunday holatlar kuzatilganki, uyida televizori yoki muzlatkichi borligi uchun nafaqa ololmagan oilalar bo'lgan. Davlat byudjetidan ajratilgan mablag'larning aynan muhtoj fuqarolarga etib borishi, nafaqa miqdori eng zarur hayotiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga etarli bo'lishi juda muhim bo'lib, ochig'i, bu borada ham kamchiliklar oz emasdi.
Yaqin yillargacha jamiyatimizda imkoniyati cheklangan kishilarga davlat idoralari, davlat xizmatchilarining munosabati ayanchli holatda edi, desak adolatdan bo'ladi. Davlatimiz rahbarining g'amxo'rligi, ehtiyojmand oilalardagi muhitni, kayfiyatni yaxshi bilishi natijasida yuqorida keltirilgan ijtimoiy himoya bilan bog'liq masalalar bo'yicha ham butunlay yangi tizim yaratildi.
Xususan, kam ta'minlangan oilalarga nafaqa belgilash asoslari aniq qilib qo'yildi. “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi ishga tushirilib, kam ta'minlangan oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko'rsatish boshlandi. Ochiqlik, tenglik, adolat tamoyillariga qat'iy amal qilish vazifasi belgilandi.
Davlatimiz rahbari 2021 yil 17 fevralda “2021-2030 yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoyishni imzolab, strategiya kontseptsiyasi ishlab chiqish vazifalarini belgilab bergan edi. Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi bir kunda tayyorlangan hujjat emas. Bu hujjat ortida chuqur tahlil, ilg'or tajriba, xalqaro standartlar, respublikamizning barcha hududlarida olib borilgan o'rganishlar, odamlar bilan muloqotdan olingan xulosalar ham turibdi.
Strategiyani ishlab chiqishda vazirlik va idoralar, ilmiy muassasalar bilan birga, Xalqaro mehnat tashkiloti, YuNISEF, BMT Taraqqiyot dasturi va Jahon bankining etakchi mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhi ham faol ishtirok etdi. BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalasiga ustuvorlik berilgan.
Ijtimoiy himoya strategiyasi Xalqaro mehnat tashkilotining ijtimoiy himoya minimal darajalari bo'yicha tavsiyalariga muvofiq, barcha fuqarolar uchun minimal ijtimoiy himoya darajasini kafolatlaydigan tizimni yaratishni nazarda tutadi.
O'zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasida 17 ta maqsadga erishish reja qilingan. Aytish kerakki, ularning har biri katta maqsadlar, ehtiyojmand qatlamning turmushini, hayotiy kayfiyatini ko'taradigan, faollikka undaydigan, inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladigan maqsadlardir.
2023 yil 1 martga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar ro'yxati shakllantiriladi va tasdiqlanadi. 2023 yil 1 iyulga qadar esa davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish standartlari ham tasdiqlanadi.
Umuman olganda, mazkur strategik hujjat Yangi O'zbekistonni inson qadri ustuvor bo'lgan, xalq farovonligi va roziligi uchun xizmat qiladigan ijtimoiy davlat sifatida rivojlantirishning muhim asoslaridan biriga, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni yanada mustahkamlashning kafolatiga aylanadi.


Download 118.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling