Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 91–2 guruh talabasi abdug‘aniyev avazbek odiljon o‘G‘lining


O’zbekiston davlat byudjeti xarajatlari hisobidan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishni takomillashtirish yo’llari


Download 118.9 Kb.
bet8/9
Sana17.11.2023
Hajmi118.9 Kb.
#1782880
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Молия фанидан мустақил иш

4.O’zbekiston davlat byudjeti xarajatlari hisobidan ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishni takomillashtirish yo’llari
Bugungi kun talablari O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakillanishi,iqtisodiyotning erkinlashuvi va ijtimoiy sohalar taraqqiyotida rivojlangan davlatlar ijobiy tajribalari qo’llanilishi hamda milliy qadryatlarimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda, ijtimoiy sohalar xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish talab etilmoqda.
Darhaqiqat, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ijtimoiy sohalar taraqqiyotining moliyalashtirish tizimi va bugungi zamon talablari ushbu sohaning ahamiyati nuqtai nazaridan takomillashtirilishi kerak. Bizning respublikamizda ijtimoiy himoyalash muommolarini hal etishda Sharqda ming yillar davomida qaror topgan manaviy-ahloqiy qadryatlarga, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq yo’l tutiladi.
Respublikamiz byudjetidan va mahalliy byudjetdan moliyalashtirilayotgan ijtimoiy soha xarajatlarini takomillashtirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bugungi kunning eng muhum vazifasidir. Turli fondlardan ajratilayotgan beg’araz yordamlar, ijtimoiy ahamiyatga molik loyhalarning o’tkazilayotgani sohaning rivojlanishiga xissa qo’shmoqda. Bunga misol tariqasida poytaxtimizda ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan ta’sis etilgan “Hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy ahamiyatli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” grant dasturi, “Fermer ayollarni qo‘llab-quvvatlash” dasturi hamda “Ijtimoiy soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash uchun muqobil energiya manbalari” xayriya aksiyalarni aytib o’tishimiz mumkin. “Fermer ayollarni qo‘llab-quvvatlash” dasturi fermerlik harakatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shish, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, hunarmandlik ustaxonalari va kichik sexlar tashkil etish, ayollarni ish bilan ta’minlash, kasanachilikni rivojlantirish imkonini beradi. Shu kabi loyhalarning ortib borishi quvonarli hol albatta.
Davlat byudjeti mablag’larining maqsadli yo’naltirish, aholining kam taminlangan qatlamlari uchun bo’sh ish o’rinlarini tashkil etish va kasanachilikni rivojlantirish,mahalliy o’z-o’zini boshqarish idoralari faoliyatini oshirish,har bir xonadon haqida yetarli malumotga ega bo’lish maqsadga muvofiqdir.
Byudjetdan tashqari fond mablag’laridan samarali foydalanish, davlat byudjet taqchilligiga yo’l quymaslik, Respublikamizda turli jamg’armalar tashkil etilishini taminlash va ular faoliyatini rivojlantirish zarur. Chekka hududlarda yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida o’sh hududlarda qishloq vrachlik punktlarini tashkil qilish ular salomatligini o’rganish,muqobil energiya manbaini tashkil qilish ya’ni quyosh batariyalarini ichlab chiqarishni takomillashtirish zarur. Kichik biznes va xususiy tadbirlorlikni rivojlantirish, aholiga foiz miqdorini kamaytirgan holda istemol kreditlarini berishni yo’lga qo’yish.
Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi va “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamkorligida qator loyihalar amalga oshirish, Nodavlat notijorat tashkilotlar aholining turli qatlamlari, ayniqsa, bolalar, yoshlar va xotin-qizlar manfaatlarini himoyalash, salomatligini mustahkamlash va bilimini boytishda, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim bo‘g‘inga aylanishini taminlash. Fondning “Hududiy nodavlat notijorat tashkilotlarning ijtimoiy ahamiyatli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” grant dasturi ijtimoiy ahamiyatga ega dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan. Quyosh va shamol energiyasi asosida ishlovchi fermer xo‘jaliklari hamda boshqa kichik ijtimoiy obyektlarda modul tizimlarni o‘rnatish orqali qayta ishlangan energiya manbalaridan foydalanishni keng joriy etish maqsadida o‘tkazilgan “Ijtimoiy soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash uchun muqobil energiya manbalari” xayriya aksiyasi o’tkazilib mazkur loyiha yurtimizning chekka hududlardagi ijtimoiy ahamiyatga molik muassalarni muqobil energiya bilan ta’minlashda katta ahamiyat kasb yetadi.

Xulosa:

O‘zbekistonda inson qadri davlat siyosatining poydevoridir. Xususan, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi alohida ahamiyatga ega.


Davlatimiz tomonidan kam ta’minlangan oilalar, ayollar, yoshlar, keksalar, shuningdek, nogironlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda. Ko‘rsatilayotgan yordam manzillidir, ya’ni faqat ehtiyojmand odamlarga beriladi.
Uning maqsadi odamlarga hayotdagi qiyin damlarni yengib o‘tishga yordam berish, ularda kelajakka ishonch uyg‘otishdir. Chunki Yangi O‘zbekistonni biz faqat birgalikda kurishimiz mumkin!
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlanishi nafaqa olishga talabgor fuqaroning (yoki uni oila a’zosini) mehnat faoliyati bilan, unig uchun ish beruvchilar tomonidan yoki bevosita o‘zi tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urtasi o‘z vaqtida, to‘liq va muntazam ravishda to‘lab berilganligi bilan bog‘liq qilib qo‘yilgan. Ya’ni, ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lanmaydigan ish faoliyati bilan shug‘ullanish yoki sug‘urta badallarini muntazam to‘lanmaganligi odatda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar olish huquqi paydo bo‘lmasligiga sabab bo‘ladi. «Sug‘urta badallari to‘lanmagan bo‘lsa nafaqa ham tayinlanmaydi» degan tamoyil amal qiladi.



Download 118.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling