3. Qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishning jahon andozalaridan foydalanish masalalari
Mamlakatimizda ipoteka kreditlash amaliyoti toʻgʻridan-toʻgʻri kreditlash amaliyotiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 4 oktyabrdagi “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar mahkamasi-ning 2007 yil 3 yanvardagi “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar taqdim etish ishlarini davom ettirish, xususiy pudrat tashkilotlarini zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishiga keng jalb etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
2021-yil 10-dekabrdan boshlab bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash tartibi doirasida daromadi yuqori bo’lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga Davlat budjetidan subsidiyalar to’lashda kvartira maydonining eng ko’p me’yorini belgilash amaliyoti bekor qilindi.2021-yilda qishloq joylarida yangi tartibga muvofiq ko’p kvartirali uylarni qurish va subsidiyalar to’lashning maqsadli mo’ljallariga zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bozor tamoyillari asosida uy-joy qurilishi va sotilishining yangi tartibini joriy etish bo‘yicha respublika komissiyasi taklifiga ko‘ra tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin (2-jadval).
2021-yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli parametrlari2
Do'stlaringiz bilan baham: |