Moliyaning mazmuni va ahamiyati. Moliya tizimi Reja Moliyaning mohiyati va vazifalari


Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi


Download 115 Kb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi115 Kb.
#1438612
1   2   3
Bog'liq
33 - Ma`ruza. Moliyaning mazmuni va ahamiyati. Moliya tizimi

Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Bu tizim davlat va boshqa turli darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zaxiralarini, banklar, pul muomalasi, kredit va soliq tizimi, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarining harakatini o‘z ichiga oladi.
Eng avvalo, korxona (tarmoq)lar va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan ularning moliyaviy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi fondini, soliq tizimini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat budjeti moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat budjeti bu davlat daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.
Davlat budjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida budjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF- 4947-sonli Farmonining 3-yo‘nalishining 3.1-bandida “harajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo‘naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish” masalasi qo‘yilgan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling