Moliyaning mazmuni va ahamiyati. Moliya tizimi Reja Moliyaning mohiyati va vazifalari
Download 115 Kb.
|
33 - Ma`ruza. Moliyaning mazmuni va ahamiyati. Moliya tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi.
- Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
3. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Budjet taqchilligining o‘sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo‘ladi. Budjet taqchilligining o‘zgarishi xo‘jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat budjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. O‘rnatilgan xalqaro standartlarga ko‘ra budjet taqchilligi YaIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi. Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi. Davlat ichki qarzi – bu davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, turli nobudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko‘rinishidagi qarzlari. Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – budavlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi. Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko`rayishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjetini mo- liyalashtirish pul muomalasiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri inflyatsion ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko`rayishi bilan birga bormaydi. Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz. Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlar mamlakat tovar va xizmatlari eksportidan tushumning ahamiyatli qismi, masalan, 20-25% dan oshib ketsa, bu holat mamlakatning kredit bo‘yicha reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada, chetdan yangi qarz mablag‘larini jalb etish mushkullashadi. Shunga ko‘ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni to‘lab borish; kreditorlarning qarz to‘lov muddatlarini o‘zgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko‘chmas mulklar, qimmatli qog‘ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni sotish hisobiga to‘lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlardan yordam olish va h.k. Demak, davlat o‘z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin. Xalqaro kreditning tez o‘sishi, kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o‘sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o‘rinda eng asosiy muammo milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog‘liqligining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo‘lmay qoladi. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy vazifalarini bayon qiling. Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo‘g‘inlarining tavsifini bering. Moliya tizimida davlat budjetining o‘rni qanday? Davlat budjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday rol o‘ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi? Budjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy budjet taqchilligini tushuntiring. Download 115 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling