Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Moliyaning funksiyalari
Download 104.24 Kb.
|
Berdinov Nurislom
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Takror ishlab chiqarish va Moliya
2. Moliyaning funksiyalari
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bо‘ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: Taqsimlash; Nazorat. Bu funksiyalar Moliya tomonidan bir vaqtning о‘zida amalga oshiriladi. Har qanday (bir) Moliyaviy opyerasiya YAIM va MDni taqsimlash va Shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega ekanligi uchun, Shunga muvofiq ravishda Moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bо‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va kо‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Moliyaviy myetod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli kо‘rinishlarini (xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug’diruvchi kо‘pbosqichlilik xosdir. Eng avvalo, Moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” dyeb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir bо‘lganda namoyon bо‘ladi. Ularning yig’indisi MDga tyengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari о‘rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bо‘linadi: moddiy ishlab chiqarish sohasida band bо‘lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fyermyer va h.k.larning daromadlari; moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xо‘jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog’langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar daromadlari va jamg’armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag’larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan; ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan; aholining turli ijtimoiy qatlamlari о‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan. YUqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni (proporsiyalarni) shakllantirish uchun xizmat qiladi. MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, Moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kyelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transformasiya qilinishiga (aylanishiga, о‘zgarishiga) ta’sir kо‘rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va Moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining о‘lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va istye’mol pryedmyetlarining hajmi va tuzilmasi о‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak. Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy о‘zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xо‘jaligi, transport, enyergyetika va h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (pyensionyerlar, talabalar, yolg’iz va kо‘p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi. Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xо‘jalikning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining sosial guruhlari о‘rtasida sodir bо‘ladi. Moliya yordamida amalga oshiriladigan YAIM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotining Yuqari sifatli bо‘lishini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda Moliyaning roli kam xarajat qilib eng Yuqori natijalarga erishish, Moliya-xо‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar har bir xodimi va jamoasining moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga bо‘ysundirilgan. Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg’arilishiga, istye’mol sohasiga ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Shu ma’noda, Moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy syektorlarini, ishlab chiqarish va sosial infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni о‘ynaydi. Umuman, Moliyaning taqsimlash funksiyasi: xо‘jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga; xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, Shuningdyek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga; xо‘jalik sub’yekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumyenti sifatida Moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’yektiv ravishda о‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tyegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bо‘ladi. Shu ma’noda, Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. Moliya nazorat funksiyasining asosini Moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana Shu harakatning xarktyeridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag’larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kyelayotganligi, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar ixtiyoriga Moliyaviy resurslarning о‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bо‘lishi kerak. Agar Moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, Moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yо‘qki, bu narsa Yuqoridagi har ikki funksiya koordinasiya qilinishining (muvofiqlashtirilishining) zarurligi tо‘g’risida darak berayotir. Bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida Moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xо‘jalikning barcha bug’inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yо‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini tо‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, Moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tyejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yо‘qotmalarni qisqartirish, xо‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish Moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri Moliyaviy masalalar bо‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi Moliyaviy majburiyatlar, Shuningdyek hisob-kitoblar va tо‘lovlar bо‘yicha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning о‘zaro majburiyatlari bajarilishining о‘z vaqtidaligi va tо‘liqligini tekshirish hisoblanadi. Moliya organlarining kо‘p qirrali faoliyatlari orqali Moliyaning nazorat funksiyasi namoyon bо‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari Moliyaviy Rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida Moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yо‘nalishi, Moliyaviy nazoratning shakl va myetodlari keskin о‘zgaradi. Moliyaning funksiyalari Moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xо‘jalikdagi Moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, Moliyaviy Rejalashtirish myetodlarini, Moliya va Moliya tizimini boshqarish shakllarini, Moliyaviy qonunchilikni о‘z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bо‘lgan Moliya mexanizmi qо‘laniladi. Bu, eng avvalo, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari va boshqalar bilan bо‘lgan о‘zaro munosabatlarga tyegishlidir. 3. Takror ishlab chiqarish va Moliya Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kyechak, uy-joy va sosial sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarmasdan hayot kyechirishi (amal qilishi) mumkin emas. Planyetamiz aholisining о‘sishi va uning urbanizasiyalaShuv darajasining ortishi, mamlakatlar ichidagi va ular о‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlani va boshqa bir qancha omillar bilan “hayot kyechirish”ni yoki “yashash”ni takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti bо‘lib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat sanalgan mamlakatlarda Moliyaviy kapitalning konsyentra-siyalaShuviga (tо‘planishiga) olib kyelmoqda. Eng kambag’al mamlakatlar esa xom-ashyoni qazib chiqarish va qishloq xо‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan Shug’ullanmoqda. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni о‘zgarmasdan qolayotir. Faqat qо‘shimcha mahsulotning konsyentrasiyalaShuv (tо‘planish) joyi о‘zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bank va baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan mamlakatlarda “chо‘kmoqda” va ularga kyelgusida ham taqsimlashni о‘zlari foydalariga hal qilishga imkon berayapti. Takror ishlab chiqarish jarayoni о‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: ishlab chiqarish; almaShuv; taqsimlash; istye’mol. Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shart bо‘lib, hatto ularning birisiz takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir nyecha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiladi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bо‘lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almaShuv bosqichida markaziy о‘rinni egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta’siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, istye’mol bosqichida bevosita namoyon bо‘ladi. Davlat Moliyasining ijtimoiy mо‘ljallanganligidan (davlatning о‘z funksiyalarini bajarishini ta’minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish) kelib chiqiladigan bо‘lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol kо‘rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida (taqsimlashda) barcha ijtimoiy manfaatlar va Shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bо‘ladi. Istye’molga kyetadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (о‘tgan) siklida foydalanilgan mehnat qurollari va pryedmyetlarini tiklash uchun mо‘ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi siklida ham uning Shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism vositalar (mablag’lar)ning egasi va ishchilar о‘rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash proporsiyalari (nisbatlari) asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri о‘ziga tyegishli bо‘lgan qismni ortirish (kо‘paytirish) maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bо‘ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan sо‘ng esa almaShuv va istye’mol bosqichlarini bosib о‘tadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi о‘ziga tyegishli bо‘lgan daromadni quyidagi ikki qismga bо‘ladi: istye’mol fondi; jamg’arish fondi. Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug’urta tо‘lovlari (badallari) kabi iqtisodiy instrumyentlardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan о‘zining hissasini (о‘ziga tyegishli bо‘lgan qismni) ajratib oladi. Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning “ostonasi”ni aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamoatchilik tashkilotlari, partiyalar va Shunga о‘xshashlar orqali, qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yо‘li bilan davlat faoliyatining chyegarasini aniqlashga harakat qiladi. О‘z navbatida, davlat ham о‘zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga harakat qiladi. Uning funksiyalari qancha keng bо‘lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining Shuncha katta summalariga davlat da’vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan istye’mol proporsiyalari (nisbatlari) ham о‘zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog’liqni saqlash, sosial ta’minot xarajatlarining bir qismini о‘z zimmasiga olsa, bu narsa ishchi kuchining bahosida va dyemak, mehnat haqining darajasida о‘z aksini topadi. Bu yerda ijtimoiy istye’mol fondlarining hissasi qancha Yuqori bо‘lsa, shaxsiy istye’mol fondlarining hissasi Shuncha past bо‘lishi bilan xarakterlanadigan tyendyensiyani tuShunish juda muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida davlat ishtirokining qiyosiy samaradorligi xususidagi bahslar hali-hamon tо‘xtaganicha yо‘q. Har bir davlat uchun ma’lum bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng qatlami) qancha boy bо‘lsa, davlatning о‘zi ham Shuncha boy bо‘ladi, degan tuShunchadan kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. CHunki daromadning Yuqori darajasi Yuqori istye’mol talabini, sog’lomlashib borayotgan iqtisodiyotni vujudga kyeltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan baza (asos) о‘sadi va jamg’armalar hissasi oshadi. Jamg’armalar ssuda kapitalining asosini tashkil etib, о‘z navbatida, ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va ilmiy-texnika taraqqiyotiga о‘z ijobiy ta’sirini kо‘rsatadi. Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlarni chyegaralab (cheklab) qо‘ygan mamlakatlarda iqtisodiyot о‘sish bazasiga (asosiga) ega emasdir. Bunday mamlakatlar ma’lum bir vaqt о‘tganidan sо‘ng nisbatan boyroq bо‘lgan mamlakatlarning ta’siri ostida bо‘lib qoladi. CHunki mamlakat ichki manbalarining qisqarishi tashqi qarzga olishlar evaziga qoplanadi. О‘z navbatida, tashqi qarzlarni qaytarishning manbai bо‘lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat aralaShuvining balanslashtirilgan chyegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi (izdan chiqadi). Bularning barchasini iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish dyeb atash mumkin. Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag’al qatlamlarini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qо‘shimcha ravishda majburiyatlarni о‘z zimmasiga olsa, bu ham sog’lom takror ishlab chiqarish jarayonlarining buzilganligidan darak beradi. Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab, kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chyegaralanish kerak emas. Bundan tashqari, kapitalning milliy chyegaralarni tan olmasligini ham e’tirof etmoq lozim. CHunki bunga faqat birja va bank sohalarining о‘ziga xos xususiyatlari emas, balki transmilliy kompaniyalarning keng rivojlanishi ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Taqsimlash jarayonida Moliyaning roli va о‘rnini kо‘rsatish uchun JIMning о‘rniga YAIMdan foydalanish mumkin. CHunki har ikki kо‘rsatkichlar о‘zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Masalan, YAIM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning о‘zida esa, JIMning tarkibi noishlab chiqarish xizmatlarisiz bо‘lib, ularning salmog’i Yuqori darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat jarajatlarining1/3 qismini tashkil etadi. Biroq taqsimlashning kо‘pqadamli ekanligi inobatga olinadigan bо‘lsa, JIM kо‘rsatkichi Yuqoridagi maqsadlar uchun ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum bо‘ladi. CHunki u takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bо‘lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini о‘zida tо‘liqroq aks ettiradi. JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat: mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat pryedmyetlari); milliy daromad (ishchi kuchi va qо‘shimcha mahsulotning qiymati). Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chyetda shakllanadi. JIMning qiymatidan sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizasiya ajratmalari, matyeriallar, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg’i elyektroenyergiyani xarib qilish kо‘rinishlarida va h.k.) taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi. CHunki usiz jamiyatning bо‘lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan bu JIMni taqsimlash jarayonidir. Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona (alohidalashgan) tizim sifatida qabul qilinsa, u holda kyeyingi qayta taqsimlash MDdan faqat soliqlarni tо‘lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan, balki xizmat kо‘rsatish sfyerasi, maorif, sohliqni saqlash, bank tizimi va h.k.lar ham qatnashadi. Davlat о‘z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjet sohasining xodimlariga ish haqi tо‘laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, о‘z navbatida, Davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan soliqlarni tо‘laydilar. Fuqarolar о‘zlarining shaxsiy daromadlari hisobidan turli xizmatlarning haqini tо‘laydilar, sug’urta fondlariga ajratmalar (badallar) qiladilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qaytaradilar. Korxonalar xizmat kо‘rsatib olgan daromadlari hisobidan ham soliqlar tо‘laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga yо‘naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar ham Moliya bо‘lavyermaydi. Lekin taqsimlashning chyegarasidan chyetda Moliya mavjud emas. JIMning ikkiga bо‘linishi bilan xarakterlanadigan taqsimlashning birinchi bosqichidan sо‘ng ikkinchi bosqich boshlanadiki, unga muvofiq MD jamg’arish fondi va istye’mol fondiga bо‘linadi. Jamg’arish fondi ikki qismdan iborat bо‘lib, uning bir qismi takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa ryezyerv fondlarini shakllantirishga mо‘ljallangandir. Taqsimlashning bu bosqichida Moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat quyilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat ryezyervlarini shakllantirish va sug’urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bо‘ladi. Bunda tyegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tyegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin. CHunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet doirasida (chyegarasida) amalga oshiriladi. Barcha rivojlangan (sivilizasiyali)mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga ega bо‘lib, bu narsa taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini о‘rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning kyetma-kyetligiga e’tibor bermaslikka imkon beradi. Kо‘pchilik hollarda amaliyotda daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga oshirilishi sodir bо‘ladi (daromadlar shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash zaruriyati vujudga kyeladi). Daromad va xarajatlarning muddatlari bо‘yicha nomuvofiqlikni oldini olish uchun (yoki Shu muammoni hal etish uchun) davlat krediti mexanizmidan foydalaniladi. Jamg’arish fondi va istye’mol fondi о‘rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan sub’yektlari (davlat bilan ham birgalikda) о‘rtasida ham juda alohidadir. Istye’molning darajasiga texnologiya darajasi, kommunikasiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning obо‘si va boshqa Shu kabi kо‘plab omillar о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Xuddi Shunga о‘xshash ravishda jamg’arish fondi va istye’mol fondi о‘rtasidagi nisbatlarning tyendyensiyasini aniqlashning ham iloji yо‘q. Istye’mol fondining yetarli Yuqori darajadasida noishlab chiqarish syektorida jamg’arishning hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg’armalar о‘sadi). Agar MDda istye’molning nisbiy hissasi kamroq bо‘lsa, korporativ jamg’armalar о‘sadi. CHunki yaratilgan MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish jarayonining nyegizida о‘ziga xos tovar bо‘lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi о‘zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bо‘lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlariga – mehnat qurollari va mehnat pryedmyetlari – xos emas. О‘z navbatida, istyemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat: ijtimoiy istye’mol fondlari; shaxsiy istye’mol fondlari. Alohida olingan mamlakatlar bо‘yicha ular о‘rtasidagi nisbat davlat tuzilmasiga, an’analarga va h.k.larga bog’liq. Hokimiyat tyepasida kommunistik yoki sosialistik partiyalar turgan mamlakatlarda ijtimoiy istye’mol fondlari istye’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy о‘rinni egallaydi. CHunki ijtimoiy istye’mol fondlari orqali davlat maorif, sog’liqni saqlash va ijtimoiy yordam kо‘rsatish jarayonlarini Moliyalashtirishni tashkil etadi. Ijtimoiy istye’mol fondlarining salmog’i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan Yuqori bо‘lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq xо‘jaligi va h.k.larni Moliyalashtirish qо‘llab-quvvatlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy istye’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni Moliyasiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Boshqa hyech qanday iqtisodiy kategoriyalarning hyech biri bu jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu narsani sо‘zma-sо‘z tuShunish kerak emas. CHunki, masalan, buxgaltyeriya hisobi tizimi soliqlar va ajratmalarning о‘lchamini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amortizasiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Biroq ijtimoiy istye’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga faqat Moliya xizmat qiladi. Ijtimoiy istye’mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi sosial sug’urta va sosial ta’minot fondlarini shakllantirishga sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bо‘lgan dunyoning kо‘pchilik mamlakatlarida sosial sug’urta va sosial ta’minot fondlarini shakllantirishda о‘zining tо‘lovlari bilan ham ish beruvchilar va yollanma mehnat xodimlari ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy istye’mol fondini shakllantirishga shaxsiy istye’mol fondining bir qismi yо‘naltiriladi. SHaxsiy istye’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bо‘linadi: shaxsiy jamg’arma fondlari; istye’mol fondlari. Aynan shaxsiy istye’mol fondining ana Shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat kо‘rsatishi uchun tyegishli sharoitni yaratadi. Istye’mol fondi va jamg’arish fondi о‘rtasidagi nisbat hamda ularning fizik hajmi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish sur’atini belgilab beradi. Agar davlat soliqlar kо‘rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini olib qо‘ysa, u Shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi – uning xarajatlari yo ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini Moliyalashtirish tо‘g’risida gap kyetayapti), yo nosamarali (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yo nooqilona (sosial soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bо‘lib, ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini rag’batlantirmaydi) bо‘lishi mumkin. Agar davlat soliqlar kо‘rinishida MDning 30% dan ortiqrog’ini oladigan bо‘lsa, u holda iqtisodiyotni о‘stirish va modernizasiya qilish uchun ichki ryezyervlar yetarli darajada bо‘lmay qolishi mumkin. Albatta, soliqli olib qо‘yish darajasi 30%dan ham ortiq bо‘lishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini davlat о‘z zimmasiga olishi kerak. Soliq ostonasi Yuqori bо‘lgan sharoitda soliqni tо‘lashdan bosh tortish tyendyensiyasi kuchayishi tufayli soliqlarni undirish xarajatlari ham ortadi. Download 104.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling