Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Download 31.38 Kb.
|
moliya test 52 ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Toshkent Moliya instituti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar “ 92-2-guruh talabasi Saydig’aniyeva Surayyo Daston qizining “Moliya” fanidan joriy nazorati uchun tuzgan test topshiriqlari Moliyaning mohiyati va funksiyalari 1. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar nima deyiladi? A. moliya B. moliyalashtirish C. byudjet tizimi D. yalpi milliy daromad 2. Baho deb nimaga aytiladi? A. Bozor iqtisodiyoti sharoitida minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkich B. Pul mablag’larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning yig’indisi hisoblaanadi C. Tovar qiymatining pulda ifodalanishi D. moliya tushunchasi bilan bir ma’noda ifodalanadi 3. Moliyaning taqsimlash funksiyasi qanday vazifalarni bajaradi? A. Xo’jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantiradi B. Xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga yordam beradi C. Xo’jalik sub’yekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshi-rishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi D. barcha javoblar to’g’ri 4. Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalari nima? A. moliyaviy masalalar bo’yicha qonunchilikning belgi-langan muddatlarda, aniq va to’la hajmda ijro etilishini, byudjet tizimi tekshirish B. soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek, hisob-kitoblar va to’lovlar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning o’zaro majburiyat-lari bajarilishining ham o’z vaqtida va to’la amalga oshirilishini tekshirish C. Xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga yordam beradi D. A va B javoblar to’g’ri 5. Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida muhim ro’j o’ynovchi organlarni belgilang? A.moliya va bank B.sug’urta, bojxona va soliq C.moliya, soliq va bank D.barcha javoblar to’g’ri 6. Takror ishlab chiqarish jarayoni o’z ichiga qanday bosqichlarni oladi? A. ishlab chiqarish,almashuv, taqsimlash, iste’mol. B. ishlab chiqarish, almashuv, nazorat, qayta iste’mol C. ishlab chiqarish, taqsimlash, tarqatish, iste’mol, qayta iste’mol D. ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash 7. Moliya bo’yicha ilk ilmiy ishning birinchi muallifi kim? A. Eramizning 948 yilida Dj.Lokk B. Yevropalik muallifi Ksenofont (eramizdan avvalgi 430-355 yillar) C. F.Petrarka, D.Karaf, Bernardo D. I.Yusti 1746 yilda Download 31.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling