Moliyasi Reja Uy xo‘jaliklari moliyasining mohiyati va funksiyalari
Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari va daromadlari
Download 23.72 Kb.
|
Husan 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi
2. Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari va daromadlari
Uy xo‘jaliklarining moliyaviy qarorlari, avvalo, pul jamg‘armalarini ishlatilishiga nisbatan qabul qilinadi. Moddiy tarkibi nuqtai nazaridan uy xo‘jaliklari moliyasi – bu ular tomonidan yaratilgan maqsadli pul jamg‘armalari yig‘indisi, boshqacha so‘z bilan – bu uy xo‘jaligi tasarruf etayotgan moliyaviy resurslarining umumiy hajmi. Uy xo‘jaliklarining moliyaviy resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi: – joriy xarajatlarga, ya’ni oziq-ovqat mahsulotlarini, nisbatan qisqa vaqt davri davomida ishlatilinadigan nooziq-ovqat tovarlarini (oyoq kiyimi, kiyim-kechak va sh.k.) sotib olish, davriy iste’mol qilinadigan xizmatlar uchun to‘lovlar va b.; – kapital xarajatlarga mo‘ljallangan pul mablag‘lari; – etarlicha uzoq muddat davri davomida ishlatilinadigan nooziq-ovqat tovarlarini olish (mebel, uy-joy, transport vositalari va sh.k.), uy xo‘jaligi qatnashchilari tomonidan yetarlicha kam iste’mol qilinadigan xizmatlar uchun to‘lovlar (ta’lim, tibbiy operatsiyalar, sayyohlik yo‘llanmalari); – pul jamg‘armalari (omonatlari); – ko‘char va ko‘chmas mulkka qo‘yilgan pul mablag‘lari. Odatda, uy xo‘jaligi o‘zining xo‘jalik faoliyatini bo‘sh joydan boshlamaydi, ya’ni birlamchi asosan me’ros bo‘yicha, ba’zida hadya natijasida o‘tuvchi avvalgi boylikka ega bo‘ladi. Bu boylik turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Eng avvalo, ko‘chmas mulk, naqd pullar ko‘rinishidi, ayrim hollarda esa – qimmatli qog‘ozlar. Birlamchi resurslardan tashqari uy xo‘jaliklari moliyaviy resurslarining manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin: a) uy xo‘jaligining tasarruf etadigan daromadi; b) iste’mol krediti; v) ijtimoiy transfertlar; g) boshqa resurslar (misol uchun, bu lotereyalardan yutuqlar, shaxsiy zayomlarni boshqa jismoniy shaxslarga sotishdan daromadlar bo‘lishi mumkin). Daromadlar uy xo‘jaliklarining iste’mol tovarlari va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, to‘plash va jamg‘arishga hamda majburiy to‘lovlarga, ya’ni xarajatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Uy xo‘jaliklarining daromadlarini turli mezonlar bo‘yicha ajratish mumkin. Eng avvalo, daromadlarni pul ko‘rinishidagi va natural ko‘rinishdagilarga bo‘lish mumkin. Natural ko‘rinishdagi daromadlarga shaxsiy tomorqalardan va xo‘jaliklardan olingan mahsulotlar, shuningdek qishloq xo‘jalik korxonalaridan natural haq ko‘rinida olinadigan mahsulotlar kiradi. Agar, uy xo‘jaligi mahsulotlarning bir qismini bozorda sotish maqsadida ishlab chiqaradigan yoki yetishtiradigan bo‘lsa, u holda sotishdan olingan tushumni pul daromadlari, deb hisoblash lozim. Download 23.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling