Молиявий бозор


Institusional investorlar faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat


Download 331.5 Kb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi331.5 Kb.
#1479163
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-МАВЗУ МОЛИЯ БОЗОРИНИНГ ИНСТИТУЦИОНАЛ ИНВЕСТОРЛАРИ ВА ҚАТНАШЧИЛАРИ

Institusional investorlar faoliyatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat.

  • Institusional investorlar moliyaviy barqarorlikni ta'minlash maqsadida o'z aktivlarini ishonchlilik, diversifikasiyalash, qaytarishlilik, foydalilik va likvidlilik tamoyillari asosida qimmatli qog'ozlarga investisiya qiladilar.
  • Institusional investorlar qimmatli qog'ozlar bozorida investisiyalarni amalga oshirishda quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilishlari lozim:
  • • investisiyalarni professional boshqarish;
  • • manfaatlardagi ziddiyatlar to'g'risida ogohlantirish;
  • • axborotlarning shaffofligini ta'minlash.

2. Tijorat banklarini qimmatli qog'ozlar bilan operasiyalar

  • O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonuniga binoan, bank — bu tijorat tashkiloti bo'lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
  • Mamlakatimizda tijorat banklariga qimmatli qog'ozlar bozorida quyidagi operasiyalarni amalga oshirishiga ruxsat etilgan:
  • -qimmatli qog'ozlar (veksel, aksiya, obligasiyalar, depozit sertifikatlari va boshqalar) chiqarish;
  • -qimmatli qog'ozlarni sotib olish, saqlash, ular bilan boshqa operasiyalarni amalga oshirish;
  • -tovar yetkazib berish va xizmat ko'rsatishdan kelib chiqadigan talab huquqini olish, bunday talablarni inkassasiya qilish;
  • -mijozlar ishonib topshirgan operasiyalarni: mablag'larni jalb etish va joylashtirish, qimmatli qog'ozlarni boshqarish va hokazo ishlarni bajarish;
  • -fond bozori ishtirokchilariga bu boradagi bank faoliyati yuzasidan maslahatlar berish.

Banklarning qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyatidan asosiy maqsadlari quyidagilardir:

  • - qimmatli qog'ozlarni chiqarish asosida an'anaviy kredit va hisob-kitob faoliyati yuritish uchun qo'shimcha pul resurslarini jalb etish;
  • - qimmatli qog'ozlarga sarflangan o'z investisiyalaridan bankka to'lanadigan foiz, dvidendlar evaziga va qimmatli qog'ozlarning kurs qiymati oshishi tufayli foyda olish;
  • - mijozlarga qimmatli qog'ozlar operasiyalariga doir xizmatlar ko'rsatishdan foyda olish;
  • - erkin raqobat asosida bankning ta'sir sohasini kengaytirish hamda korxona va tashkilotlarning kapitallarida qatnashish evaziga mijozlarni jalb etish;
  • - tanqis resurslardan bahramand bo'lish huquqini beradigan va bankniki bo'ladigan qimmatli qog'ozlar orqali shunday resurslardan foydalanish;
  • - bankning likvidli mablag'lariga qo'yilmalarning daromadliligini ta'minlagan holda likvidlikni zaruriy zaxirasini saqlab borish;
  • - mijozlarning qimmatli qog'ozlarni me'yorida olib – sotishdan hamda moliyaviy tavakkalchiliklarini qimmatli qog'ozlar hosilalari bilan amalga oshiriladigan operasiyalar orqali sug'urta qilish;
  • - moliyaviy lizing;
  • - xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, lisenziyada maxsus ko'rsatilgan boshqa operasiyalar.
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling