Молиявий бозор


Kollektiv investisiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat


Download 331.5 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi331.5 Kb.
#1479163
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-МАВЗУ МОЛИЯ БОЗОРИНИНГ ИНСТИТУЦИОНАЛ ИНВЕСТОРЛАРИ ВА ҚАТНАШЧИЛАРИ

Kollektiv investisiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat:
  • investorlar professional aktivlarini boshqarish;
  • investision risklarning yuqori diversifikasiyasi;
  • omonatchilar uchun boshqaruv to'lovlarining past darajasi;
  • ishonchlilikning tegishli darajasini ta'minlash.
    • 2015 yil 26 avgustda O'zbekiston Respublikasining “Investisiya va pay fondlar to'g'risida”gi qonun qabul qilingan. Ushbu qonun jami 29 ta moddadan iborat bo'lib, mazkur qonunda asosan investisiya fondi faoliyati va pay fondi faoliyatini qanda tashkil etishi va kim tomonidan boshqarilishi ko'rsatib o'tilgan. Mazkur qonun rasman e'lon qilingan keyin kuchga kirgan bo'lib, lekin ushbu qonuning uchinchi bobidagi pay fondlari faoliyati, qanday tashkil etilishi 2017 yil 1 iyuldan e'tiboran amalga oshirildi.
    • O'zbekiston Respublikasining “Investisiya va pay fondlar to'g'risida”gi qonunning 4 – moddasiga asosan :
    • Pay fondi – bu investisiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq shaxslarning — investorlarning o'zi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablag'lari yig'indisi pay fondidir.
    • Pay fondi u pay fondlarining yagona reestriga kiritilgan va tegishli axborot qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organining hamda qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilingan paytdan e'tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi
    • Dunyo amaliyotida pay fondlari yuridik shaxs hisoblanmaydi Bugungi kunda dunyoda pay fondlarini uchta turi mavjud.
    • Ochiq pay fondlari – bu payga ega bo'lgan investorlar xoxlagan kuni pay ko'rinishidagi aksiyalarini ishchonchli boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan to'lash, so'ndirish va qaytarishni talab qilish xuquqiga ega..
    • Yopiq pay fondalari – pay egalari qimmatli qog'ozlar ko'rinishidagi aksiyalarini boshqaruv kompaniyalari tomonidan to'lash va so'ndirish talab qilish huquqi faqatgina pay egalari bilan boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan tuzilgan shartnoma muddati tugagandan keyin talab qilishi mumkin
    • Interval pay fondi – bu pay egalari qimmatli qog'ozlar ko'rinishidagi aksiyalarini boshqaruv kompaniyalari tomonidan to'lash va so'ndirish talab qilish huquqiga ega. Biroq, ishonchli boshqaruvchi qompaniyalar tomonidan shartnomani muddati tugagan keyin bir qismi to'lanishi va so'ndirishni nazarda tutilgan bo'ladi
    1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling