Moliyaviy bozorda korporativ tuzilmalar
Download 65.19 Kb. Pdf ko'rish
|
4-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soʻz va iboralar
- 3.1. Moliya bozorining korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ahamiyati va oʻzaro faoliyat uygʻunligi
MOLIYAVIY BOZORDA KORPORATIV TUZILMALAR Reja: 1.1. Moliya bozorining korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ahamiyati va oʻzaro faoliyat uygʻunligi 1.2. Moliya bozorida korporativ qimmatli qogʻozlar kursini belgilab beruvchi omillar Tayanch soʻz va iboralar: moliya bozori, kapital bozori, pul bozori, investitsiya, investor, pul oqimlari, qimmatli qog‟ozlar, aktsiya, obligatsiya, qimmatli qog‟ozlar kursi, fond birjalari 3.1. Moliya bozorining korporativ tuzilmalar faoliyatidagi ahamiyati va oʻzaro faoliyat uygʻunligi Biznesning tashkiliy shakli sifatida korporatsiyalarning asosiy afzalligi mulk huquqini oʻtkazish va yangi aksiyalar paketini emissiya qilish yordamida qoʻshimcha moliyaviy resurslar jalb qilishning nisbatan osonligida namoyon boʻladi. Bu ikkala afzallik moliya bozori orqali amalga oshiriladi va industrial rivojlangan davlatlarda korporativ moliyalashtirish amaliyotida muhim rol oʻynaydi. Moliya bozori moliyaviy instrumentlar (qimmatli qogʻozlar) yordamida pul mablagʻlari oqimlarini investorlardan foydalanuvchilarga (qarz oluvchilarga) yoʻnaltirishga xizmat qiluvchi barcha bozor institutlari majmuini oʻzida ifodalaydi. Moliya bozori xilma-xillikka ega, lekin ularning oldi-sotdi predmeti bitta – turli xil shakllarda taqdim etiladigan pul hisoblanadi. Moliya bozori tarkibiga eng muhim uchta segment kiritiladi: - naqd pul va oʻxshash funksiyalarni bajaruvchi qisqa muddatli toʻlov vositasi sifatida bir yilgacha muddatda muomalada boʻladigan vositalar (cheklar, solo-veksellar, akkreditivlar va boshqalar) bozori; - ssuda kapitali bozori, ya‘ni uzoq va qisqa muddatli kreditlar bozori – kredit bozori; - qimmatli qogʻozlar bozori – fond bozori. Koʻpincha, moliya bozori ikkita segmentga pul bozori va kapital bozoriga boʻlinadi. Moliya bozori amal qilishining ob‘ektiv zarurligini xoʻjalik sub‘ektlarining pul mablagʻlariga boʻlgan talab va bu talabni qoplash uchun manbalarning har doim ham mos tushavermasligi bilan izohlash mumkin. Amaliyotda boʻsh pul mablagʻlari kapital egasi (investor) qoʻlida boʻlsa, bozorning boshqa bir sub‘ekti, ya‘ni emitentda pul mablagʻlariga boʻlgan talab yuzaga keladi. Boʻsh pul mablagʻlarini vaqtinchalik qayta taqsimlash uchun moliya bozoridan foydalaniladi. Moliya bozorining funksional vazifasi pul mablagʻlarini egasidan (investordan) foydalanuvchiga tomon harakatlantirishda vositachi sifatida ishtiroki bilan belgilanadi. Kelgusida yuqori daromadli moliyaviy aktivlarga investitsiyalash uchun boʻsh pul mablagʻlarini oʻzida jamlagan yuridik va jismoniy shaxslar kapital egalari, ya‘ni investorlar sifatida moliya bozoriga chiqadi. Yakka tartibdagi alohida shaxslar (uy xoʻjaligi) bevosita (yakka tartibda) yoki moliyaviy vositachilar (moliya-kredit institutlari) orqali oʻzlarining jamgʻarmalarini qoʻyilma sifatida amalga oshiradi. Qoʻshimcha foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyatining turli ob‘ektlariga pul mablagʻlarini moliya bozoridan oladigan korporativ tuzilmalar mablagʻlarni jalb qiluvchilar hisoblanadi. Moliya bozori ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni quyidagi rasmdan koʻrish mumkin (6-rasm). Moliya bozorida yordamchi funksiyalarni bajaruvchi ishtirokchilar Moliya bozorida hal qiluvchi funksiyalarni bajaruvchi ishtirokchilar Download 65.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling