Moliyaviy hisob va hisobot” fanidan kurs ishi. Mavzu:”Mehnat va ish haqini hisobga olish”. Ishtirokchi talabalar


Mehnatga haq to’lashning buxgalteriya hisobi


Download 305.71 Kb.
bet7/13
Sana22.10.2023
Hajmi305.71 Kb.
#1715910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
LOYIHA ISHI (2)

2.4. Mehnatga haq to’lashning buxgalteriya hisobi.
Ishchi va xizmatchilarga ish haqi bo‘yicha hisoblarni olib borish buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyoti;
6720-“Deponentlangan ish haqi” schyoti;
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisob varag‘ining kredit tomonida mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalarning hisoblab yozilishi aks ettiriladi. 6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” hisob varag‘ining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini to‘lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi;
6720-“Deponentlangan ish haqi” hisob varag‘ida olinmagan ish haqi bo‘yicha xodimlarga bo‘lgan qarzlar aks ettiriladi.
Mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish predmeti bo‘lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to‘lanadigan barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi (Soliq kodeksining 172-moddasi). Ya’ni bu holatda daromadlarga mehnat shartnomasiga ko‘ra majburiyatlarni bajarganlik uchun haq sifatida olingan daromadlar (ish haqi, mukofotlar va boshqa to‘lovlar), shuningdek fuqarolik-huquqiy majburiyatlar – pudrat, o‘zaro xizmat ko‘rsatish, topshiriq shartnomalari bo‘yicha to‘lov sifatida olingan haq va boshqalar kiradi. 6
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi (Mehnat kodeksining 153-moddasi). Bunda mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.7
Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan
hisob-kitoblar aks ettirilishi 2-jadval

Bayram va dam olish kunlarida ishlaganlik uchun ikki baravar miqdorda haq to‘lanadi. Agar xodim buning hisobiga boshqa kuni ishdan ruxsat olsa, bir baravar haq to‘lanadi.

Download 305.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling