Moliyaviy hisob va hisobot” fanidan kurs ishi. Mavzu:”Mehnat va ish haqini hisobga olish”. Ishtirokchi talabalar


Download 305.71 Kb.
bet4/13
Sana22.10.2023
Hajmi305.71 Kb.
#1715910
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
LOYIHA ISHI (2)

To‘g‘ri ishbay shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga muvofiq haqiqatdan bajarilgan ish (mahsulot tayyorlash) bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, ishchi bir oyda 110ta mahsulot bitkazdi. Har bir mahsulotga 10000 so‘m narx belgilangan. Mehnatga haq to‘lashning oddiy ishbay shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga muvofiq haqiqatdan bajarilgan ish bo‘yicha aniqlanadi. O‘z navbatida, ishchining oylik ish haqi 1100000 so‘mni (110x10000) tashkil etadi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay – mukofot shaklida ish haqini hisoblashda oddiy ishbay narxlardan tashqari belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarganligi yoki ortig‘i bilan bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot hisoblanadi. Ishbay ish haqiga asosan mukofot haqiqatda ishlagan vaqtga nisbatan hisoblanadi. Masalan, ishchi bir oyda 120 dona buyum ishlab chiqardi, buyumning mehnat sig‘imi – 1,7 kishi/soat, mahsulot birligining narxi 10000 so‘m; ishlab chiqarish normasini bajarish bo‘yicha ishbay ish haqidan 5%, har bir normadan ortiqcha bajarilgan foizga ishbay ish haqidan 1% mukofot nazarda tutilgan. Ishchi 8 soatdan 24 smena ishladi. O‘z navbatida ishbay ish haqi 1200000 so‘mni (120x10000) tashkil etdi.
Qismlarni qayta ishlashga 192 soat (8 soatdan 24 smena) sarflangan. Buyumning mehnat sig‘imi – 1,7 kishi/soat, shu sababdan vaqt normasi 106,3% ((120x1,7)/(24x8)x100) bajarilgan.
Normani bajarganligi uchun ishbay ish haqidan 5% miqdorida, ya’ni 60000 so‘m (1200000x5%) mukofotni to‘lash talab etiladi. Reja 6,3%ga ortig‘i bilan bajarilganligi uchun qo‘shimcha ravishda yana mukofot 75600 so‘m (1200000x6,3%) to‘lanadi.qiladi,
Ishchining umumiy ish haqisi 1335600 so‘mni (1200000+60000+75600) tashkil etadi.
Ishbay – progressiv shaklida mehnatga haq to‘lash belgilangan normalar kelib chiqib aniqlanadi hamda har bir ishchiga to‘lov esa butun brigada tomonidan yaratilgan mahsulot hajmi va umumiy ish hajmida mehnatining miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Egri ishbay shakli odatda yordamchi ishlarni bajaruvchi ishchilarning ish haqi miqdorini hisoblashda qo‘llaniladi: ish natijalari asosiy ishlab chiqarish mehnati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi texnologik uskunani sozlovchi, ta’mirlovchi, yordamchi master va boshqalar.

Download 305.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling