ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo'yicha ilmiy-tadqiqot korxonalari; - ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo'yicha ilmiy-tadqiqot korxonalari;
- — avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo'yicha yo'l xo'jaliklari.
- Ushbu schotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog’liq bo‘lgan to'g'ri xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo‘lgan egri xarajatlar aks ettiriladi.
- 2010 — «Asosiy ishlab chiqarish» schotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.
- Yordamchi ishlab chiqarishdagi mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini aniqlash uchun tegishli xarajatlar 2300 — «Yordamchi ishlab chiqarish hisobi» schotlarida guruhlanadi.
- 2300 — «Yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga oluvchi» schotlaridan quyidagi yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga olishda foydalaniladi:
— energiyaning har xil turlari (elektroenergiya, gaz va boshqalar) bilan yordam ko‘rsatish; - — energiyaning har xil turlari (elektroenergiya, gaz va boshqalar) bilan yordam ko‘rsatish;
- — transport xizmatlarini amalga oshirish;
- — asosiy vositalarni ta’mirlash;
- — asbob-uskunalarni, shtamplar, qurilish detallari, konstruksiyalarni tayyorlash;
- — tosh, shag‘al, qum va boshqa rudasiz materiallarni qazib olish;
- — yog‘och materiallarini tayyorlash va ularga ishlov berish;
- — qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash, qoqi qilish va konservalash (asosan savdo korxonalarida);
- — maxsus kiyimlar va poyafzallarni ta’mirlash, tikish va boshqalar.
- Shuningdek, mazkur schotlarda 21-sonli BHMSga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansida turgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik bo‘linmalari xarajatlari ham hisobga olinishi mumkin.
- 2300 — «Yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga oluvchi» schotlarining debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita xarajatlar, shu bilan birga yordamchi ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar hamda brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar xarajatlari aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |