Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi. - Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
- Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:
- 1.Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
- 2.Yordamchi va boshqa materiallar;
- 3.Yoqilgi;
- 4.Energiya;
- 5.Asosiy va qo’shimcha ish haqi;
- 6.Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
- 7.Asosiy fondlar amortizasiyasi;
- 8.Boshqa pul xarajatlari.
- Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 – elementlar kishi mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari uchun sarflangan pul xarajatlarini ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur pul xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga yuborish, pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan stipendiya va boshqa shu kabi xarajatlar).
. Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagicha rasmdagidek aks etadi - 3. Ishlab chiqarish xarajatlarini schotlarda aks etishi
- Ishlab chiqarish xarajatlarini schotlarda quyidagicha aks etadi.
- — 2010 — «Asosiy ishlab chiqarish»;
- — 2310 — «Yordamchi ishlab chiqarish»;
- — 2510 — «Umumishlab chiqarish xarajatlari»;
- — 2610 — «Ishlab chiqarishdagi brak»;
- — 3110 — «Oldindan to’langan operativ ijara haqi»;
- — 3120 — «Oldindan to’langan xizmat haqi»;
- — 3190 — «Boshqa kelgusi davr xarajatlari»;
- — 8910 — «Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari».
Ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo'yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010—«Asosiy ishlab chiqarish» schotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi. - Ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo'yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010—«Asosiy ishlab chiqarish» schotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi.
- 2010 — «Asosiy ishlab chiqarish» schotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:
- — mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari;
- — qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo’yicha pudrat, geologiya va loyiha qidiruv tashkilotlari;
- — xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |