Moliyaviy hisobot elementlarini ahamiyati, maqsadi va tahlil vazifalari


Aktivlar, kapital va majburiyatlarni bashoratlash


Download 304.38 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi304.38 Kb.
#1477753
1   2   3   4   5

Aktivlar, kapital va majburiyatlarni bashoratlash


Moliyaviy holatni bashoratlashda eng muhim obyekt bu buxgalteriya balansidir. Uning muhim elementlariga aktivlar, kapital va majburiyatlar kiradi. Buxgalteriya balansini bashoratlash orqali korxonaning joriy davrdagi holatining kelgusidagi kutilishlari rejalashtiriladi. Bashoratlash modelini tuzib chiqish yuzasidan quyidagi tartibdagi amallar bajariladi.


Buxgalteriya balansining tuzilishi:
A = K + M
Bu yerda: A – Aktivlar;
K – Kapital;
M – Majburiyatlar;
Buxgalteriya balansining likvidlik va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha kengaytirilgan tarkibi
UMA + JA (TMZ+DM+PM) = O‘MM + M (UMM+QMM+KM)
Bu yerda: UMA – Uzoq muddatli aktivlar;
JA – Joriy aktivlar;
TMZ – Tovar moddiy zaxiralar;
DM – Debitorlik majburiyatlari;
PM – Pul mablag‘lari;
O‘MM – O‘z mablag‘lari manbasi;
UMM – Uzoq muddatli majburiyatlar;
QMM – Qisqa muddatli majburiyatlar;
KM – Kreditorlik majburiyatlari.
Korxonaning joriy buxgalteriya balansidagi ma’lumotlar prognozlash uchun asos sifatida ishlatish mumkin.
Tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga, masalan ishlab chiqarish va sotish hajmining o‘sishi hisobiga balans aktivi va passivida, daromad va xarajatlarida, pul oqimlarida qator o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Qo‘shimcha moliyalashtirishlar yuzasidan talabning o‘zgarishi stsenariysi shunga mos ravishda belgilanadi.
Bashoratlangan aktivlar bashoratlangan passivlardan kichik yoki teng bo‘lgan bashorat qilingan stsenariyni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
QMB = Ba – Bp <= 0
Bu yerda:
QMB – Qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari;
Ba – Bashoratlangan aktivlar;
Bp – Bashoratlangan passivlar.
Lekin aylanma aktivlarning o‘sishi doimo ham moliyalashtirish manbalarining etarligini ta’minlashga imkon bermaydi. Shu sababli, qo‘shimcha moliyalashtirish manbalariga zaruriyat seziladi.
Qo‘shimcha moliyalashtirishga zaruriyatni pul oqimining shakllanishiga qarab belgilash mumkin:

Download 304.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling