Moliyaviy hisobot elementlarini ahamiyati, maqsadi va tahlil vazifalari


Download 304.38 Kb.
bet5/5
Sana15.06.2023
Hajmi304.38 Kb.
#1477753
1   2   3   4   5
Sfsof foyda;
O‘k – o‘z kapitalining o‘rtacha yillik qiymati;
A – aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati.
Bu ko‘rsatkichning o‘sishi foydani soliqqa tortishni qo‘shib hisoblagan holda ichki va tashqi xarakterdagi ko‘plab omillarga bog‘liq. Rentabellikni tarkib toptiruvchilarni tahlil qilish uchun amaliyotda birinchi marta Dyupon formulasidan foydalaniladi.
R = (Sf/O‘k) x (Sf/Ts) x (T/A) x (A/O‘k),
Bu yerda:
TsSof tushum;
A – Aktivlar.
Bir vaqtning o‘zida bu formuladagi (Sf/O‘k) nisbati sof foydaga ko‘ra o‘z kapitalining rentabellik koeffitsiyentini, (Sf/Ts) nisbati sotuv rentabelligini ifodalab tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Ushbu ko‘rsatkchlar sotilgan mahsulotning daromadliligini ham xarakterlaydi.
(Ts/A) nisbat xo‘jalik faolligi koeffitsiyentini ko‘rsatadi. Bu koeffitsiyent aktivlarning aylanuvchanligi ifoda etadi.
(A/O‘k) nisbat bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi.
Aktivlardan foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, realizatsiya hajmi va sotilayotgan mahsulotlarning daromadliligi xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha asosiy parametrlari o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun xo‘jalik faolligi koeffitsiyentidan baholanadi.
Kxf = Ts / A
Bu yerda:
Kxf – xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti.
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga to‘g‘ri keluvchi tushumni xarakterlaydi. Uning o‘sishi boshqa barcha moliyaviy ko‘rsatkichlarining oshishi (ko‘payishi)ga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga ega.
Kot = Aa / Kf
Bu yerda:
Kot kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi;
Aa aylanma aktivlar;
Kf barcha foydalanilayotgan kapital.
Foyda va rentabellik hajmining o‘sishini bashoratlashda quyidagi jadval ma’lumotlarini asos qilib olishimiz mumkin.


Xo‘jalik faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari formulasi asosida biror korxona ko‘rsatkichini tahlil eting va xulоsa yozing.


Download 304.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling