Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobga olish


Download 74.05 Kb.
bet7/9
Sana18.02.2023
Hajmi74.05 Kb.
#1211898
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4- MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOTLAR XALQARO STANDARTLARI TALABLARIGA MUVOFIQ NOMODDIY AKTIVLARNI HISOBGA OLISH(2)

8-Misol Uskuna jismoniy shikastlangan, ammo u shikastlanishidan oldingi holatdagidek yaxshi ishlamasa ham, hanuz ishlamoqda. Uskunaning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan kamroq. Uskuna mustaqil pul kirimlarini yuzaga keltirmaydi. Uskunani o’z ichiga olgan va boshqa aktivlardan keladigan pul kirimlaridan ko’proq mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltiradigan aktivlarning eng kichik aniqlanadigan guruhi – uskuna tegishli bo’lgan ishlab chiqarish liniyasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish liniyasining qoplanadigan qiymati shuni ko’rsatadiki, butun ishlab chiqarish liniyasi qadrsizlanmagan. Faraz 1: rahbariyat tomonidan tasdiqlangan byudjetlar/loyihalar uskunani almashtirish bo’yicha rahbariyatning hech qanday majburiyatini aks ettirmaydi.
Uskunaning qoplanadigan qiymatining o’zini baholash imkonsizdir, chunki uskunaning foydalanishdagi qiymati:
(a) uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatidan farq qilishi mumkin; va
(b) faqatgina uskuna tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlik (ishlab chiqarish liniyasi) uchun aniqlanishi mumkin.
Ishlab chiqarish liniyasi qadrsizlanmagan. Shu tufayli, hech qanday qadrsizlanish bo’yicha zarar uskuna uchun tan olinmaydi. Shunga qaramasdan, tadbirkorlik sub’ekti uskuna uchun eskirish davrini yoki eskirishni hisoblash usulini qayta baholashi zarur bo’lishi mumkin. Balki, qisqaroq eskirish davri yoki tezroq eskirish hisoblash usuli uskunaning kutilgan qolgan foydali xizmat muddatini yoki tadbirkorlik sub’ekti tomonidan iqtisodiy manfaatlarning o’zlashtirilishi kutilgan holatni aks ettirish uchun talab etiladi.
Faraz 2: rahbariyat tomonidan tasdiqlangan byudjetlar/loyihalar uskunani almashtirish va uni yaqin kelajakda sotish bo’yicha rahbariyatning majburiyatini aks ettiradi. Uskunaning chiqib ketishiga qadar undan ukluksiz foydalanish bo’yicha pul oqimlari sezilarsiz deb baholangan.
Uskunaning foydalanishdagi qiymatini uning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholash mumkin. Shu tufayli, uskunaning qoplanadigan qiymati aniqlanishi mumkin va uskuna tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka (ya’ni ishlab chiqarish liniyasiga) hech qanday e’tibor qaratilmaydi. Uskunaning chiqib ketish xarajatlari

153
chegirilgandagi haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan kamroq bo’lgani tufayli, qadrsizlanish zarari uskuna uchun tan olinadi.


Ushbu talablar «aktiv» atamasidan foydalanadi, ammo ular alohida aktivga yoki pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan teng tarzda qo’llaniladi. Tadbirkorlik sub’ekti har bir hisobot davrining oxirida gudvilldan tashqari aktiv uchun oldingi davrlarda tan olingan qadrsizlanish bo’yicha zarari bundan buyon mavjud bo’lmasligining yoki kamaygan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjud bo’lishi yoki bo’lmasligini baholashi lozim. Agarda bunday ishora mavjud bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti ushbu aktivning qoplanadigan qiymatini baholashi lozim.
Qadrsizlanish bo’yicha zararga tegishli gudvilldan tashqari aktivning oshgan balans qiymati shunday balans qiymatdan oshmasligi lozimki, qaysiki aniqlangan bo’lar edi (amortizatsiyadan yoki eskirishdan holi), agarda hech qanday qadrsizlanish bo’yicha zarar aktiv uchun oldingi yillarda tan olinmaganda edi.


Download 74.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling