Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Тekshirish imkoniyatining mavjudligi


Download 136 Kb.
bet5/7
Sana21.04.2023
Hajmi136 Kb.
#1371958
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOLIYAVIY-IQTISODIY JARAYONLARNI TAHLIL QILISHDA REGESSIYA TENGLAMASINI SHAKLINI TANLASH

Тekshirish imkoniyatining mavjudligi: Тekshirish imkoniyatining mavjudligi taqdim qilingan axborotlarni uning manbalari bo`lgan hujjatlarni asosida solishtirib uni to`g`riligini tekshirib olish imkoniyati borligini ifodalaydi. Shuningdek, tekshirish imkoniyatining mavjudligi zahira bo`la oladigan muxolif axborot manbalarining mavjudligini nazarda tutadi.
Хolislik (betaraflilik) noto`g`ri tushuncha, noto`g`ri nuqtai nazar yoki asos-lanmagan fikrlar moliyaviy hisobotlarda o`quvchilarga ta`sir ko`rsatish maqsadida ishlatilmasa, axborot xolislik (betaraflilik) mezoniga mos keladi. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga javobgar bo`lgan kishilar oldindan belgilangan na-tijalarga yoki ma`lum bir harakatga majbur etishga (masalan, investorlarni kompaniya aktsiyalarini sotib olishga undash) qaratilgan hech qanday harakat qilmasligi kerak. Buxgalteriya axboroti ma`lum bir nuqtai nazar, oldindan belgilangan natija, yoki aloxida taraf to`g`risidagi har qanday noto`g`ri tushuncha-lardan xoli bo`lishi kerak.


4. Solishtirish imkonining mavjudligi. Moliyaviy axborotlarning sifat xususiyatini ifodalovchi bu tushuncha bir turdagi axborot ichidagi emas, balki ikki xil turdagi axborot orasidagi munosabatga xos belgidir. Solishtirish yordamida axborotlardan foydalanuvchilar moliyaviy hisobotlarning ikki to`plamida be-rilgan axborotlar orasidagi o`xshashliklar va farqlarni topish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Solishtirish imkonini mavjudligi turli xo`jalik yurituvchi sub`ek-tlarning moliyaviy hisobotlarini taqqoslashda yoki bir sub`ektning turli davr yoki ma`lum bir vaqt uchun moliyaviy hisobotlarini taqqoslashda muhim vosita si-fatida qo`llanadi. Хo`jalik yurituvchi sub`ektining moliyaviy hisobotlarini so-lishtirish imkonining mavjudligi buxgalteriya hisobida bir xil siyosatdan doi-miy foydalanish natijasida kuchayib boradi.
Solishtirish imkonining mavjudligining ikki tomoni bo`lib, biri, buxgalteriya hisobining yagona siyosatidan yildan-yilga foydalanilishni belgilab beradigan izchillik bo`lsa, ikkinchisi, o`xshash muammolarni qo`llaydigan va o`xshash sharoitda ishlaydigan korxonalarning buxgalteriya hisobini bir xil tamo-yillaridan foydalanishlaridagi birdamlikni bildiradi.
Izchillik buxgalteriya hisobining bir xildagi kontseptsiyalari va tamoyil-larining yildan-yilga izchil ravishda qo`llanilishini nazarda tutadi. Buxgal-teriya hisobining tamoyillari o`zgarmasligi kerak, degan farazlar bor. Biroq, haddan tashqari qat`iy izchillik axborotning ishonchliligiga salbiy ta`sir ko`rsatilishiga olib kelishi mumkin. Buxgalteriya hisobining ayrim tamo-yillarini tanlashda o`zgarishga yo`l qo`yish izchillikning buzilishiga olib ke-lishi ham mumkindir. Buxgalteriya hisobining yangi siyosatini aks ettirish va qo`shimcha axborotni ochib berish maqsadida, mazkur yaqqol ko`rinuvchi to`qnashuv mavjud bo`lgan moliyaviy hisobotlar asosida qaytadan hisobot tayyorlash orqali hal etiladi.
Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda yagona tarmoqqa tegishli bo`lgan turli kompaniyalarning daromadlari va xarajatlari bo`yicha axborotni so-lishtirish uchun zarur bo`lgan axborot berilishi kerak. Shuningdek, bu hisobotda mazkur kompaniyaning o`tgan yilgi va hisobot davridagi daromad va xarajatlari to`g`risidagi axborot berilishi kerak.

Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling