Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi
Download 136 Kb.
|
MOLIYAVIY-IQTISODIY JARAYONLARNI TAHLIL QILISHDA REGESSIYA TENGLAMASINI SHAKLINI TANLASH
Aktivlarning ta`rifiga diqqat bilan nazar tashlasak quyidagilarga alohida e`tibor qaratilganligini anglash qiyin emas:
o`tgan muomalalar va hodisalar natijasida yuzaga kelgan xo`jalik sub`ekti tomonidan nazorat qilinadigan kelajakda foyda keltirishi mumkin bo`lgan iqtisodiy resurslar. Ularning ma`nosini yoritishga harakat qilamiz: iqtisodiy resurslar o`tgan muomalalar va hodisalar natijasida yuzaga kelgan bo`lsagina, ular xo`jalik yurituvchi sub`ektning aktivlari hisoblanadi. O`tgan muomala yoki hodisalar natijasida iqtisodiy resurslarining yuzaga kelganligi esa hujjatlar orqali aniqlanadi: masalan, firma nomiga yozilgan asosiy vositani qabul qilish topshirish dalolatnomasi, tovarlar bo`yicha mol et-kazib beruvchi tomonidan yozilgan va tovarlar oluvchi tomonidan qabul qilin-ganligi haqida imzo qo`yilgan yuk xatlari, kassaga kirim qilingan pul mab-lag`lariga rasmiylashtirilgan kassa kirim orderlari va h.k. Aniqlik kiritish maqsadida bir necha holatni ko`rib chiqamiz: 1-holat: Хususiy firmaga ma`muriyatga xizmat ko`rsatish uchun avtomobil harid qilindi. Firma avtomobil sotuvchi ofis bilan shartnoma tuzdi, pul mab-lag`larini o`tkazib berdi va qabul qilish - topshirish dalolatnomasiga binoan avtomobilni qabul qilib oldi. Ushbu avtomobil xususiy firma uchun asosiy vosita, ya`ni aktiv deb qabul qilinadi. 2-holat: Хususiy firma egasi, ya`ni mulkdor o`zining shaxsiy foydalanishi uchun avtomobil harid qilib oldi va harid maqsadida firma nomidan hech qanday hujjat rasmiylashtirmadi. Bu avtomobil firma egasiga tegishli, lekin firma uchun aktiv hisoblanmaydi. -xo`jalik sub`ekti tomonidan nazorat qilinadigan iqtisodiy resurslargina uning aktivi hisoblanadi. Yuqoridagi misol bu jihatni muvaffaqiyatli yori-tishga yordam beradi. Firma misolidagi 1-holatda aktiv firmaga qabul qi-linganligi uchun ham bu aktiv, ya`ni avtomobilning bundan buyon ishlatilishi, eskirishi, agar sotib yuborilsa, uning natijalari firma tomonidan inobatga olinadi, ya`ni aktiv firmaning nazoratida bo`ladi. -kelajakda foyda keltirishi mumkin bo`lgan iqtisodiy resurslargina aktivlar deyiladi, ya`ni ular foydalanishga yaroqli bo`lsagina aktiv deb tan olinadilar. Misol: Ma`lumki, iqtisodiy resurslar jumlasiga materiallar ham kiritiladi. Faraz qiling, qurilish tashkiloti omborida 1000 bankada bo`yoq bor edi. Bux-galterga ularning 100 tasining saqlanish muddati tugaganligi tufayli qurib qolganligi, ya`ni foydalanishga yaroqsiz bo`lib qolganligi haqida ma`lumot be-rishdi. Demak, korxonaning resurslari 100 banka bo`yoqqa kamayganligi aniq da-lildir. Хulosa shuki, bo`yoqlar ko`rinishidagi aktivlar 900 birlikni tashkil etmoqda. “Aktivlar” ta`rifidagi 3-jihatni boshqacharoq talqin qilish ham mumkin: iqtisodiy resurslar xo`jalik faoliyati yuritish uchun kerak, xo`jalik faoliyati esa foyda olish maqsadida yuritiladi. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling