Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Moliyaviy hisobotning sifat tafsilotlari


Download 136 Kb.
bet3/7
Sana21.04.2023
Hajmi136 Kb.
#1371958
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOLIYAVIY-IQTISODIY JARAYONLARNI TAHLIL QILISHDA REGESSIYA TENGLAMASINI SHAKLINI TANLASH

2. Moliyaviy hisobotning sifat tafsilotlari.

Moliyaviy hisobotning kontseptual (MHK) asoslari buxgalteriya axbo-rotining qaror qabul qilish jarayonidagi foydalilik darajasini oshiruvchi xususiyatlarini belgilaydi va aniqlaydi. Yuqorida sanab o`tilganidek buxgalteriya axborotining to`rtta asosiy sifat xususiyatlariga quyidagilar kiradi:



  • tushunarlilik;

  • ahamiyatlilik;

  • ishonchlilik;

  • solishtirish imkonining mavjudligi.

1. Тushunarlilik. Moliyaviy hisobot taqdim qiluvchi korxonalar faoliyatiga taalluqli iqtisodiy-moliyaviy qaror qabul qilishda foydali bo`lishi uchun axborot tushunarli bo`lishi lozim. Biroq axborotlarni tushunarli bo`lishi kerak degani - bu butun axborotni anglash qobiliyatining eng past darajasiga mos-lashtirish, yoki uni eng kam tajribali sarmoyador tushuna olishi darajasigacha soddalashtirish lozim degani emas. Ma`lumki, moliyaviy axborotlar tizimini ishlab chiqishda amaliy faoliyat bilan shug`ullanuvchi investor va kreditorlar ish va iqtisodiy faoliyat masalalarini etarli darajada tushunadilar hamda buxgal-teriya hisobi bo`yicha ozgina bo`lsa ham tushunchaga egalar, degan nuqtai nazardan qaraladi.
Shuningdek, moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilar albatta o`z faoliyat-larini va qabul qilgan qarorlarini etarlicha asosli bo`lishini ta`minlashlari uchun ularga taqdim qilingan axborotlarning mohiyati va mazmunini tushunishlari hamda axborotlarni lozim darajadagi qunt bilan o`rganishlari lozim. Bundan tashqari moliyaviy axborotlardan foydalanuvchi guruhlar ta`rifiga ko`ra, investor va kreditorlarga maslahat beradigan shaxslar ham shu guruhlarga kiritiladiki, ular bu sohada tajribasiz bo`lgan shaxslarga kerakli maslahatlarni beradilar. Bularning hammasi moliyaviy axborotlarni tushunarliligini ta`minlashga xizmat qiladi.
2. Ahamiyatlilik. Moliyaviy hisobotlarni sifat xususiyatlarini ifodalovchi bu tushuncha, moliyaviy axborotlardan foydalanib qaror qabul qilish vakolatiga ega bo`lgan turli toifadagi tashqi foydalanuvchilar uchun buxgalteriya axborotining yaroqliligini ifodalaydi. Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi, bir tomondan ularni iqtisodiy istiqbolni belgilash uchun, ikkinchi tomondan esa, istiqbolni belgilashning texnik uslublarini takomillashtirish maqsadida oldin belgilangan istiqbolning to`g`riligini tekshirish maqsadida ishlatishni anglatadi.
Buxgalteriya axborotining ahamiyatlilik darajasini sifatning quyidagi uch jihati yordamida o`lchash mumkin.


Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling