Moliyaviy хisoboтlarning тavsifi


Download 339.5 Kb.
bet7/23
Sana06.11.2023
Hajmi339.5 Kb.
#1750104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Moliyaviy axborotlarning sifat va xususiyatlari

Aktivlarning ta’rifiga diqqat bilan nazar tashlasak quyidagilarga alohida e’tibor qaratilganligini anglash qiyin emas:

    1. o’tgan muomalalar va hodisalar natijasida yuzaga kelgan

    2. xo’jalik sub’ekti tomonidan nazorat qilinadigan

    3. kelajakda foyda keltirishi mumkin bo’lgan iqtisodiy resurslar.

Ularning ma’nosini yoritishga harakat qilamiz:

  • iqtisodiy resurslar o’tgan muomalalar va hodisalar natijasida yuzaga kelgan bo’lsagina, ular xo’jalik yurituvchi sub’ektning aktivlari hisoblanadi. O’tgan muomala yoki hodisalar natijasida iqtisodiy resurslarining yuzaga kelganligi esa hujjatlar orqali aniqlanadi: masalan, firma nomiga yozilgan asosiy vositani qabul qilish topshirish dalolatnomasi, tovarlar bo’yicha mol et-kazib beruvchi tomonidan yozilgan va tovarlar oluvchi tomonidan qabul qilin-ganligi haqida imzo qo’yilgan yuk xatlari, kassaga kirim qilingan pul mab-lag’lariga rasmiylashtirilgan kassa kirim orderlari va h.k. Aniqlik kiritish maqsadida bir necha holatni ko’rib chiqamiz:

1-holat: Хususiy firmaga ma’muriyatga xizmat ko’rsatish uchun avtomobil harid qilindi. Firma avtomobil sotuvchi ofis bilan shartnoma tuzdi, pul mab-lag’larini o’tkazib berdi va qabul qilish - topshirish dalolatnomasiga binoan avtomobilni qabul qilib oldi. Ushbu avtomobil xususiy firma uchun asosiy vosita, ya’ni aktiv deb qabul qilinadi.
2-holat: Хususiy firma egasi, ya’ni mulkdor o’zining shaxsiy foydalanishi uchun avtomobil harid qilib oldi va harid maqsadida firma nomidan hech qanday hujjat rasmiylashtirmadi. Bu avtomobil firma egasiga tegishli, lekin firma uchun aktiv hisoblanmaydi.
-xo’jalik sub’ekti tomonidan nazorat qilinadigan iqtisodiy resurslargina uning aktivi hisoblanadi. Yuqoridagi misol bu jihatni muvaffaqiyatli yori-tishga yordam beradi. Firma misolidagi 1-holatda aktiv firmaga qabul qi-linganligi uchun ham bu aktiv, ya’ni avtomobilning bundan buyon ishlatilishi, eskirishi, agar sotib yuborilsa, uning natijalari firma tomonidan inobatga olinadi, ya’ni aktiv firmaning nazoratida bo’ladi.
-kelajakda foyda keltirishi mumkin bo’lgan iqtisodiy resurslargina aktivlar deyiladi, ya’ni ular foydalanishga yaroqli bo’lsagina aktiv deb tan olinadilar. Misol: Ma’lumki, iqtisodiy resurslar jumlasiga materiallar ham kiritiladi. Faraz qiling, qurilish tashkiloti omborida 1000 bankada bo’yoq bor edi. Bux-galterga ularning 100 tasining saqlanish muddati tugaganligi tufayli qurib qolganligi, ya’ni foydalanishga yaroqsiz bo’lib qolganligi haqida ma’lumot be-rishdi. Demak, korxonaning resurslari 100 banka bo’yoqqa kamayganligi aniq da-lildir. Хulosa shuki, bo’yoqlar ko’rinishidagi aktivlar 900 birlikni tashkil etmoqda.
“Aktivlar” ta’rifidagi 3-jihatni boshqacharoq talqin qilish ham mumkin: iqtisodiy resurslar xo’jalik faoliyati yuritish uchun kerak, xo’jalik faoliyati esa foyda olish maqsadida yuritiladi.

Download 339.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling