Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kirish


Download 1.03 Mb.
bet4/4
Sana04.01.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1076845
1   2   3   4

Ayrim kompaniyalar asosiy vositalari tarkibida ijtimoiy ob’ektlar mavjud. Masalan, uy joylar, bog’cha va shu kabilar, xodimlarni pulsiz ko’rinishda rag’batlantirishni ifodalaydi va natijada, xodimlarga pullik xarajatlarni kamayishiga sabab bo’ladi.

Ayrim kompaniyalar asosiy vositalari tarkibida ijtimoiy ob’ektlar mavjud. Masalan, uy joylar, bog’cha va shu kabilar, xodimlarni pulsiz ko’rinishda rag’batlantirishni ifodalaydi va natijada, xodimlarga pullik xarajatlarni kamayishiga sabab bo’ladi.

Tan olish mezonlariga ko’ra, tadbirkorlik sub’ekti asosiy vosita ob’ektining balans qiymatiga ob’ektning kundalik xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlarini kiritmaydi. Bunday xarajatlar kelib chiqish paytida foyda yoki zarar tarkibida tan olinadi. Kundalik xizmat ko’rsatish xarajatlari asosan mehnat haqi va materiallardan tashkil topadi, xamda o’z ichiga mayda extiyot qismlar qiymatini xam olishi mumkin. Bu kabi xarajatlarning maqsadi ko’pincha asosiy vositalar ob’ektiga “joriy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash” sifatida izohlanadi.

Asosiy vositalarning ob’ektlari binoning ichki devorlarini almashtirish kabi almashtirishlarni kamroq takrorlash yoki takrorlanmaydigan qilib almashtirish maqsadida sotib olinishi mumkin. Tan olish mezonlariga ko’ra, tadbirkorlik sub’ekti asosiy vositaning balans qiymatida uning bir qismini almashtirish bo’yicha xarajatlarni ushbu xarajatlar amalga oshirilgan paytda tan olishi kerak, agar bunda xarajatlar tan olish mezonlariga mos kelsa. Almashtirilgan qismlarning balans qiymati ushbu Standartdagi hisobdan chiqarish qoidalariga muvofiq hisobdan chiqariladi.


1-misol
Kompaniya 2011 yil 1 aprelda qiymati 342000 sh.b. bo’lgan uskunani sotib oldi. Foydali muddati 9 yil. Qoliq qiymati yo’q. Bu uskunaga kompaniya to’g’ri chiziqli amortizatsiya usulini qo’llaydi. Har uch yilda uskunaning ayrim agregatlari almashtiriladi. Bu agregatlar qiymati 126000 sh.b.ni tashkil qiladi.
Sotib olgandan so’ng kompaniya amortizatsiya hisoblashda ikkita alohida foydali muddati turli bo’lgan komponentni hisobga oladi: “A” komponent foydali muddati 9 yil, qiymati 216000 sh.b. (342000-126000), “V” komponent foydali muddati 3 yil, qiymati 126000 sh.b. 1 aprel 2014 yilgacha 3 yil davomida kompaniya har oyda 5500 sh.b. (216000/9x1/12)+(126000/3x1/12) amortizatsiya hisoblaydi.
2014 yil 1 aprelda agregat 133200 sh.b. ga almashtirildi. Foydali muddati o’zgarmadi.
2014 yil 1 aprelda kompaniya “V” agregatni to’la amortizatsiya qilgani uchun, 0 qiymatda hisobdan chiqaradi va o’rniga qiymati 133200 sh.b. bo’lgan yangi “V” agregatni asosiy vositalari tarkibiga kiritadi. Uskunaning yangi balans qiymati shu sanaga 277200 sh.b.ni tashkil qiladi (342000-5500x12x3+133200), shu jumladan, “A” komponent qiymati 144000 (277200-133200) sh.b. ga teng. Kelgusi 3 yil davomida (foydali muddati o’zgarmasa) hisoblanadigan amortizatsiya summasi 5700 sh.b.ni tashkil qiladi (144000/6x1/12+133200/3x1/12).
Asosiy vositalar ob’ektining ayrim qismlarini almashtirilishi yoki almashtirilmasligidan qat’iy nazar, nuqsonlar paydo bo’lganligini aniqlash uchun muntazam ravishda katta ko’lamdagi texnik ko’riklarini o’tkazish shu ob’ektdan (masalan samolyotdan) foydalanishni davom etishning shartlaridan biri bo’lishi mumkin. Har bir katta ko’lamdagi texnik ko’rik o’tkazilganda, u bo’yicha xarajatlar tan olish mezonlari bajarilganda asosiy vositalar ob’ektining balans qiymatida qisman almashtirish sifatida tan olinadi. Har qanday oldingi texnik ko’rik bo’yicha xarajatlarning aktivning balans qiymatidagi qoldig’i (extiyot qismlardan tashqari) hisobdan chiqariladi. Bunday hisobdan chiqarish oldingi tekshiruv xarajatlari ob’ekt sotib olinishi yoki qurilishi paytidagi operatsiyada tan olinganligi yoki olinmaganligidan qat’iy nazar amalga oshiriladi. Zarur bo’lganda, ob’ekt sotib olinishi yoki qurilishi paytidagi balans qiymatiga qo’shilgan texnik ko’rik xarajatlarini aniqlashda shu kabi kelgusi tekshiruv xarajatlarning baholangan summasidan foydalanish mumkin.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling