Moliyaviy matematika fanidan on savollari va masalalar


V. Mоliyaviy rеntalar(annuitetlar). Moliyaviy rentalarning umumlashgan


Download 168.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana10.08.2023
Hajmi168.81 Kb.
#1666160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-курс ММ ОН саволлар ва мисоллар

V. Mоliyaviy rеntalar(annuitetlar). Moliyaviy rentalarning umumlashgan 
xarakteristikalari va ularni aniqlash. 
1. O’tkazmalar bank hisobiga har yarim yilda 50 000 so’mdan 7 yil davomida 
o’tkasiladi. Bankning yillik foiz stavkasi 8% bo’lasa, muddat oxirida oshgan 
qiymatni aniqlang. 
2. O’tkazmalar bank hisobiga har kvartalda 20 000 so’mdan 5 yil davomida 
o’tkasiladi. Bankning yillik foiz stavkasi 30% bo’lsa, muddat oxirida oshgan 
qiymatni aniqlang.
3. Kompaniya bankdagi depozitga har yil boshida 100 ming so’mdan 6 yil 
davomida qo’yadi. Bankning yillik foiz stavkasi 20% bo’lsa kompaniyaning 
daromadini aniqlang?
4. Kompaniya bankdagi depozitga har yil boshida 300 ming so’mdan 4 yil 
davomida qo’yadi. Bankning yillik foiz stavkasi 25% bo’lsa kompaniyaning 
daromadini aniqlang?
5. Nafaqa jamg’armasiga har kvartalda 25 000 so’m qo’yiladi. Bank esa yiliga 
10% stavka bilan foizlarni har yarim yilda hisobga oladi. 20 yil davomida 
jamg’armada yig’ilgan mablag’ qiymatini aniqlang.
6. Nafaqa jamg’armasiga har oyda 1 000 so’m qo’yiladi. Bank yillik 12% 
stavka bilan foizlarni har yarim yilda hisobga oladi. 12 yil davomida jamg’armada 
yig’ilgan mablag’ qiymatini aniqlang.
7. Nafaqa jamg’armasiga har yarim yilda 5 000 so’m qo’yiladi. Bank yillik 10% 
stavka bilan foizlarni har oyda hisobga oladi. 10 yil davomida jamg’armada 
yig’ilgan mablag’ qiymatini aniqlang.


8. Nafaqa jamg’armasiga har yili 10 000 so’m qo’yiladi. Bank yillik 20% stavka 
bilan foizlarni har kvartalda hisobga oladi. 15 yil davomida jamg’armada yig’ilgan 
mablag’ qiymatini aniqlang.
9. O’tkazmalar bank hisobiga har kvartalda 60 000 so’mdan 6 yil davomida 
o’tkasiladi. Bankning yillik foiz stavkasi 15% bo’lsa, o’tkazmalarning hozirgi 
qiymatini aniqlang. 
10. O’tkazmalar bank hisobiga har yarim yilda 10 000 so’mdan 5 yil davomida 
o’tkasiladi. Bankning yillik foiz stavkasi 20% bo’lsa, o’tkazmalarning hozirgi 
qiymatini aniqlang.
11. Nafaqa jamg’armasiga har kvartalda 5 000 so’mdan 20 yil davomida 
o’tkaziladi. Bank yiliga 9% stavka bilan foizlarni har kvartalda hisobga oladi. 
O’tkazmalarning hozirgi qiymatini aniqlang. 
12. Nafaqa jamg’armasiga har oyda 500 so’mdan10 yil davomida o’tkaziladi. 
Bank yiliga 30% stavka bilan foizlarni har yarim yilda hisobga oladi. 
O’tkazmalarning hozirgi qiymatini aniqlang. 
13. Bank mijoziga 5 yildan so’ng avtomobil sotib olish uchun 15 mln. so’m 
kerak bo’ldi. Buning uchun bankka har yili o’tkaziladigan qiymatni 20% stavkada 
hisoblang?
14. Bank mijoziga $100 000 miqdoridagi mablag’ni 5 yilga yillik 6% stavka 
bilan, har kvartalda bir xil miqdordagi mablag‘ o’tkazish sharti bilan kreditga berdi. 
Mijozning yillik o’tkazmalari qiymatini aniqlang.
15. Nafaqa jamg’armasiga har oyda qanchadan bir xil miqdordagi pul 
mablag’lari o’tkazilganda 10 yilda 20 mln. so’m bo’ladi? Bankning yillik foiz 
stavkasi 8% bo‘lib, u foizlarni har yarim yilda hisobga oladi.
16. Nafaqa jamg’armasiga har yarim yilda qanchadan bir xil miqdordagi pul 
mablag’lari o’tkazilganda 15 yilda 10 mln. so’m bo’ladi? Bankning yillik foiz 
stavkasi 10% bo‘lib, u foizlarni har kvartalda hisobga oladi.


17. To’lov oqimi quyidagi jadval bilan berilgan:






R

100 
200 
200 
300 
300 
Bankning foiz stavkasi 10% bo’lsa, oshgan qiymatni toping?
18. To’lov oqimi quyidagi jadval bilan berilgan:





R

200 
300 
250 
350 
Bankning foiz stavkasi 8% bo’lsa, oshgan qiymatni toping?
19. To’lov oqimi quyidagi jadval bilan berilgan:






R

200 

250 

400 
Bankning foiz stavkasi 8% bo’lsa, oshgan qiymatni toping?
20. To’lov oqimi quyidagi jadval bilan berilgan:




R

100 

200 
Bankning foiz stavkasi 8% bo’lsa, oshgan qiymatni toping?

Download 168.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling