Moliyaviy matematika fanidan on savollari va masalalar
Download 168.81 Kb. Pdf ko'rish
|
2-курс ММ ОН саволлар ва мисоллар
II. Murakkab foizlar
1. Investor $150 000 mablag’ni murakkab foizli yillik 12% stavka bilan 4 yilga joylashtirmoqchi. Investitsiya muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi to’lov qiymatini aniqlang. 2. Investor $1 000 000 mablag’ni murakkab foizli yillik 9% stavka bilan 6 yilga joylashtirmoqchi. Investitsiya muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi to’lov qiymatini aniqlang. 3. $3 000 000 mablag’ni, 9 yilga mo’ljallangan shartnoma bo’yicha qarzlarni qaytarish tartibi quyidagicha: birinchi 2 yilda yillik 10% stavka bilan; keyingi 3 yil davomida yillik 20% stavka bilan; keyingi 4 yil davomida yillik 30% stavka bilan o’tkazish nazarda tutilgan. Qarz muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi to’lov qiymatini aniqlang (murakkab foizli stavka). 4. $150 000 miqdoridagi mablag’ 5 yilga yillik 12% stavka bilan kreditga berildi. Foizlar har yarim yil oxirida o’tkaziladi. Qarz muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi to’lov qiymatini aniqlang. 5. $100 000 miqdoridagi mablag’ 4 yilga yillik 24% stavka bilan kreditga berildi. Foizlar har oy oxirida o’tkaziladi. Qarz muddati tugashiga o’tkazilgan ja’mi to’lov qiymatini aniqlang. 6. Bank jamg’arma uchun har yili murakkab foizli yillik 23% stavka bilan foiz o’tkazadi. Foizlar har chorak oxirida o’tkaziladi. 3 yildan so’ng 130 mln. so’m olish uchun mijoz bankga qancha mablag’ qo’yishi kerak? 7. Bank jamg’arma uchun har yili murakkab foizli yillik 15% stavka bilan foiz o’tkazadi. 3 yildan so’ng 600 mln. so’m olish uchun mijoz bankga qancha mablag’ qo’yishi kerak? 8. 5 mln. so’m miqdoridagi mablag’ 1,5 yilga yillik 14% stavka bilan kreditga berildi. Yillik inflyatsiya darajasi 4% bo’lsa, qarz muddati tugashiga o’tkazilgan to’lov qiymatini aniqlang (murakkab foizli stavka). 9. 100 mln. so’m miqdoridagi mablag’ 2 yilga yillik 14% stavka bilan kreditga berildi. Yillik inflyatsiya darajasi 5% bo’lsa, qarz muddati tugashiga o’tkazilgan to’lov qiymatini aniqlang (murakkab foizli stavka; Tyil=365 kun). 10. Mijoz 3 yildan so’ng 5 mln. so’m mablag’ini 8 mln. so’m qilib olishi uchun qanday murakkab foizli bank jamg’armasiga qo’yishi kerak bo’ladi? 11. Mijoz 1,5 yildan so’ng 4 mln. so’m mablag’ini 5 mln. so’m qilib olishi uchun qanday murakkab foizli bank jamg’armasiga qo’yishi kerak bo’ladi? 12. Bankning yillik foiz stavkasi 12% bo’lib, foizlarni har kvartalda o’tkazganida investorning 30 mln. so’mlik boshlang’ich mablag’i qancha muddatdan so’ng 50 mln. so’m bo’ladi? 13. Bankning yillik foiz stavkasi 15% bo’lib, foizlarni har kvartalda o’tkazganida investorning 50 mln. so’mlik boshlang’ich mablag’i qancha muddatdan so’ng 70 mln. so’m bo’ladi? 14. Foizlar har yarim yilda o’tkazilganda boshlang’ich mablag’ qanday yillik stavkada 3 yil ichida 1,5 barobar oshadi? 15. Foizlar har chorakda o’tkazilganda, boshlang’ich mablag’ qanday yillik stavkada 3 yil ichida 2,5 barobar oshadi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling