Moliyaviy matematika fanidan on savollari va masalalar


V. To’lov va foiz stavkalarining ekvivalentligi


Download 168.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana10.08.2023
Hajmi168.81 Kb.
#1666160
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-курс ММ ОН саволлар ва мисоллар

V. To’lov va foiz stavkalarining ekvivalentligi. 
Matematik diskontlash va bank hisobi. 
1. $1 500 miqdoridagi mablag’ 3 yilga murakkab yillik 12% stavka bilan 
kreditga berildi. Ekvivalent oddiy foizli stavkani toping? 
2. Foizlar har chorakda o’tkazilganda, boshlang’ich mablag’ qanday yillik 
stavkada 3 yil ichida 2.5 barobar oshadi? Shu stavka manfaatlimi yoki yiliga 12% 
daromad beradigan qo’yilmami? 
3. Foizlar har yilda o’tkazilganda, boshlang’ich 50 mln. so’m mablag’ qanday 
yillik stavkada 5 yildan so’ng75 mln. so’m bo’ladi? Shu stavka manfaatlimi yoki 
yiliga 18% daromad beradigan qo’yilmami? 
4. Foizlar har yarim yilda hisobga olinadigan murakkab yillik 15% stavkasi 
manfaatlimi yoki foizlar har chorakda hisobga olinadigan murakkab yillik 12% 
stavka manfaatlimi? 


5. Foizlar har chorak yilda hisobga olinadigan murakkab yillik 20% stavkasi 
manfaatlimi yoki foizlar har oyda hisobga olinadigan murakkab yillik 14% stavka 
manfaatlimi? 
6. Foizlar har yarim yilda hisobga olinadiganmurakkab yillik 15% stavkasi 
manfaatlimi yoki oddiy 28% stavka manfaatlimi? 
7. Yarim yildan so’ng qarz oluvchi 1 mln. so’m qaytarishi kerak. Kredit yillik 
20% oddiy stavka bilan berilsa, qarz oluvchi bitim tuzgach qancha miqdorda kredit 
oladi? (matematik diskontlash). 
8. 2 yildan so’ng qarz oluvchi 5 mln. so’m qaytarishi kerak. Kredit yillik 22% 
murakkab foizli stavka bilan berilsa, qarz oluvchi bitim tuzgach qancha miqdorda 
kredit oladi? (matematik diskontlash). 
9. Firmaga 5 yildan so’ng 30 mln. so’m kerak bo’ladi. Bankning yillik foizi 
stavkasi 15% va foizlar har kvartal oxirida o’tkaziladigan bo’lsa, 5 yildan so’ng 
firma 30 mln. so’m olishi uchun bankka hozir qancha so’m qo’yishi kerak? 
(matematik diskontlash). 
10. Veksel 50000 so’mga 17 noyabrgacha berildi. Veksel egasi (sotib olgan 
shaxs) uni bankda 19 avgustda 8% hisob stavkasi bilan hisobga oldirdi. Veksel olish 
uchun to’langan miqdorni va diskontni amalga oshirgan bank daromadini aniqlang 
(bank hisobiga olish, oddiy diskontlash).
11. Qarz oluvchiga bank 5,5 mln. so’mni 2 yildan so’ng qaytarish sharti bilan 
12% hisobga olish stavkasi bilan berdi. Shu miqdorni hozirgi miqdorini (qarz 
oluvchini hozirda qo’liga tegadigan miqdorni) aniqlang (bank hisobiga olish
murakkab diskontlash). 
12. Qarz oluvchiga bank 10 mln. so’mni 5 yildan so’ng qaytarish sharti bilan 
9% hisobga olish stavkasi bilan berdi. Shu miqdorni hozirgi miqdorini (qarz 
oluvchini hozirda qo’liga tegadigan miqdorni) aniqlang (bank hisobiga olish, 
murakkab diskontlash). 
13. 5 mln. veksel 02.06 da so’ndiriladi, 20 mln. veksel muddati 01.09. gacha. 
Bu veksellarning muddati 01.12 gacha uzaytirilib almashtiriladi. Veksellarni 


birlashtirishda 15% stavka qo’llaniladi. Birlashtirilgan veksel miqdorini aniqlang 
(konsolidatsiya qilingan miqdor). 
14. 10 mln. veksel 15.07 da so’ndiriladi, 18 mln. veksel muddati 15.09. gacha. 
Bu veksellarning muddati 10.11 gacha uzaytirilib almashtiriladi. Veksellarni 
birlashtirishda 12% stavka qo’llaniladi. Birlashtirilgan veksel miqdorini aniqlang 
(konsolidatsiya qilingan miqdor). 

Download 168.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling