Moliyaviy matematika fanidan on savollari va masalalar
VI. Kredit. Qarzni so’ndirish va amortizatsiyalash
Download 168.81 Kb. Pdf ko'rish
|
2-курс ММ ОН саволлар ва мисоллар
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha moliyaviy hisoblar. Aksiya. Obligatsiya.
VI. Kredit. Qarzni so’ndirish va amortizatsiyalash.
1. Kreditor bankdan yillik 8% stavka bilan 6 yilga 50 000$ qiymatda, foizlarni (bank foizi 10%) har yili to’lash sharti bilan qarz oldi. Kreditorning yillik harajatini toping? 2. Kreditor bankdan 12% bilan $80 000 qiymatda 8 yilga qarz oldi. Kreditorning asosiy qiymatni har yili teng to’lovlar bilan qarzni qoplash rejasi qanday bo’ladi? 3. 8 mln. so’mlik iste‘mol krediti 20% stavka bilan 4 yilga berildi. Uni har kvartalda teng badallar o’tkazish bilan qoplanadi. Badal qiymatini va kredit narxini aniqlang. 4. 10 mln. so’mlik iste‘mol krediti 15% stavka bilan 5 yilga berildi. Uni har yarim yilda teng badallar o’tkazish bilan qoplanadi. Badal qiymatini va kredit narxini aniqlang. 5. Reja bo’yicha yillik tushum qiymati $50 000 bo’lgan 5 yilga mo’ljallangan, foyda me’yori 8% dan iborat bo’lgan $250 000 mablag’li investitsion loyihani baholang. 6. Reja bo’yicha yillik tushum qiymati $40 000 bo’lgan 4 yilga mo’ljallangan, foyda me’yori 8% dan iborat bo’lgan $100 000 mablag’li investitsion loyihani baholang. 7. Besh yil davomida yillik tushumlar qiymati mos ravishda $40 000, $50 000, $60 000, $80 000, $90 000 va bank foizi 10% bo’lganda $100 000 qiymatli investitsiyani qoplash muddatini aniqlang? 8. Besh yil davomida yillik tushumlar qiymati mos ravishda $45 000, $150 000, $550 000, $450 000, $500 000 bo’lganda $1500 000 qiymatli loyihaning ichki daromad stavkasini aniqlang? VII. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha moliyaviy hisoblar. Aksiya. Obligatsiya. 1. Bankning yillik stavkasi 10% bo’lganda, 4 yil muddatli yillik 15% kuponli obligatsiyani a) emissiya momentidagi; b) 1 yildan; c) 2 yildan so’ng; kursini baholang. 2. Bankning yillik stavkasi 25% bo’lganda, 6 yil muddatli har yarim yilda 12% kupon to’lovli obligatsiyani a) emissiya momentidagi; b) yarim yildan; c) 2 yildan; d) 1yilu 3 kvartaldan so’ng kursini baholang. 3. Bankning yillik stavkasi 25% bo’lganda, nominal qiymati 10 ming so’m bo’lgan 4 yil muddatli, yillik 25% kupon to’lovli obligatsiyani a) emissiya momentidan yarim yildan so’ng; b) emissiya momentidan 1yilu 3 kvartaldan so’ng; c) emissiya momentidan 3,5 yildan so’ng to’la va sof narxini aniqlang. 4. So’ndirish muddati 4 yil va kupon foizi joriy bozor foiziga teng bo’lgan 15%li obligatsiya uchun dyuratsiyani emissiya va ikkinchi kupon to’lovidan keyingi momentda hisoblang. 5. So’ndirish muddati 4 yil va kupon foizi joriy bozor foiziga teng bo’lgan 20% li obligatsiya uchun dyuratsiyani emissiya va ikkinchi kupon to’lovidan keyingi momentda hisoblang. 6. So’ndirish muddati 7 yil va kupon foizi 30%, kursi $110.5 bo’lgan obligatsiyaning daromadliligini aniqlang. 7. So’ndirish muddatigacha 6 oy qolgan, kupon foizi 25% , kupon to’lovi har chorakda to’lanadigan, kursi $106.58 bo’lgan obligatsiya harid qilindi. Uning daromadliligini yillik murakkab va oddiy foiz stavkasi ko’rinishida aniqlang. 8. O’sish tempi nol, dividend miqdori 5000 so’m, daromadlilik darajasi 15% bo’lgan aksiyaning narxini toping? 9. O’tgan yildagi dividendi 10000 so’m, dividendning kutilayotgan yillik o’sish tempi (darajasi) 15% , daromadlilik darajasi 20% bo’lgan aksiyaning narxini toping? 10. O’tgan yildagi dividendi $500, dividendning kutilayotgan yillik o’sish tempi (darajasi) 15%, narxini $2000 bo’lgan aksiyaning joriy daromadlilik darajasini toping? Download 168.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling