“Moliyaviy menejment” fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari


Download 73.82 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi73.82 Kb.
#1278662
Bog'liq
Moliyaviy menejment

“Moliyaviy menejment” fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari

1. Moliyaviy menejment fanining nazariy asoslari va rivojlanish tarihi

2. Moliyaviy menejmentda boshqarish ob’ekti va sub’ekti

Moliyaviy menejment fanining nazariy asoslari va rivojlanish tarihi

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda turli mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi, iqtisodiyotni bozor qonuniyatlariga asoslangan holda boshqarish tizimining takomillashuvi, biznesning turlari va zamonaviy yo’nalishlarini vujudga kelishi hamda ular faoliyatlarini samarali amalga oshirishda oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida moliyaviy resurslarning ahamiyati va ularni optimal boshqarishni tashkil qilish va shu kabilar, moliyaviy menejmentni mustaqil fan sifatida shakllanishiga muhim turtki bo’ldi


Fanning dastlabki nazariy elementlari XX-asrning 30-yillarida paydo bo’la boshlagan. Xususan, Dj. Vilyams tomonidan 1938 yilda, «moliyaviy aktivlarning qiymatini baxolash» modelini yaratilishi moliyaviy menejment fanining nazariyasini shakllanishiga muhim turtki bo’lgan.
60-yillarga kelib G.Markovitsa, U.Sharpa, Dj.Mossina kabi olimlar tomonidan, moliyaviy aktivlarning daromadliligini baxolash modelining (Capital Asset Pricing Model, CAPM) ishlab chiqilishi yuqoridagi nazariyaning keyingi rivojlanish bosqichi bo’ldi.

Stiven Ross tomonidan ishlab chiqilgan “Arbitraj baho shakllanish nazariyasi” (“Arbitrage Pricing Theory”) (ART) tavakkalchilikni oshirmasdan o’z portfeli daromadliligini orttirish imkoniyatidan, har bir sarmoyador foydalanishga intilishi g’oyasiga asoslanadi. Arbitraj portfel yordamida bunday imkoniyat amalga oshirilishi mumkin.

Stiven Ross tomonidan ishlab chiqilgan “Arbitraj baho shakllanish nazariyasi” (“Arbitrage Pricing Theory”) (ART) tavakkalchilikni oshirmasdan o’z portfeli daromadliligini orttirish imkoniyatidan, har bir sarmoyador foydalanishga intilishi g’oyasiga asoslanadi. Arbitraj portfel yordamida bunday imkoniyat amalga oshirilishi mumkin.

Moliyaviy menejmentda arbitraj (arbitrage) deganda bir xil aktivlarga turli baholardan foydalanish yo’li bilan tavakkalchiliksiz daromad olish tushuniladi. Arbitraj keng tarqalgan investitsion taktika bo’lib hisoblanadi va bir davrning o’zida bir xil aktivlarni (yoki uning funktsional ekvivalentini) nisbatan yuqori baholarda sotish va nisbatan past narxlarda sotib olishdan iborat.


Download 73.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling