- 1. Moliyaviy menejment fanining nazariy asoslari va rivojlanish tarixi
- 2. Moliyaviy menejmentda boshqarish obyekti va subyekti
- 3. Moliyaviy menejmentning maqsad va vazifalari
- 1-MAVZU: “MOLIYAVIY MENEJMENT” FANINING PREDMETI, OBʼEKTI, MAQSAD VA VAZIFALARI
- Moliyaviy menejment - bu xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy resurslarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan samarali foydalanish jarayonini boshqarish hamda moliyaviy mablag’lar harakatini optimallashtirish jarayoni.
- Fanning dastlabki nazariy elementlari XX-asrning 30-yillarida paydo boʻla boshlagan. Xususan, Dj. Vilyams tomonidan 1938-yilda, “moliyaviy aktivlarning qiymatini baholash” modelini yaratilishi moliyaviy menejment fanining nazariyasini shakllanishiga muhim turtki boʻlgan. 60-yillarga kelib G.Markovitsa, U.Sharpa, Dj.Mossina kabi olimlar tomonidan, moliyaviy aktivlarning daromadliligini baholash modelining (Capital Asset Pricing Model, CAPM) ishlab chiqilishi yuqoridagi nazariyaning keyingi rivojlanish bosqichi boʻldi.
- Moliyaviy menejmentning mustaqil fan sifatida shakllanishi yaqin oʻtmishga borib taqaladi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda turli mulkchilik shakllarining paydo boʻlishi, iqtisodiyotni bozor qonuniyatlariga asoslangan holda boshqarish tizimining takomillashuvi, biznesning turlari va zamonaviy yoʻnalishlarini vujudga kelishi hamda ular faoliyatlarini samarali amalga oshirishda oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish sohalarida moliyaviy resurslarning ahamiyati va ularni optimal boshqarishni tashkil qilish hamda shu kabilar, moliyaviy menejmentni mustaqil fan sifatida shakllanishiga muhim turtki boʻldi.
Moliyaviy menejmentning rivojlanish bosqichlari | | | | - Moliyaviy menejmentning mustaqil soha sifatida shakllanishi
| - Qattiq nazorat
- Xarajatlarni optimallashtirish
- Moliyaviy operatsiyalarni to'g’ri yuritish
| | | - Moliyaviy rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish funksiyalarining belgilanishi
| - 1993 yildan xozirga qadar
| | - Qaror qabul qilishning universal tartiblarini ishlab chiqish
- Moliyaviy boshqaruv tizimi elementlarini belgilash
- Elementlarning o'zaro aloqolarini aniqlash
| - 1938-yilda Dj. Vilyamsonning “Moliyaviy aktivlarni qiymatini baholash modeli” ni yaratilishi moliyaviy menejment fanini mustaqil fan sifatida shakllanishida asosiy nazariyalardan biri boʻlib hisoblanadi.
- 1958-yilda F.Modilyani va M.Millerlarning“Kapital qiymati, korporativ moliya va investitsiyalar nazariyasi”
- Keyinchalik G.Markovitsa, U.Sharpa, Dj.Mossina kabi olimlar tomonidan yaratilgan, moliyaviy aktivlarning daromadliligini baholash modeli (Capital Asset Pricing Model, CAPM)
- V.Sharp, R.Merton, F.Blek, M.Shoulzlarning “Opsion baho shakllanish nazariyasi” (“Option Pricing Theory”).
- Stiven Ross tomonidan ishlab chiqilgan “Arbitraj baho shakllanish nazariyasi” (“Arbitrage Pricing Theory”) (ART)
- Mazkur nazariya mualliflari, aksariyat hollarda kapital strukturasi deb nomlanuvchi, moliyalashtirish manbalari strukturasini samarali boshqarish muammosini hal qilish boʻyicha ikki yondashuvni taklif etadi
- Moliyalashtirish strukturasi deganda barcha moliyalashtirish manbalarini nazarda tutadi
- Kapital strukturasi deganda esa faqatgina uzoq muddatli manbalarni (oʻz va uzoq muddatli qarz kapitalini) nazarda tutadi
- Moliyalashtirish manbalarining qiymati ularning strukturasiga bogʻliq. Bunda kapitalning oʻrtacha qiymati minimal va mos ravishda korxonaning bozor qiymati maksimal boʻlgan moliyalashtirishning maqbul strukturasi mavjud.
- Qarz kapital qiymati va korxonaning bozor qiymatining oʻzaro aloqadorligini rad etib, moliyalashtirish manbalari qiymatini pasaytirish hisobiga korxona bozor qiymatini oshirish mumkin emasligi haqidagi fikr ilgari suriladi.
- AQSH olimlari Djeyms K.Van Xorn va Djon M.Vaxovich
- Moliyaviy menejment (financial management) — aniq bir maqsadlarni realizatsiyasiga yoʻnaltirilgan aktivlarni moliyalashtirish va boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv qarorlarini qabul qilishdir. Ularning fikriga koʻra firma va kompaniyalarning maqsadlari turli xil boʻlishiga qaramay, ulardan asosiysi firma va kompaniya egalarining moliyaviy holatini maksimallashtirishdir.
- Rus iqtisodchi olimi G.B. Polyak
- Moliyaviy menejment – korxonalarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish, aylanma mablagʻlarni boshqarish jarayonidir. Moliyaviy menejment korxonalarda moliyaviy resurslar va aylanma mablagʻlarni boshqarish jarayonida foydalaniladigan usullar, qoʻllanmalar va shakllarning (forma) tizimidir.
- Rus iqtisodchi olimi I.Ya. Lukasevich
- Moliyaviy menejment – bu xoʻjalik subyektining joriy va strategik maqsadlariga erishishda, ularning moliyaviy resurslari va moliyaviy faoliyatini boshqarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |