Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli


Download 103.13 Kb.
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi103.13 Kb.
#1029999
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli

Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bo’lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko’ra bilish va moliyaviy rejalarning ko’rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi.


Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:
o’rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash;
uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash

Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qo’llanilishini taqozo etadi.

Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qo’llanilishini taqozo etadi.

Ularning eng asosiylari quyidagilar bo’lishi mumkin:


ekonometrik model yaratish
korrelyatsion- regression tahlil
bevosita ekspert baholash metodi

Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-maqsadli

Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-maqsadli

yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagilarning bo’lishini ko’zda tutadi:


yo’nalishlar bo’yicha davlat xarajatlarining ustuvorlarini belgilash (o’rnatish);
davlat mablag’lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda moliyalashtirishni to’xtatish;

Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo’ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag’ishlangan moliyaviy siyosatning kontseptsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o’zida muhim bosqichi bo’lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’ektlari oldida turgan sotsial-iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli stsenariyalari ishlab chiqiladi.


Download 103.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling