Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli


Download 103.13 Kb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi103.13 Kb.
#1029999
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli

Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli

REJA:

Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati, maqsadi, vazifalari va tamoyillari

Moliyaviy rejalashtirish – boshqarishing tarkibiy qismi bo’lib, pul mablag’larini tashkil etish, taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish jarayonlarini rejali boshqarishdir.


Moliyaviy rejalashtirish
Moliyaviy resurslarning balansliligini va mutanosibligini ta`minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi
Umumiy va oddiy ko`rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshrishi jarayoni nazarda tutiladi
Moliyaviy rejalashtirishni asosiy ob’ekti – moliyaviy resurslardir. Ular jami ijtimoiy mahsulotning va milliy daromadning manbai bo’lib, ularning tarkibiga xalq xo’jaligining pul jamg’armalari, amortizatsiya ajratmalari, tashqi iqtisodiy aloqalardan tushadigan tushumlar va aholidan tushadigan daromadlar kiradi.
Moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadi bo’lib – moliyaviy resurslar hajmining o’sishi va ularga bo’lgan ehtiyojlar ko’payishining mosligini ta’minlash; resurslarni tashkil topishi manbalarni ko’payishini mosligini ta’minlash; resurslarni tashkil topish manbalarni va shu manbalarni sarflashda konkret yo’nalishlarini aniqlash; halq xo’jalik sohalari va regionlar orasida ularning taqsimlanishini optimal va proportsional ravishda belgilash maydonga chiqadi.
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
taraqqiyotning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va moliya-viy tahlil qilish;
investitsion menejment;
kapitallar menejmenti;
jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bo’sh turgan mablag’lar-ni joylashtirish menejmenti;
faoliyatning boshqa ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari:
ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
kapitalni samarali joylashtirish yo’llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;
kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o’rnatish;
Pul mablag’laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo’yicha ichki rezervlarni qidirib toppish;
korxonaning moliyaviy ahvoli, to’lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o’rnatish;

Download 103.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling