Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli


Download 103.13 Kb.
bet4/5
Sana18.12.2022
Hajmi103.13 Kb.
#1029999
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli

Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo’ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag’ishlangan moliyaviy siyosatning kontseptsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o’zida muhim bosqichi bo’lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’ektlari oldida turgan sotsial-iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli stsenariyalari ishlab chiqiladi.

Hozirgi paytda dunyoning juda ko’p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo’yicha balanslilikka yo’naltirilgan ilmiy- tadqiqot, tashkiliy-xo’jalik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat bo’lgan maqsadli kompleksli dasturlarlardan keng foydalanilmoqda.

Kapitallar menejmenti

Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi (o‘lchami)dan qat’iy nazar kapitalga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar firmaning jismoniy kapitali hisoblanadi.

Firmalarga jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar moliyaviy kapital deyiladi.


KAPITAL
MOLIYAVIY KAPITAL
Jismoniy kapitalni sotib olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar, kreditlar va h.k.lar
JISMONIY KAPITAL
Bino, inshoot, mashina uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar
Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgi (aniq)lab olgach, kompaniya menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o‘tkaziladigan laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxonalar va boshqa uzoq muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi. Bu jarayon investitsiyalarni rejalashtirish (capital budgeting process) deb ataladi.
 
Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon strategik rejalashtirish deb ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan, uni moliyaviy qarorga kiritish mumkin.

Download 103.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling