Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli

Download 103.13 Kb.
bet5/5
Sana18.12.2022
Hajmi103.13 Kb.
#1029999
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli

Korporatsiya kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qismi egalaridan har biri korporatsiya daromadining qancha qismini olishini belgilab beradi. Masalan, obligatsiya egalari, odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi, aksiyadorlarga esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini olgandan keyin qolgan mablag‘ to‘lanadi. Kompaniya ishining qanday nazorat qilinishi qisman kapital tuzilmasiga bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar kengashiga o‘z vakillarini saylash huquqidan foydalangan holda boshqaradilar, obligatsiyalar chiqarish va kompaniyaning boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p hollarda, undan ma’lum shartlarni bajarishni taqozo etadi, ushbu shartlar, o‘z navbatida, kreditorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda ko‘zda tutilgan bo‘ladi (covenants ) va boshqaruv xodimlari faoliyatini cheklaydi. Ushbu shartnoma cheklovlari tufayli kreditorlar ma’lum darajada kompaniya menejerlarining ishi (faoliyati)ni nazorat qila oladilar. Aylanma kapitalni boshqarish sifati firma muvaffaqiyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Agar menejerlar kompaniyaning kunlik moliyaviy ishlariga doimiy diqqat qilmasalar (e’tibor bermasalar), eng oqil tuzilgan uzoq muddatli reja ham ko‘ngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Hatto o‘sib kelayotgan muvaffaqiyatli firmada ham kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari vaqt jihatidan aniq bir-biriga mos tushmasligi mumkin. Menejerlar mijozlar o‘z hisoblari bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida amalga oshirishlarini muntazam tekshirib turishlari kerak va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, menejerlar firma moliyasi ustidan umumiy boshqaruvni shunday amalga oshirishlari kerakki, pul mablag‘larining operatsion defitsiti doimo to‘ldirilib turishi, ortiqchasi yaxshi daromad olib keladigan tarzda investitsiya qilinishi kerak.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling