Fransuz olimi A.Fayol rejalashtirishning asosiy to’rtta: birlik, uzluksizlik, moslashuvchanlik va aniqlik tamoyillarini ko’rsatib, ularni oqilona ish yuritish dasturining umumiy belgilari deb nomlagan. Fransuz olimi A.Fayol rejalashtirishning asosiy to’rtta: birlik, uzluksizlik, moslashuvchanlik va aniqlik tamoyillarini ko’rsatib, ularni oqilona ish yuritish dasturining umumiy belgilari deb nomlagan.
Uzluksizlik tamoyili korxonalarda moliyaviy rejalashtirish muntazam belgilangan tsikl doirasida amalga oshirilishini va ishlab chiqilgan moliyaviy rejalar bir-birlarini navbatma-navbat almashtirishini bildiradi.
Moslashuvchanlik tamoyili kutilmagan vaziyatlar vujudga kelishi munosabati bilan moliyaviy rejalar va moliyaviy rejalashtirish jarayonining yo’nalishini o’zgartira olish layoqatini bildiradi. Moliyaviy rejalar ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgargan holda, ularga o’zgartirishlar hamda qo’shimchalar kiritish mumkin bo’ladigan qilib tuzilishi kerak. Shuning uchun, moliyaviy rejalar “xavfsizlik yostiqchalari” deb ataluvchi tushunchalarni o’z ichiga oladi.
Aniqlik tamoyili har qanday moliyaviy reja imkon qadar yuqori darajada aniq tuzilishi lozimligini bildiradi. Boshqacha aytganda, moliyaviy reja korxona faoliyatining tashqi va ichki sharoitlari imkon beradigan darajada aniq hamda batafsil bo’lishi lozim.
Birlik tamoyili korxonada rejalashtirishning tizimli amalga oshirilishini nazarda tutadi. “Tizim” tushunchasi uni tashkil etuvchi elementlar o’rtasidagi sabab-oqibatli, uzviy aloqadorlikni va ularning yagona maqsadga yo’naltirilganligini bildiradi. Korxonaning bo’linmalari va rejalashtirish jarayonining alohida qismlari rejalashtirish tizimining elementlari bo’lib hisoblanadi. Bo’linmalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik gorizontal darajalarda muvofiqlashtirish asosida amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |