Moliyaviy risklarni tasniflanishi


-jadval. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning turlari4


Download 147.32 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi147.32 Kb.
#1569736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Moliyaviy risk kurs ishi asosiy 23.05123

2-jadval. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning turlari4



  • Tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan tavakkalchilik ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin:

  • boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa sohalarda noto‘g‘ri o‘arorlar qabul qilishi;

  • xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi xatoliklar;

  • xodimlarning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuvi;

  • -subyektni rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto‘g‘ri shakllantirish;

  • o‘zini qoplamaydigan va aniq hisob-kitoblar qilinmagan loyihalarga qo‘l urish;

  • daromadlar va xarajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik;

  • biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuv;

  • buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq yuritmaslik;

  • hisobot shakllarini to‘g‘ri va aniq to‘lg‘asmaslik;

  • bozor konyukturasini, raqobat muhitini, talab va taklif nisbatini, iste’molchilarning hatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib bormaslik.

Misol uchun, odamning fond bozoridagi operatsiyalari bilan bog‘liq riskni tahlil qilaylik. Agar siz birja brokeri sifatida faoliyat yuritsangiz, u holda kelgusi daromadlaringiz fond bozori qanchalik yaxshi ishlashiga juda kuchli bog‘liq bo‘ladi. Sizdagi qobiliyatlar va mehnat ko‘nikmalarini (ya’ni, inson kapitalini) qo‘llashdan olinadigan daromad fond bozoridagi faollikka bog‘liq, o‘z navbatida, qolgan kapitalni (pul shaklida) aksiyalarga kiritishingiz maqsadga muvofiq emas. Boshqa tomondan, yoshiga ko‘ra sizga tengqur va siz bilan bir xil miqdorda pul ishlab topayotgan davlat xizmatchisiga o‘z investitsiyaviy portfelining salmoqli qismini aksiyalarga joylashtirishni maslahat berishingiz mumkin, chunki uning inson kapitali fond bozori bilan bog‘liq riskka uncha moyil emas. Risklar muammosini har tomonlama ko‘rib chiqishning bu tamoyili firmalarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Misol tariqasida, xomashyo sotib olgan va o‘z mahsulotlarini chet el valutasida fiksirlangan narxda chet elga sotadigan firmaga ta’sir qiluvchi valuta kursi tebranishlari bilan bog‘liq noaniqlikni ko‘rib chiqamiz.
Kompaniya menejerlari uchun valuta ayirboshlash kursi bilan bog‘liq noaniqlikni faqatgina kompaniya daromadlari yoki faqat uning xarajatlari bo‘yicha ko‘rib chiqishdan ma’no yo‘q. Kompaniyaning barcha aksiyadorlari uchun ushbu noaniqlikning aniq natijasi muhim, ya’ni, kompaniyaning daromadlaridan xarajatlari ayirib tashlanganda olingan natija. Holbuki, ayirboshlash kurslarining tebranishi kompaniyaning daromadlariga ham, xarajatlariga ham bir xil ta’sir qilgani bois, valuta ayirboshlash kursi bilan bog‘liq noaniqlikning kompaniyaga ta’siri nolga teng bo‘lib chiqishi mumkin. Riskni baholash deganda risklarni boshqarishning birinchi bosqichida aniqlangan risklar turiga taalluqli xarajatlarni miqdoriy belgilash tushuniladi. Bunda matematik metodlar va hisoblashlardan tashqari boshqa ma’lumotlar ham zarurligini tushunish kerak. Masalan, muayyan yoshda yoki sog‘lom paytda odamning kasallanish ehtimolini qanday baholash mumkin? Davolanish qancha turadi? Ushbu shaxsning bunday riskka moyilligini baholash uchun albatta ma’lumot zarur. Tabiiyki, tegishli ma’lumot kerak va ularni olish uchun pul to‘lash lozim. Mazkur turdagi axborotni taqdim etish sug‘urta kompaniyalarining eng muhim vazifalaridan biridir.
Matematika va statistika bo‘yicha maxsus ta’lim olgan mutaxassis – aktuariy (sug‘urta jamiyatining statistigi) shu bilan shug‘ullanadi. U ma’lumotlarni yig‘adi, tahlil qiladi, kasallik, falokat va shunga o‘xshash risklar ehtimolini baholaydi. Moliyaviy aktivlarga investitsiyalar riskiga kelsak, uy xo‘jaligi va kompaniyalarga ko‘pincha ekspert maslahati zarur bo‘lib, bu ularning u yoki bu riskka moyillik darajasini aniqlash va turli xil aktivlarga, masalan, aksiyalar yoki obligatsiyalarga investitsiya kiritish riski va bundan olinadigan daromad o‘rtasidagi nisbatni miqdoriy ifodalash imkonini beradi. Bunday hollarda, odatda, investitsiyalar bo‘yicha professional konsultantlarga, investitsion fondlarga va boshqa moliyaviy vositachilarga yoki moliyaviy xizmatlar taqdim etuvchi boshqa firmalarga murojaat qilinadi, ular esa riskni to‘g‘ri baholashga ko‘maklashadi. Risk menejmentini risklarni baholash, risklarni va moliyaviy munosabatlarni boshqarish, ehtimoliy zararlarni kompensatsiyalash tizimi sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin va u boshqaruv harakatlari strategiyasi va taktikasini ham o‘z ichiga oladi.
Strategiya deganda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun vositalardan foydalanishning yo‘nalishlari va usullari tushuniladi. Strategiya muayyan qoidalar va cheklovlarni qo‘llagan holda strategiyaning asosiy yo‘nalishiga zid bo‘lmagan qarorlarning turli xil variantlarini ko‘rib chiqib, eng yaxshi yechimni tanlash imkonini beradi. Taktika deganda muayyan sharoitda belgilangan maqsadga erishish uchun menejmentning amaliy metodlari va usullari hamda ushbu xo‘jalik vaziyatida optimal yechimni tanlash tushuniladi.
Risk strategiya – bu risklarni prognozlash va uni kamaytirish usullariga asoslangan noaniq xo‘jalik vaziyatida risklarni boshqarish san’atidir. Ushbu strategiyada qoidalar mavjud bo‘lib, ularning asosida qidiruv qarorlari va yechim variantlarini tanlash usullari qabul qilinadi. Risk menejmenti usullari riskni boshqarish usullarini o‘zida aks ettiradi. Risklarni boshqarish tizimida uning samaradorligini sezilarli darajada belgilab beruvchi riskdan ogohlantirish va uni minimallashtirish choralarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Ular risklarni bartaraf etish vositalari va risk darajasini kamaytirish usullaridan iborat.
Risklarni bartaraf etish vositalari quydagilar hisoblanadi: - riskdan qochish. Bu muayyan risk turiga duchor bo‘lmaslikka qaratilgan ongli qaror. Biror shaxs o‘ziga tegishli kasb bilan bog‘liq riskka duch kelmaslik yoki ayrim kompaniyalarda ishlamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin, ular ma’lum sohalarda ishlashdan o‘zini chetga olishi mumkin, chunki ular unga haddan tashqari riskli tuyuladi. Ammo riskdan qochish har doim ham mumkin emas. Masalan, har bir kishi kasal bo‘lib qolish riskiga moyil, chunki u shunchaki odam va barcha odamlar kasallanadi. Bu muqarrar hodisadir. - zararni bartaraf etish. Yo‘qotish ehtimolini kamaytirish va buning oqibatlarini minimallashtirish bo‘yicha qo‘llanilgan harakatlarga olib keladi. Bunday harakatlar zarar yetkazilmasdan oldin, zarar ko‘rish paytida va zarar ko‘rilgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
Misol uchun, agar siz yaxshi ovqatlansangiz, yetarlicha uxlasangiz, chekmasangiz va tumovga chalingan odamlardan uzoq tursangiz, ushbu kasallik riskini kamaytirishingiz mumkin. Agar siz baribir shamollab qolsangiz, yotib davolanishingiz va bu bilan sizdagi betoblik o‘pka yallig‘lanishiga aylanib ketishi ehtimolini minimum darajaga tushirishingiz mumkin. - riskni qabul qilish. O‘z resurslari hisobidan zararlarni qoplashdan iborat. Ba’zi hollarda, masalan, kishi risk mavjudligidan shubhalanmasa yoki unga e’tibor bermasa, bu o‘zidan o‘zi yuz beradi. Odamlar ongli ravishda riskka borishga qaror qilgan holatlar ham uchraydi.
Xususan, ayrimlar kasallikka chalinganda ishlab topilgan mablag‘larining bir qismini sarflashni afzal ko‘rgan holda, tibbiy sug‘urtadan voz kechishadi. Oilaning omonat jamg‘armasi – riskni qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlarni yengillashtiradigan vositalardan biri. - riskni o‘tkazish. Riskni boshqa shaxslarga o‘tkazishdan iborat. Risk mavjud qimmatli qog‘ozlarni boshqasiga sotish va sug‘urta polisini sotib olish bunday risklarni boshqarish strategiyasiga misol bo‘la oladi. Yana bir misol: siz riskdan qochish uchun hech qanday choralar ko‘rmaysiz va yetkazilgan zarar boshqa kimningdir hisobidan qoplanishini chamalaysiz.




Download 147.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling