Moliyaviy risklarni tasniflanishi


Kurs ishining ilmiy ahamiyati


Download 147.32 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi147.32 Kb.
#1569736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Moliyaviy risk kurs ishi asosiy 23.05123

Kurs ishining ilmiy ahamiyati. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida yuzaga keluvchi risklar bo’lsa, uning subyekti sifatida riskga o’z ta’sirini o’tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo`yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning xo`jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim. Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning barcha imkoniyatlaridan to`la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Kurs ishining ob’ekti. Hozirgi paytda O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko`zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo’jalik subyektlari qat’iy yo’riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo’yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o`ylashga to`g`ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko`rish mumkinligi aniq bo`lar edi. Ko`rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba`zi xollarda turli xil yo`qotishlar bilan birga budjet mablag`lari hisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko`rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o`zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo`q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog`liq bo`lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo`lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo`q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko`ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko`rish lozim.

Download 147.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling