Moliyaviy risklarni tasniflanishi
Download 147.32 Kb.
|
Moliyaviy risk kurs ishi asosiy 23.05123
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining adabiyotlar sharixi tahlili
Kurs ishining pretmedi. Moliyaviy risklar - moliya-bank sohasi faoliyatida yuzaga keluvchi risklar, ularning turlari, tahlili va ularni hisoblash yo`llari, tijorat banklari kredit siyosati va uning mezonlari, tijorat banklarining kreditlash jarayoni bilan bog`liq risklar, mijozning kreditga layoqatlilik ko`rsatkichlari va ularni takomillashtirish yo`llari, moliya sohasi korxonalari faoliyatida yuzaga keluvchi boshka risklar va ularni boshqarish masalalarini o`z ichiga olgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o`ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi. Riskning ikkita funksiyasi bor: rag`batlantiruvchi va himoyalovchi. Kurs ishining metodikasi. Iqtisodiy risk deganda, umumiy yirik tizim va uning tarkibi rivojlanishida, shu jumladan, agar bunday tizimning umumiqtisodiy muvozanatini va uning YaIMning o`sish sur`atini jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotni chiqarish orqali o`rnatish maqsadi qo`yilgan bo`lsa, u holda ishlab chiqarish shakllarini oqilona uyg`unlashuvini tanlashda yuzaga keladigan risklar majmui tushuniladi, davlatning antitsiklik usullar va boshqalardan foydalanib samarali chora-tadbirlar o`tkazishini taqozo qiladi. Kurs ishining adabiyotlar sharixi tahlili. Riskning rag`batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya`ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o`ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko`rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi. Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o`zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug`urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug`urtalash kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo`jalik, mehnat, jinoiy qonun hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi. Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo`lib, ular qarama- qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir. Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo`ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik qilishi mumkin. Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko`rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda namoyon bo`ladi. Tanlash lozim bo`lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk bo`lmaydi. Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya`ni kutilmagan xolatlar bilan bog`liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo`lib qolaveradi. A.Marshal, Dj.fon Neyman, O.Morgenshtern, F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar: “Risk va noaniqlilik kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o`ynaydi. Xo`jalik faoliyatining ajralmas qismi bo`lgan noaniqlilik barcha murakkab va muxim iqtisodiy xodisalarning asosida yotadi. Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo`ladi”. O’tgan asrning 20-yillarida F.Nayt birinchilardan bo`lib daromad doim noaniqlilik bilan bog`liq degan fikrni olg`a suradi. P.Samuelson esa, quyidagilarni ta`kidlagan: “Noaniqlilik qarama-qarshiliklar natijasida kelib chiqadi, ya`ni insonlar nimalarni kutmoqdalar-u, nimalar sodir bo`lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon bo`ladi”. Samarali tashkil qilingan bozor iqtisodiyotida mahsulot ishlab chiqarish kam xarajat qilish bilan, uning taqsimoti esa bozor talabiga asosan amalga oshiriladi. Raqobat korxonalarning xarajatlarini iloji boricha minimum darajagacha kamaytirishga, tovarlar ishlab chiqarishni strategik rejalashtirishga va faqat bozor talabiga mos keluvchi tovarlar ishlab chiqarishga majbur qiladi. Faqat iqtisodiy erkinlik, mulkchilik xuquqi, raqobat va boshqa bozor atributlari mavjud bo`lgan xolda iqtisodiyot samarali bo`lishi mumkin. Bozorning eng muhim atributlaridan biri - bu iqtisodiy erkinlik hisoblanadi. Download 147.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling