Moliyaviy risklarni tasniflanishi


Download 147.32 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi147.32 Kb.
#1569736
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Moliyaviy risk kurs ishi asosiy 23.05123


MOLIYAVIY RISKLARNI TASNIFLANISHI

REJA:
KIRISH


1.Risknning mazmuni mohiyati va moliyaviy riskni tasniflanishi
2.Moliyaviy risklarni boshqarishning amaliy holati tahlili
3 Diversifikatsiya orqali moliyaviy risklarning kamaytirish yo’llari
XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOT

KIRISH


Kurs ishining maqsadi va dolzarbligi. Xo’jalik subyektlari o’z faoliyati jarayonida amalga oshiradigan moliyaviy-xo’jalik munosabatlarida moliyaviy yo’qotishlar ehtimoli yuzaga keladi. Mazkur moliyaviy yo’qotishlar moliyaviy risklar sifatida tavsiflanadi. Xo’jalik subyektlari faoliyatining maqsadi, raqobatdoshlik sharoitida maksimal darajada foyda olishga qaratiladi. Har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishida davlatning va xo’jalik boshqaruvi organlarining zarur moliyaviy resurslarga egalik qilishi muhim o’rin tutadi. davlat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat yuritishi uchun me’yoriy va institutsional tuzil­ malarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy, amaliy, tashkiliy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi.
Kurs ishining o’rganilganlik darajasi. Insoniyatning yer yuzida paydo bo`lishi tarixiga nazar tashlansa, moliya sohasi odamlar o’rtasidagi boyliklarni natural tovar sifatida maqsadli va o’zaro manfaatli tarzda oddiy almashinuvi jarayonidan boshlangan. Hozirga kelib bozor alohida nazariyasiga va faoliyat mexanizmiga ega, yuqori darajada tartiblashgan murakkab infratuzilma shaklida namoyon bo’luvchi dinamik muhitga aylangan bo’lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini ob’ektiv belgilaydi. Bozorning dinamik muhit ekanligi unda tovarlar hajmi va ularning bahosi vaqt birligi ichida talab va taklif asosida uzluksiz jarayon sifatida o’zgarib borib shakllanishi bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishda davlat moliyasi va uning tarkibiy qismi bo`lgan moliyaviy risklari alohida o`rin egallaydi. Biz bilamizki, 2016-yilda davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya`ni qariyb 59,0 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi.
Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o’z nutqlarida - “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o`sishning yuqori sur`atlarini saqlab qolish, jumladan, davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo`lishini ta`minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir”2 – deya alohida ta`kidlab o’tdilar. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag`batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish maqsadida belgilangan vazifalardan biri korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish hisoblanadi.
Ayniqsa, bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti davrida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish quroli bo’lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib bormoqda. Hozirda bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli risklarni hisobga olish, baholash va boshqarish muhim masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun mavzuning o`rni oliy malakali kadrlarni tayyorlashda ahamiyatlidir. Ushbu mavzuni o’rganib chiqishdan maqsad – moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va boshqarish bilan bog`liq zaruriy nazariy ko`nikma va malaka shakllantirish. Mening vazifam moliyaviy risklar, bozor risklarini baholash va boshqarish bilan bog`liq nazariy va amaliy bilimlarni o`rganishdan iborat.
Moliyaviy risklar nazariyasi fani moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo’lg’usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo’naltiruvchi, hamda risklarni baholash va boshqarishning asosiy qonunlarini o’rgatuvchi fandir. Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish orqali erishish mumkin. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho’t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo’l qo’ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig’indisini o’z ichiga oladi.

Download 147.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling