Moliyaviy sektorda raqamli transformatsiya


Download 57 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi57 Kb.
#1305941
  1   2
Bog'liq
Begaydarova Madinabonu


MOLIYAVIY SEKTORDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
Ilmiy rahbar. D.Sholdаrov
Talaba. M.Begaydarova
Raqamli transformatsiya banklar uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Iste’molchilar ehtiyojlarining o’zgarishi, xarajatlarni kamaytirishga va samaradorlikni oshirishga qaratilgan urinishlar, banklardagi eski tizimlarni tark etib, zamonaviy texnologiyalarga o’tishdan boshqa variant yo’q. Biroq bunday o’zgarishlar o‘zlari bilan xavfli vaziyatlarni ham olib keladi. Bunday tizimga o’tish uchun banklar barqaror biznes modellariga ega bo’lishi kerak.
Koronavirus pandemiyasi raqamli texnologiyalarga sezirarli ta’sirini ko’rsatdi, iste’molchilarda banklar bilan aloqa qilish uchun platformalar va turli ilovalardan foydalanish ehtiyoji tug’ildi. Pandemiyaning boshlang’ich sanalaridan buyon raqamli texnologiyalaridan foydalanish keskin ravishda 23%ga oshdi.1
Ammo bu texnologik rivojlanishni yangilik deb atash maqsadga joiz emas. Bank mijozlari bir necha yillardan buyon ananaviy bank filial xizmatlaridan onlayn va mobil muqobil bank xizmatlariga o’tishmoqda.2
Iste’molchilar onlayn mahsulotlardan foydalanishga keng tarzda moslashishmoqda. Bu fintech firmalar va yirik kompaniyalar kabi yangi bozor ishtirokchilari uchun qulay interfeysli platformalarni mijozlar uchun ishlab chiqarishga imkoniyat yaratdi. Natijada mijozlarda keng va yuqori samarali imkoniyat va tanlovlar paydo bo’ldi, bu esa mijozlarning diqqatini o’ziga jalb qila boshladi.
Faqat onlayn xizmatlarni taqdim etish orqali samaradorlikka erishgan kompaniyalarga misol qilib Xitoyning WeBank tashkilotini ko’rsatishimiz mumkin. Bu 2014-yil ishga tushirilgan, va hozirda 200 milliondan ortiq xususiy va 1,2 millionga yaqin kichik va o’rta darajadagi kompaniyalarga xizmat ko’rsatadi. Biroq uning filiali yagona hisonblanib, unda atigi 2000 nafar kishi ish faoliyatini olib boradi. Shunday qilib, uning doimiy xarajatlari kamroq va mijozlardan olinadigan daromadlari esa banklar uchun o’rtacha o’ttizdan bir qismga teng, va uning kapitali rentabelligi 30%gacha oshishi mumkin. Yana bir misol, Braziliyaning NuBank kompaniyasi, ya’ni 50 million mijozga kredit kartalar va shaxsiy kreditlar taqdim etadi. Ko’p mijozlarning ananaviy banklardan kredit qarzdorliklari borligi sababli ular uchun odatiy banklardan kredit qarzlarini olish cheklangan va ular uchun onlayn bank xizmatlari eng qulay yo’l bo’lib qoladi. Lekin NuBank kompaniyasining o’z qonun-qoidalariga rioya qilgan holda mijozlarning hatti-xarakatiga va o’z talablariga qaragan holda taqdim etishadi.3 Yana bir misol tariqasida, rus Tinkoff Bankini misol qilib keltira olamiz. 2021-yilda uning mijozlari soni 18,5 millionni va kapital rentabelligi esa 42,6% ga yetdi.4
Bugungi kunga kelib esa gigant ya’ni yirik kompaniyalar bo’lmish Google, Apple va Amazon kabi kompaniyalar ham moliyaviy xizmatlarni taklif qilishni ham boshlashga muvaffaq bo’ldi. Ular tezda o’z tarmoqlarini ishlatish orqali moliyaviy sektorga kirib kelishdi, mavjud texnologiyalar va foydalanuvchi ma’lumotlaridan foydalangan holda boshqa xizmatlar va mahsulotlar bilan bog’liq muayyan moliyaviy xizmatlar tizimini yo’lga qo’ydi. An’anaga ko’ra, banklar mijozlarga tegishli ma’lumotlarni saqlovchisi bo’lib kelmoqda va mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar ulardan biri sanaladi. Ammo katta texnologik firmalar endi o’zlarining foydalanuvchilarining ma’lumotlaridan foydalangan holda shunga o’xshash baholash ishlarini amalga oshirishlari mumkin. Va endi banklarning ananviy roli ma’lumotlarni saqlashda katta bir savol sifatida qolmoqda.
Foydalanish imkoniyatining oshishi ushbu yangi bozor ishtirokchilarining muvaffaqiyatining markazidir. Boshqacha aytganda, mijozlar o’zlarining barcha moliyaviy xizmatlaridan onlayn yoki mobil qurilmalar orqali foydalanish imkoniyatini qadrlashadi. Xizmatdan foydalanish qanchalik oson bo’lsa, shuncha yaxshi. Bundan tashqari, mijozlar ko’proq moslashtirilgan variantlardan, jumladan, ularning o’ziga xos ehtiyojlarini to’liqroq qondiradigan moliyaviy bo’lmagan variantlardan tanlashlari mumkin. Bunday variantlar mijozlarning kundalik xatti-harakatlari haqida keng qamrovli ma’lumotlarga asoslanadi. NuBank misolida ko’rsatilganidek, foydalanuvchi ma’lumotlari va tahlillaridan foydalanish kompaniyalarga yaxshi kreditga ega bo’lmagan mijozlarga xizmatlarni taklif qilish imkoniyatini beradi. Masalan boshqa innovatsiyalar, Apple payga o’xshash ilovalar ham moliyaviy xizmatlar mavjudligini oshirishga yordam beradi.
Foydalanish qulayligiga hissa qo’shadigan yana biro mil – bu banklar va mijozlar o’rtasida paydo bo’lgan yangi qatlam hisoblanadi. Misol uchun, ba’zi platformalar bir nechta banklarning takliflarini solishtirishga mijozlar uchun ruxsat beradi va eng yaxshisini tanlashga imkoniyat beradi. Banklar ushbu platformalardan foydalanishga ruxsat berishga majbur bo’ldi, chunki ular ko’proq mijozlarni jalb qilish qobiliyatiga ega, ulardan voz kechish ularning yuqolishini anglatishi mumkin. Ammo bu platform qaysiki mijoz ma’lumotlarini to’playdigan, bank emas. Shuning uchun, shu kabi rivojlanishlar banklarni xizmatlarni ishlab chiqaruvchi zavodlarga aylanib ketmoqda va ushbu mahsulotlar ya’ni xizmatlar ilovalar va platformalar orqali iste’molchilarga sotiladi.
Shu bir vaqtda, yangi texnologiyalarga asoslangan qulay takliflar tezda, zudlik bilan foyda olishni kafolatlamasligi ham mumkin. N26 Germaniya tashkilotlaridan biri bunga misol bo’la oladi ya’ni hali muvaffaqiyatga erishmagan fintech firmasi: 24 yilda 7 million mijozga qaramay, u US va UKda o’z xizmatlarini taklif qilishni to’xtatishga majbur bo’ldi. Lekin, uning taxminiy yuqori bozor qiymati kelajakdagi daromadlardan dalolat beradi.
Banklar uchun risklar va imkoniyatlar.
Yangi texnologik o’zgarishlar raqobatbardosh banklarga bosim o’tkazmoqda. Banklar o’z mijozlarining xatti-harakatlaridagi o’zgarishlarga javob berishi kerak. Bu yanada samarali va qulay onlayn xizmatlarni talab qiladi.
Texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog’liq yangi xavflar ham mavjud. Texnologiyadan kengroq foydalanish va uchinchi tomon kompaniyalarini jalb qilish. Masalan, autsorsing va bulutli hisoblash orqali, banklar IT xizmatlari borligiga bog’liq bo’ladi va kiberxavflarga nisbatan zaifroq bo’ladi.
Shu bilan birga, bu risklar banklar uchun mutlaqo yangi narsa emas, bank nazorati organlari bu turdagi barcha risklarni kamaytirishni talab qiladi, va bu texnologik innovatsiyalarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, banklar tartibga solish sohasi bo’yicha katta tajribaga ega va bunday vazifalar banklar uchun mos, yangi bozordagi asosiy tartibga solish to’siqlarini allaqachon yengib o’tgan ishtirokchilar hozirgi davrda yana bir bor ularga duch kelishmoqda. Bundan tashqari, ko’plab fintech firmalari va katta texnologiya platformalari o’zlarining moliyaviy xizmatlarini yaqin hamkorlik qiladigan banklarga taklif qiladi.
Umuman olganda, banklar raqamli texnologiyalar transformatsiyalariga moslashishi zarurligini bilishadi. Buning uchun investitsiyalar allaqachon ajratilmoqda, katta miqdordagi ko’pchilik xaridorlar foydalanadigan onlayn xizmatlar va ilovalar paydo bo’lmoqda.
COVID-19 ya’ni koronavirus pandemiyasi davrida ma’lum darajada banklarning raqamli ekanligini ko’rsatdi. Investitsiyalar o’z samarasi berdi – hech bo’lmaganda operatsion barqarorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan. Banklar jiddiy muammolarga duch kelishi kerak edi, va ularning IT infratuzilmasi yuqorida ekanligi isbotlandi – xizmatning uzluksizligi muammosiz va ishonchli tarzda ta’minlandi. Aksariyat banklar hozirda texnologik yangiliklarni jadallashtirishmoqda.
Xulosa
Hozirgi vaqtda barcha turdagi sohalarda raqamli texnologiyalar mavjud, shu jumladan bank ishida ham. Bu banklarga yanada samarali mahsulotlar bilan o’z mijozlariga xizmat ko’rsatish imkoniyatini beradi. Yangi bozor ishtirokchilarining raqobati va mijozlarining ehtiyojlari banklarni kelajakda raqamli rivojlanishga sarmoya kiritishni davom ettirishga undaydi.


Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling